O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja
Download 12.58 Kb.
|
O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja-genderi.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Jismoniy tarbiya haqida tushuncha
- Jasurlik
- «Umid nihollari» bellashuvi.
- O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi.
O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja O‘quvchilarning jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja: Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari. Tayanch tushunchalar: Motivatsiya,jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, estetik madaniyat. Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o‘tar ekan, quyidagilarga alohida urg‘u beradi: Jismoniy tarbiya haqida tushuncha. Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasidagi «Umid nihollari» bellashuvi. «Sog‘lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi «Universiada» bellashuvi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo‘lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi: bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash; asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va e’chillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; hayotiy muhim harakatga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib to’tirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi; jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog‘lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va bolalarning jismoniy mashg‘ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi; 5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida, jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo‘lishi zarur. B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: rivojlantiruvchi - bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o‘ zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’ minlash; tarbiyaviy - bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarkibiy to’ishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Sog‘lom tanda - sog‘ aql»; ta’limiy - bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish; sog‘lomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib to’tirish, ularning baquvvat va tetiklashuviga ko‘maklashish; umummadaniy - bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazish. I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan: tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash. O‘quvchilarga olimpiada sovrindorlari hamda xalqaro musobaqalarning g‘oliblari bo‘lgan M.Abdullaev, L.Cheryazova, A.Grigoryan, R.Chagaev, B.Sultonov, O‘.Haydarov, A.Doktorashvili, A.Taymazovlar haqida hikoya qilib berish, ularning ishlarini davom ettirishga rag‘batlantirish o‘zining samarali natijalarini beradi. Download 12.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling