“O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish” mavzusida


Download 69.18 Kb.
bet5/12
Sana08.03.2023
Hajmi69.18 Kb.
#1249838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bobojonova Shahnoza

Analitik fikrlash: mantiqiy fikrlash vositalari haqiqiy vaziyatni baholash va tahlil qilish uchun ishlatiladi.

  • Konvergent fikrlash: U vaziyat yoki muammo uchun xulosani aniqlash uchun avvalgi tajriba va tushunchalarga asoslanadi.

  • Turli xil fikrlash: Bu sizning fikringizcha, boshqa tajribalar yoki amaliyotlarda paydo bo'lgan turli xil mantiqiy fikrlarni qo'llash orqali vaziyat yoki muammoga bir nechta mumkin bo'lgan echimlarni berishni xohlaysiz.

    O‘quvchilardagi mantiqiy fikrlashi uchun bir qancha namunalar bor bularga, ertaga adabiyot darsimiz bor va ertangi dars uchun sher yodlab borishim kerak, agar bugun uyga vazifa uchun berilgan sherni yodlab qo’ysam ertaga ustozimdan tanbeh eshitmayman. Ob-havo yangiliklariga ko'ra, yomg'ir yog'ishi ehtimoli 50%. Maktabga o‘qish uchun ketayotganimda soyabonni o'zim bilan olib ketaman. Barcha tirik mavjudotlar yashash uchun oziq-ovqatga muhtoj. Men tirik jonzotman va har kuni kuch-quvvatga ega bo'lishim va kundalik ishlarimni bajarishim uchun o'zimni boqishim kerak.
    Hozirgi paytda mantiqning formal mantiq, dialektik mantiq, matematik mantiq kabi yoʻnalishlari bor.

    • Formal mantiq tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi.

    • Dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi.

    • Matematik mantiq tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon mateatikasining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.

    20-asrda noanʼanaviy mantiqning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Y. Lukasevich, Geyting , Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va shahrik.), konstruktiv mantiq lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal mantiq kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.
    Oʻzbekistonda mantiq masalalari bilan dastlab mantiq Mantiq Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, mantiq Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa mantiqga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.
    Mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida to’xtab o’tiladi.
    Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?
    Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.

    Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi.


    Download 69.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling