O'quvchilarni jismoniy harakatlarga o'rgatishning umumiy talablari Reja
Tana harorati o’zgarishiga chidamlilik va uni kuchaytirish yo’llari
Download 101.5 Kb.
|
O\'quvchilarni jismoniy harakatlarga o\'rgatishning umumiy talablari
Tana harorati o’zgarishiga chidamlilik va uni kuchaytirish yo’llari. Har qanday muskul harakati ham tana haroratini oshirar ekan jismoniy mashq qilish yo’li bilan organizmning tana harorati o’zgarishiga chidamliligini ko’tarish mumkin. Boshqacha aytganda, chiniqqan kishilar tana harorati o’zgarishiga chidamli bo’ladi, ular mashq qilmagan odamlarga qaraganda muhit harorati keskin o’zgarsa ham mehnat qilish qobiliyatini yo’qotmaydi. Jismoniy mashq qilish natijasida rektal harorat 40-410S gacha oshishi mumkin. Bunga chiniqmagan odam chiday olmaydi, chiniqqanlargina bunday sharoitda ishni davom ettiradi, xolos. Masalan, 380S muhit haroratida 5 km-ga yugurushda finishga birinchi bo’lib kelganlar rektal harorati 400S da undan ham ziyod bo’gan. Kam mashq qilganlar orasida rektal harorat 39-400S bormasdan chopishni to’xtatishga majbur bulishgan.
Chiniqish odam organizmining sovuq harorat ta'siriga ham chidamliligina oshiradi. Ochiq havoda suzish bilan mashq qiladiganlarda dastlabki mashqdan keyin biroz harakat koordinatsiyasi buziladi. Mashq qilish davom etgan sari harakat koordinatsiyasi yaxshilanib boradi. Demak, chiniqish organizmda nafaqat termoregulyasiyani mukammallashtiradi, shu bilan birga tana haroratini o’zgarishiga chidamlilikni ham oshirar ekan. Natijada organizmning harorat diapozoni ancha kengayadi. Bunday moslanishning mexanizmi haroratni markaziyregulyasiya qilishda va hujayralarda kuzatiladigan kimyoviy o’zgarishlarda bo’ladi. Turli haroratlarga chidamlilik va noqulay haroratga nisbatan reaksiya kishilarning ayni sharoitda yashab turganligi yoki boshqa muhitdan kelganligiga ham bog’liq. Masalan, Avstraliyalik aborigenlar qarayib ijtimoiy jamoa tuzumidagidek yashashadi, ular sovuq haroratga nisbatan gazlar almashinuvi juda kam o’zgartiradi, lekin teri va oyoq-qullarda tomirlar torayib tana harorati ancha pasayadi. Bir vaqtning o’zida aynan shu past haroratga nisbatan shahardan kelgan odamlarda gaz almashinuvi kuchayib (energiya almashinuvi jaddallashib), tana harorati birdek saqlanadi. Issiq iqlimga moslashish ham mahalliy aholida bir xil kechsa, kelgindilarda ikkinchi xil bo’ladi. Masalan, tropik sharoitda yashovchilarda issiq haroratga nisbatan ter suyuqligi ajralishi kelgindilarga qaraganda ancha kamroq bo’ladi. Issiq va sovuqda nisbatan termoregulyasiyaning munosabati shu bilan xarakterlanadi bu jarayon sovuq bo’lganida ko’proq issiq hosil qilishga va shu yo’l bilan tana haroratining pasayib ketmasligini ta'minlaydi. Issiq bo’lganda esa ter suyuqligi ko’proq ajratilib bug’lanish yo’li bilan tana sovushi ta'minlanadi. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling