O’quvchilarga randalash va randa turlari, ularni ishga sozlash mavzusini o’qitish metodikasi docx


Download 82.8 Kb.
bet7/10
Sana03.12.2023
Hajmi82.8 Kb.
#1801310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’quvchilarga elektr randa va undan foydalanish qoidalari

Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u payraxani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir pushtakni tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘rnatiladi. Shu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib sindiradi va randalashni engillashtiradi. Temir pushtak kesuvchi qirradan ortiqcha uzoqlashtirilmaydi. Aks holda uning taxta randadan farqi qolmaydi.
Mushranda yordamida yog‘och materiallarning sirti silliqlanadi, shuningdek, yig‘ilgan tayyor buyumlarga dastlabki pardoz beriladi, buyum sirtidagi notekisliklar randalab tekislanadi.
Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bo‘lmaydi. Bunday sirtlar japs randa bilan randalab tekislanadi.
Japs randa kundasi uzun 700-800 mm, eni 70-80 mm, tig‘ining eni 55-60 mm bo‘ladi. Japs randaga, ko‘pincha, temir pushtakli tig‘ o‘rnatiladi. Bu randa yordamida randalashda sirtlar tekis chiqishi uchun payraxa yupqa olinadi, qalin payraxa olinsa, sirt tekis chiqmaydi.
Sirtlarni tekis va silliq chiqishi randalarning ishga sozlanishiga, ularni to‘g‘ri tutib erkin randalashga va randalash vaqtida randaga kuchlarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq.
Randalarni ishga sozlash tig‘lar o‘tmaslanganda ularni kundadan chiqarib charxlash, charxlashda hosil bo‘lgan qirovini to‘kish va tig‘ni kundaga qaytadan to‘g‘ri o‘rnatishdan iborat.
Tig‘lar elektr yoki suvli charxlarda charxlanadi. Charxlash vaqtida charx toshlar hamma vaqt oldinga qarab to‘g‘ri yo‘nalishda aylantiriladi. Teskari yo‘nalishda aylantirilganda undan uchib chiqadigan kukun kishining ko‘ziga tushadi va xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun elektr charxlardan foydalanishda charxdagi himoya oynasini to‘sib olish yoki himoya ko‘zoynagi taqib olinadi.
Charxlash natijasida tig‘larda hosil bo‘ladigan qirovni to‘kish uchun qumqayroq yoki qayroqtosh, kerosin, suv bilan namlab turiladi. Kerosin qirovni tez to‘kishga yordam beradi. Qayrash vaqtida tig‘larning o‘tmaslanib qolmasligiga e’tibor beriladi.
Qirovi to‘kilgan randa tig‘lari kundaga o‘rnatiladi. Bunda, tig‘ning kesuvchi qirrasi kundadan bir tekis chiqarib o‘rnatiladi. Notekis o‘rnatilgan tig‘ sirtni tekis randalamaydi.
O‘quvchilarga sirtning silliq va tekis chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rgatish bilan bir qatorda ortiqcha mehnat sarflamasdan tez va sifatli randalashga o‘rgatiladi. Buning uchun randalardan foydalanish ketma-ketligi, randalash tartibi va tekislikni tekshirish to‘g‘risida tushuncha berilib, bu boradagi etarli ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi.
Taxta materiallar talab etilgan o‘lchamga keltirib randalangandan so‘ng, ularning qaysi usulda biriktirilishi, tayyorlanadigan buyumlarning turi va qanday maqsadda ishlatilishiga qarab ularga qo‘shimcha ishlov berish yo‘li bilan zakrov, chok, konish ochiladi, gul chiqariladi va hokazo. Bu maqsadda maxsus randalardan foydalaniladi.

Download 82.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling