O’quvchilarning ota-onalari bilan farzandlarining qiziqishlari haqida anketa savolliklari o‘tkazish bo’yicha ma’lumotnoma


Download 5.71 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi5.71 Kb.
#1338646
Bog'liq
fevral


O’quvchilarning ota-onalari bilan farzandlarining qiziqishlari haqida anketa savolliklari o‘tkazish bo’yicha
MA’LUMOTNOMA
Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma'rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarga ta'lim berish ularni o'qitish bilan bog'liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o'ylantirib qo'yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo'lib boraveradi.
Ma'lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi, fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog'liq. Zero, jamiyatimizning ma'naviy yangilanishida, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o'ynaydi.
Shu borada maktablarda ham o’quvchilar bilan ishlashda maktabning ota-onalar bilan bo’lgan hamkorligi juda katta. Shu sababdan ham maktabda ota-onalar majlisi o’tkazilib turiladi.Ular bilan farzandlarining o’qishi,qiziqishi va kelajakda qanday kasb egasi bo’lmoqchi ekanliklari haqida maktab psixologi turli so’rovnomalar o’tkazadi. O’tkazilgan so’rovnomani tahlil qilinib ota-ona va o’quvchilarga to’g’ri yo’nalishlar beriladi.
Faoliyatim davomida bunday surovnoma va anketalarning bir qanchasini o'tkazdim. Ko'rinib turibdiki maktab o'quvchilarini kasb tanlashida o'qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini ahamiyati juda katta.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tishishimiz joizki yoshlarimizni to'g'ri kasbga yo'naltirish, bu eng muhim vazufalardan biri ekanligini yana bir bor ta'kidlab o'tmoqchiman . Inson to'g'ri kasb tanlash orqali o'z oilasiga, jamiyatga juda katta naf keltishi isbot talab qilmaydigan qonuniyatdir.



Tayyorladi:
Maktab psixologi: I.Soliyeva
N.Seydjanova
Download 5.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling