O’quvchilari uchun mo’ljallangan sintaksisdan glossariy
Download 17.14 Kb.
|
sintaksis atama
O’quvchilari uchun mo’ljallangan sintaksisdan glossariy: Sintaksis- so’zlarning bir-biriga bog’lanishi , gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limi. Gap- ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shimchasiga gap deyiladi. Yozuvda gap oxiriga nuqta, so’roq yoki undov belgilaridan biri qo’yiladi va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi. So’z birikmasi- ikki va undan ortiq mustaqil so’z Grammatik va ma’no jihatdan birikib so’z birikmasini hosil qiladi. Bitishuv- so’z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so’zning hech qanday qo’shimchasiz, faqat ohang va ma’nosiga ko’ra bog’lanishi. Tez yurmoq, chiroyli gapirmoq. Boshqaruv- tobe so’zning hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog’lanishi. Do’stlarni hurmat qilmoq, g’alaba uchun kurashmoq. Moslashuv- tobe so’zning hokim so’zga qaratqich kelishigi qo’shimchasi yordamida, hokim so’zning esa tobe so’zga egalik qo’shimchalari yordamida bog’lanishi. Kitobning muqovasi, sizning ukangiz. Teng bog’lanish- ikki sozning teng huquqli, biri ikkinchisiga boysunmay bog’lanishi. Uy va tom kabi. Tobe bog’lanish- ikki so’zning biri tobe, ikkinchisi hokim tarzidagi bog’lanish. Tobe bog’lanishda doim ikkita qism: tobe va hokim so’z bo’ladi. Tobe so’z hokim so’zga bog’lanadi. So’roq hokim so’zga qarab beriladi. So’roqqa javob bo’luvchi so’z tobe qism sanaladi. Uyning tomi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra 4 xil shakli bor- darak, so’roq, undov va istak gaplar Darak gap- darak, xabar ma’nosini bildiruvchi gaplarga aytiladi. Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta qo’yiladi. So’roq gap- so’roq ma’nosini bildilgan gaplar. So’roq gaplar so’roq olmoshlari ( kim, nima qayer qancha kabi ), so’roq yuklamalari ( -mi, -a( -ya ) –chi) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan, Tunda yo’lga chiqamiz.- tunda ? Yozuvda so’roq gap oxiriga so’roq ( ? ) belgisi qo’yiladi. Buyruq gap- buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gaplar. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi. Istak gaplar- kesimi –sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar. Gap bo’laklari- gap tarkibida ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi mustaqil so’z yoki so’zlar birikmasi . Kesim- shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil( -di, -yapti va boshqa) ?, nima bo’l( -di, -yapti va boshqa ) ?, kimdir? Nimadir? Qayerdir ? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo’laklarsiz ham gap bo’la oladi. Kesim qanday mustaqil so’zlar orqali ifodalanishiga ko’ra ikki xil: fe’l kesim va ot kesimga bo’linadi. Fe’l kesim- fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo’lmoq? So’roqlariga javob bo’luvchi kesimlardir. Masalan, qushlar sayraydi. Ot kesim- fe’ldan boshqa so’zlar orqali ( ot, sifat, son, olmosh, ravish) ifodalanib, kim?, nima?, qanday? So’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar. Masalan, osmonimiz musaffo. Ega- kesim bilan bog’lanib kim?, nima?, qayer? singari so’roqlarga javob bo’ladigan bolak. Tahlilda eganing tagiga bir chiziq, kesimnikiga esa ikki chiziq chiziladi. Yig’iq gap- faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo’lgan gap. Masalan, Qara. Men keldim. Yoyiq gap- kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bo’lgan gap. Masalan, men uni ko’rdim. Hol- fe’lga bog’lanib, qachon?, qayerda ( -ga, dan) ? , qanday ( qilib) ?, nima uchun? nima maqsadida? Singari so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagi. To’ldiruvchi- fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani? Kabi so’roqlarga javob bo’luvchi bo’lak. Aniqlovchi- hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib, qanday?, qanaqa? Qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? Kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagi. Download 17.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling