O'quvchilarni jismoniy harakatlarga o'rgatishning umumiy talablari Reja


Download 101.5 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1470018
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'quvchilarni jismoniy harakatlarga o\'rgatishning umumiy talablari


O'quvchilarni jismoniy harakatlarga o'rgatishning umumiy talablari


Reja:

Kirish
1. Jismoniy tarbiya yo’li bilan organizmni chiniqtirishning ahamiyati.


2. Tana harorati o’zgarishiga chidamlilik va uni kuchaytirish yo’llari.
3. Bolalar va o’smirlarda jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning o’ziga xos fiziologik xususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Jismoniy tarbiyadan nazariy ma'lumotlar o`rta maktablarda har bir jismoniy tarbiya darslarida, dars mavzusiga muvofiq berib boriladi. Dars davomida nazariy ma'lumotlar sifatida jismoniy mashqni bajarish texnikasi va taktikasi, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko`nikmalariga o`rgatish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishda jarohatlanishni oldini olish kabi ko`rsatmalar berib boriladi. Shu bilan birga o`quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishlarini ortirish uchun jismoniy mashqlarni organizmga ijobiy ta'siri va sog`lom bo`lish uchun tabiat omillaridan foydalanish usullari hamda mashxur sportchilar hayoti xaqida ma'lumotlar berib boriladi. Kollejlarda jismoniy tarbiyadan nazariy bilimlar ma'ruza va seminar mashg`ulotlari davomida maxsus rejaga muvofiq berib boriladi. Bu mashg`ulotlarda ta'lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning tutgan o`rni hamda jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi o`rganiladi. Shuningdek jismoniy mashqlarini organizmga ijobiy ta'siri, sog`lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya vositalari-jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug`ullanish, tabiat omillari-quyosh, havo va suv muolajalari yordamida chiniqish, jismoniy fazlatlarini rivojlantirish va takomillashtirish tavsiyalari berib boriladi. Tamaki maxsulotlari chekish, alkogol ichimliklar iste'mol qilish, noto`g`ri ovqatlanish, semirib ketish, kam harakatlik kabi organizmga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish talablari keng ta'riflanadi. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug`ullanishda shaxsiy gigena talablari bo`lgan sport kiyimlari, poyabzallar hamda sport jixozlarini toza va saranjom tutish. Tanani parvarish qilish, og`iz bo`shlig`ini toza tutish, dam olish, yashash, mashg`ulot joylarini gigenik talablariga javob berishlarini tashkil etish. Ichimlik suvi, issiq suv va toza havo bilan taminlanishi, yoritilishini nazorat qilish masalalari nazariy bilimlarda berib boriladi. O`quvchi va talabalar bilan tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi va vazifalari hamda ularning shakllari, mashg`ulotlarni tashkil etish uslublari ham tahlil etiladi. O`quv kursiga muvofiq sport turlari qonun qoidalari, sport turlari va jismoniy mashqlarga o`rgatish texnikasi va taktikasi, umumiy va maxsus jismoniy fazilatlarni rivojlantirish hamda sport turlari bo`yicha musobaqalar tashkil etish, bolalarni sport turlariga jalb etish hamda saralash va ular bilan mashg`ulotlar tashkil etish talablari nazariy mashg`ulotlarda o`rgatiladi. Jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil shug`ullanishda jarohatlanishni oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalari, organizmning funktsiyalarini jismoniy tarbiya ta'sirida rivojlanishi hamda jismoniy rivojlanishni tibbiy nazorat qilish shartlari ham ma'ruza va seminar mashg`ulotlari davomida muhokama qilinadi. Nazariy fanlar bo`yicha talabalar bilimi testlar va og`zaki savollar va yozma ishlar bilan nazorat qilinadi.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling