O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja
Download 12.58 Kb.
|
O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja-genderi.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha
- «badiiy tarbiya»
Jismoniy madaniyat
Inson a’zolarining funksional kamoloti (ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tizimi, tana uyg‘unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish layoqti)ga egalikni ta’minlash. O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash. Ularni gigiena qoidalariga amal qilishga ko‘niktirish. O‘quvchilar mohirligini har tomonlamao‘stirish. Bo‘lajak kasb-hunar egalarining jismoniy va fiziologik sifatlarini kasbiy nuqtai nazardan shakllantirish, ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish. O‘quvchilarning jinsiy jihatdan to‘g‘ri kamolga yetishlari uchun sharoit yaratish. O‘quvchilarda mustahkam iroda, qat’iy xarakter, intizomga so‘zsiz amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog‘lom tanda sog‘ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar - kashandalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi. Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya - lotincha «estezio» go‘zallikni his qilaman) - o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Nafosat tarbiyasi «badiiy tarbiya» sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki, hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ularni shakllantirishni nazarda tutadi. Download 12.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling