I. O‘QUVCHILARNI GURUHLASH VA KODLASH TARTIBI TO‘GʻRISIDA TAVSIYALAR:
1.Sinf rahbari bilan birgalikda har bir o‘quvchining ijtimoiy -psixologik pasportlarini yaratish.
2.O‘quvchilar ijtimoiy-psixologik pasport ma’lumotlarini yaratishda kuzatuvlar, sinf rahbarlari tomonidan taqdim etilgan talabnomalar hamda darslarni psixologik tahlili natijalariga ko‘ra voyaga yetmaganlarni 5 ta toifa yo‘nalishi bo‘yicha guruhlash va kodlash tavsiya etiladi:
-autodestruktiv hulq -atvoriga moyiligi mavjud o‘quvchilar (o‘ziga o‘zi tan jarohat va vayrona harakatlar - suisidal xarakatlar);
-destruktiv hulq -atvoriga moyiligi mavjud o‘quvchilar (atrofdagilarga tan jarohat va vayrona hatti harakatlar, deviant xulq atvor, assosial hulq atvor)
-emotsional sohasida muammosi mavjud o‘quvchilar (hissiyotlarga beriluvchan, yig‘loqi, kayfiyati tez-tez o‘zgaruvchan)
-shaxsiy sifatlarida muammolari mavjud o‘quvchilar (o‘z-o‘ziga baho berish (yuqori, past), liderlik qobiliyatiga va agressiv xulq atvor, giper aktiv, passiv o‘quvchilar)
-shaxslararo muloqotda muammosi mavjud o‘quvchilar (ota-onalar, o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqotda muammolari mavjud bo‘lganlar)
“Guruhlash” ro‘yxatlarini shakllantirish ko‘rsatkichlari:
O‘quvchining qiynalgan holatini aniqlash sohalari;
- o‘quv faoliyati;
- tengdoshlar bilan munosabatlar;
- kattalar bilan munosabatlar;
- bo‘sh vaqtni sarflash;
- mehnatga munosabat va kasbga yo‘naltirish;
- xulq-atvor va harakatlar.
Kerakli ma’lumotlarni olish usullari:
- o‘qituvchilarning o‘quvchi haqidagi fikrlarini o‘rganish;
- davomat yozuvlarini tahlil qilish;
- intizomning qayd etilgan buzilishlarini tahlil qilish;
- o‘quvchining ota-onasi bilan suhbatlar;
- sotsiometrik tadqiqotlar;
- kuzatuvlar;
- o‘quvchi bilan suhbatlar;
3. Kodlash tizimi tanlash;
misol uchun:
-autodestruktiv hulq atvoriga moyiligi mavjud o‘quvchilar (001)
Do'stlaringiz bilan baham: |