O'quvchilarni jismoniy harakatlarga o'rgatishning umumiy talablari Reja
Quyosh vannalari orqali organizmni chiniqtirish
Download 101.5 Kb.
|
O\'quvchilarni jismoniy harakatlarga o\'rgatishning umumiy talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizmni chiniqtirish usullarining fiziologik asoslari.
Quyosh vannalari orqali organizmni chiniqtirish. Organizmni chiniqtirishda quyosh vannalari muhim ahamiyatga ega. Quyosh vannalari quyosh radiatsiyasining organizmga termik ta'siri bilan xarakterlanadi va shu sababli tananing yuqori haroratga chidamliligini oshirishda alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari quyosh vannalari organizmning ultrabinafsha nurlari ta'siriga chidamliligini oshiradi. Agar quyosh vannalaridan to’g’ri foydalanilsa, u qon bosimini tushirishda, eritrotsit va gemoglabin miqdorini me'yoriga keltirishda organizm umumiy chiniqqanligini kuchaytirishda ancha qo’l keladi. Ultrabinafsha nurlari kam qabul qilinsa (quyosh nuriga nisbatan ochlik) organizm ish qobiliyatining pasayib ketishi aniqlangan.
Lekin quyosh nurini ortiqcha qabul qilish bir qator noxushliklarga olib keladi, masalan, bosh og’rig’i, ishtahaning yo’qolishi, uyqusizlik va boshqalar. Agar quyosh cheklanmagan ta'sir etaversa kishi xushdan ketib o’lishi ham mumkin. Shuning uchun quyosh nurida toblanish ertalab va nomozgar vaqtida, tog’li rayonlarda esa ertachi bahor paytlari o’zishi maqsadga muvofiq. Organizmni chiniqtirish usullarining fiziologik asoslari. Organizmni chiniqtirishda umumiy prinsiplarga rioya qilinadi, ya'ni ta'sir etuvchi omillar doimiy, izma-iz bo’lib organizmning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borilishi lozim. Muhit haroratiga chiniqish shartli refleks asosida yuz berib, bunda omillarning ta'sir etish vaqti o’zi xos xususiyatlari va atrof muhit shartli signal bo’lib xizmat qilishi mumkin. Beriladigan malakalarning miqdorini aniqlashda termoregulyasiyaning faollar davomida o’zgarib turishini hisobga olish kerak. Masalan, bahor va yozning boshlanishida kimyoviy termoregulyasiya ancha intensiv bo’ladi. Bahorda sovuq haroratni sezish porogi kuz paytiga nisbatan ancha past bo’ladi. Bundan tashqari, kimyoviy termoregulyasiyaning o’zgarishi ertalabki soatlarda ancha tez bo’ladi. Sovuq haroratga chiniqish suv protseruduralari va sovuq havo vannasi orqali olib boriladi. Suvda haroratni o’tkazish kuchli bo’lganligi uchun u tanani tez sovitish xususiyatiga esa. Shuning uchun suv muolajalari qisqa bo’ladi (bir necha sekunddan bir necha minutgacha). Sovuq suv haroratga chiniqishda tananing ma'lum bir qismiga uning ta'sirini berish bilan ham amalga oshirish mumkin. Masalan, sovuq suvni badanga purkash, tananing yuqori qismini nam sochiq bilan artish, oyoqni sovuq vanna qilish, tomoqni chayqash va boshqalar. Bu vaqtda shunga e'tibor berish kerakki, tananing aynan mana shu qismi sovuq haroratga oldin ko’proq uchramagan bo’lishi kerak. Masalan, yuz yoki qo’l uchlariga sovuq muolajalar bilan ta'sir etib organizmni chiniqtirib bo’lmaydi. Chunk tnaning bu qismlariga sovuq harorat doim ta'sir etib turadi. Ba'zan organizmni chiniqtirish issiq va sovuq suvni navbatma-navbat ta'sir ettirish yo’li bilan bo’ladi. Bunday yo’l bilan chiniqtirish termoregulyasiya jarayoni mukammallashib boradi. Oldin aytib o’tganimiz kabi har qanday jismoniy faoliyat organizmni bevosita qizitadi, ya'ni termik effekt beradi. Buning uchun ham sovuq sharoitda mashq bajarish ancha yengil o’tadi, chunki bunday paytda organizmning ichki suyuqliklar hisobidan qizib ketishiga tashqi haroratning pastligi yo’l qo’ymaydi. Issiq sharoitda aynan shunday intensivlikdagi ishni bajarish ancha qiyin kechadi. Chunki muhitning issiqligi ichki issiqlik bilan qo’shilib tana harorati oshib ketadi (40-410S va organizmning me'yoriy ishlashi qiyinlashadi. Yana shu narsa muhimki, charchash termoregulyasiyani buzadi, shuning uchun chiniqish jarayonlarini organizm charchaganda olib borish maqsadga muvofiq emas. Charchagan paytda tana juda tez sovib, harorat pasayib ketishidan saqlanish kerak. Bir vaqtning o’zida organizmni chiniqtiraman deb issiq yoki sovuq ta'sirini me'yoridan ko’p qabul qilmaslik ham kerak. Ish payti ochiq havoda sovuq suvda cho’milish tana haroratini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun sovuq suvda tushish muddatini oshiqcha cho’zish ham mumkin emas. Bunday paytlari suvdan chiqqandan keyin tana harorati tezlik bilan o’z o’rniga kelishi kerak. Agar shu narsa kuzatilmasa tekshiriluvchi sovuq suvda ko’p turgan (5-10 minut-dan ziyod) degan xulosaga kelishadi. Sovuq suvda cho’milish me'yoridan ortiq bo’lsa ishtaha yo’qoladi, uyqu qochadi, orriqlanib ketiladi, jinsiy faoliyat buziladi. Yana shu narsa kuzatiladiki, haddan tashqari ko’p mashq qilganlik dastlab organizm chiniqqanligining nospetsifik komponentiga salbiy ta'sir etar ekan (bir vaqtning o’zida spetsifik komponent saqlanadi). Shuning uchun ham me'yoridan ziyod mashq qilish sportchilarda ko’p hollarda shamollash holatiga olib kelishi mumkin. Organizmning aerob va anaerob imqoniyatlari mashqni bajarish shiddati va davom etish vaqti, takrorlash soni va dam olish oraliqlariga bog’liq . Shu bilan bir qatorda tekshiruvchilarning diqqati sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni tarbiyalash uslublari to’g’risida hamda uni takomillashtirishga kam e'tibor berilgan. Ayniqsa, bolalar va o’smirlarda chidamlilik muammosi kam o’rganilgan. Ko’pchilik ishlar yosh xususiyatlari bo’yicha yosh sportchilarda emas, balki sport bilan doimiy ravishda shug’ullanmagan maktab bolalarida olib borilgan. Yosh sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash bo’yicha olib borilgan tekshirish ishlari ilmiy va metodik tomondan yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’lsa-da, umuman chidamlilik muammosini yechish uchun to’liq javob bera olmaydi. O’tkazilgan tekshiruv ishlarini ko’rsatishicha, aylanma mashg’ulot uslubini yengil atletikaga, yugurish, o’yin va musobaqa shaklida qo’shib o’tkazganda 15-16 yoshli o’smirlarni chidamliligini oshirish, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarni ham rivojlanganligini ko’rsatgan. Yosh o’smirlarni o’rta masofaga yugurish bo’yicha mutaxassisligiga kirish uchun, chidamlilik, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarga yo’naltirilgan mashg’ulot vositalaridan har tomonlama foydalangan holda ularni jismoniy tayyorgarligini oshirganligi aniqlangan. Bunda boshlang’ich sport tayyorgarligi davrida mashg’ulotning umumiy vaqtidan 50 foizini chidamlilikni tarbiyalashga, 25 foizini tezkorlik va 25 foizini kuchni tarbiyalashga qaratish kerakligi uqtirilgan. Ko’pchilik olimlarning ta'kidlashicha, yuguruvchining ko’p yillik mashg’ulot jarayoni birinchi yillarida umumiy chidamlilikni tarbiyalash, keyinchalik bu yuguruvchining maxsus chidamliligini negizi bo’lib xizmat qilishi aniqlangan. Shu bilan birga boshqa bir guruh olimlar boshlovchi yuguruvchilarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, trenirovkani bir tekisda yugurish uslubi va har xil o’zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. Boshqa bir qancha tadqiqotlarda umumiy chidamlilikni samarali oshirish uchun qisqa vaqt ichida takrorlangan, uncha katta bo’lmagan interval dam olish oralig’ida ham ijobiy natijaga erishish mumkinligi ko’rsatilgan. Bolalar va o’smirlarda chidamlilikni tarbiyalashda, organizmning funksional tayyorgarligi sustligini e'tiborga olgan holda sekin va ilmiy yondoshish kerak hamda bu yosh davrida ko’proq tezkorlik sifatlarini tarbiyalash kerakligini ko’rsatishgan. Ayrim olimlarning fikricha, chidamlilikni rivojlantirishda, juda ehtiyot bo’lish, maktab yoshidagi bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni to’liq berilmaganligini tasdiklaydi. Shu bilan bir qatorda o’smir yoshda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda jismoniy tarbiya vositasi sifatida asosan yugurishni; uzun masofa bo’laklarida qayta yugurishni umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va nafas olish mashqlari bilan almashtirishni olimlarimiz taklif qilishgan. Har bir o’qituvchi mashqlar shiddatini individual va o’quvchining tayyorgarligiga bog’liq ekanligini unutmasligi kerak. Yangi shug’ullanayotgan bolalarda maksimal shiddatdan 75-80% bir chegarani tashkil qilsa, yaxshi tayyorlangan sportchilarda esa boshqacha ko’rinishda bo’ladi. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling