O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
-Mavzu: To‘siqlarni yengib o‘tish
Download 414.05 Kb.
|
2 5206677407129411371
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi
5-Mavzu: To‘siqlarni yengib o‘tish.
Qiyinchiliklarni yengishda samarali usullar Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga maqsad va unga erishish hayotda muvaffaqiyat garovi ekanligi haqida tushuncha berish Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: to‘siqlarni yengib o‘tish inson hayotining muayyan bosqichida muammoli vaziyatlarga yechim topish uchun muhim ekanligini tushuntirish Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: maqsadga erishish yo‘llarini topishga o‘rgatish Mashg‘ulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid matn. Mashg‘ulot turi: suhbat, amaliy mashg‘ulot, savol-javob. Mashg‘ulotning davomiyligi: 45 daqiqa Inson hayotda yashar ekan, turli xil muammoli vaziyatlarga duch keladi. Boshqacha qilib aytganda, hayot - oq va qora chiziqlardan iborat, shunday ekan, har bir inson o‘z hayotining muayyan bosqichida og‘ir, muammoli damlarni boshdan kechiradi. “Муаммо” сўзи луғатда “ечим талаб қиладиган ноаниқ ва қийин масала” деб таърифланади. Иккинчи маъноси эса “тушуниш, бажариш ёки амалга ошириш қийин бўлган нарса” дея таърифланади..... Xo‘sh muammo o‘zi nima? Shu bilan birga muammo bu - kutilmaganda keskin o‘zgargan real voqea - hodisalarning kimgadir yoqmasligi va uni o‘zgartirish uchun xohishning paydo bo‘lishidir. Sodda qilib aytganda real vaziyatga bo‘lgan negativ yondashuvi va uni o‘zgartirishga harakat qilish demakdir. Barcha muammolarning ikkita o‘xshash jihatlari bor: maqsad va to‘siq. Maqsad borligi uchun, unga intilish bo‘lganligi sababli bizda muammolar bo‘ladi. Umuman, biz maqsadimiz sari odimlayotganimizda yo‘limizni to‘sishi mumkin bo‘lgan har qanday masala biz uchun muammo hisoblanadi. Bunda muammoni yengish maqsadga yetib borish bilan barobardir. Maqsadingizga erishishning bitta yo‘lini topa olmadingizmi, demak, bu Siz uchun muammo. Maqsadga erishishning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yo‘llarini topishingiz esa sizdagi mavjud maummoning hal qilinishi bilan tengdir. Тўсиқ- ҳар қандай мақсадга интилиш жараёнида пайдо бўлиши мумкин бўлган ҳолатдир. Maqsad yo‘lida paydo bo‘lgan to‘siq muammoning o‘zi hisoblanadi. To‘siq bo‘lmaganida muammo ham bo‘lmasdi. Demak, to‘siq muammoning mavjudligi bilan bog‘liq. To‘siq va muammo bo‘lishi tabiiy holat. Ammo uni yana bir maqsad qo‘yish bilan bartaraf etish mumkin. Masalan: Biron bir ish bajarish uchun kasallik to‘siq bo‘lishi mumkin. Ammo tuzalish va maqsadga yangi kuch bilan erishishga maqsad qilish orqali bunga barham berish mumkin. Shogird ustozidan so‘radi: – Agar yiqilganimdan xabar topsangiz, nima derdingiz? – Tur, derdim. – Yana yiqilsam-chi? – Yana tur, derdim. – Bu holat qachongacha davom etishi mumkin, yiqilasan, turasan, yiqilasan, turasan? – Tirik ekansan, yiqilaver, o‘rningdan turaver. Faqat o‘liklargina yiqilib qayta turmaydilar. Download 414.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling