3 Mashq. “Muzokara bosqichlarini qo‘llash”.
Bosqichlarni ko‘rib chiqdik, endi ularni amaliyotda qo‘llaylik.
Kundalik mojarolar yoki nizolar haqida o‘ylashingizni istardim. Bugungi kunda guruhimiz a’zolari turli xil qarashlarga ega bo‘lgan ba’zi masalalar to‘g‘risida fikr yuritishga ko‘mak bering. Flipchart va doskada ro‘yxat yozaman.
•Izoh: O‘z takliflaringizni ilgari surishga tayyor bo‘ling. Agar ishtirokchilar g‘oyalarni shakllantirishda muammolarga duch kelsalar, sizning guruhingizdagi qarama-qarshi fikrlarni keltirib chiqaradigan ba’zi tavsiyalarni beramiz. Fikrlarni ilgari surishda yoki qo‘llashda madaniyat doirasidan chetga chiqmang:
Do‘stlari bilan uchrashishdan avval o‘quvchilar har doim uy vazifalarini bajarishlari lozim. Yoshlar ota-onalarining aytganlarini bajarishlari shart.
4 Mashq. “Rolli o‘yinlar”.
•O‘quvchilarning muzokaralarning barcha 6 bosqichidan foydalalanishlarini ko‘zda tutuvchi rol o‘yinlari uchun kichik guruhlarga bo‘ling
•Guruhdan ikki tomon manfaat ko‘rishini ta’minlash uchun barcha 6 bosqichdan foydalanishlarini so‘rang
• Guruhlar ishlayotganda sinfni aylanib chiqing va muzokaralarda qanday rol o‘yinlardan foydalana olishlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq va g‘oyalarni taklif qiling.
•O‘z rolli o‘yinlarini barcha guruhlarga namoyish etish istagida bo‘lganlarni davraga chorlang. Ular o‘z chiqishlarini tugatgach, guruhdan muzokaralar jarayonida qo‘llanga 6 bosqichni aniqlashlarini so‘rang.
•Bironta bosqich qolib ketgan bo‘lsa, ushbu bosqichni qo‘shish yoki mustahkamlash uchun guruh bilan ishlang.
•Vaqt yetsa, bara guruhlar rol o‘yinlarini namoyish etishlariga imkon bering.
10-Mavzu:
“O‘zaro munosabatlarni boshqarish” (Soft skills)
Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Ularning istaklarini boshqalarning istaklari bilan taqqoslash
•Ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi bilan ularning mustaqillik darajasini taqqoslash
•Maqsadlar va o‘quvchilar o‘rtasidagi muvozanatni topishni mashq qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |