30. Klapan prujinalari qanday vazifani bajaradi ?
1. Silindrning kiritish yoki chiqarish teshiklarini ochib-yopib turadi.
2. Klapanlar yuqorida joylashganda harakatni turtkichdan koromislo orqali klapanga uzatib beradi.
3. Klapanlar berkligida ularni o’rindiqqa jips siqib , yopiq holda ushlab turadi va keyinchalik tashqi kuchlar ta’sirida klapanlarni ochish uchun xizmat qiladi.*
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
31. Koromislo qanday vazifani bajaradi ?
1. Shtangadagi harakatni klapan o’zagiga uzatish uchun xizmat qiladi.*
2. Taqsimlash valining mushtchalaridan harakatni klapanlarga yoki shtangalarga uzatadi.
3. Silindrning kiritish yoki chiqarish teshiklarini ochib-yopib turadi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
32. Markazdan qochma turiga mansub bo’lgan suyuqlik nasosi qanday vazifani bajaradi ?
1. Dvigateldan issiqlikni olib ketuvchi suyuqlikni sovitish uchun mo’ljallangan.
2. Dvigatelning barqaror issiqlik rejimini avtomatik ravishda ushlab turadi.
3. Sovitish tizimidagi suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi.*
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
33.Radiator qanday vazifani bajaradi ?
1. Dvigateldan issiqlikni olib ketuvchi suyuqlikni sovitish uchun mo’ljallangan.*
2. Dvigatelning barqaror issiqlik rejimini avtomatik ravishda ushlab turadi.
3. Sovitish tizimidagi suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
34.Termostat qanday vazifani bajaradi ?
1. Dvigateldan issiqlikni olib ketuvchi suyuqlikni sovitish uchun mo’ljallangan.
2. Dvigatelning barqaror issiqlik rejimini avtomatik ravishda ushlab turadi*.
3. Sovitish tizimidagi suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
35.Moy nasosining vazifasi nimadan iborat ?
1. Bosim hosil qiladi va moylash tizimida moyning aylanishini ta’minlaydi.*
2. Moyni metal zarrachalari,qurum,smola va changlardan tozalaydi.
3. Qizigan detallar bilan to’qnashishi natijasida isib ketgan moyni sovitib beradi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |