O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlari natijalarini tekshirish va tashxis qilishning maqsad va vazifalari. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`quv bilim mоtivlarini shakllantirish


O‘quv motivlarini aniqlashda individual yondashuv nisbatan aniqroq hamda xususiy ahamiyat kasb etadi. Natijalarni umumlashtirish esa ob'ektiv bahoni keltirib chiqaradi


Download 1.03 Mb.
bet2/3
Sana20.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1215743
1   2   3
Bog'liq
baholash

O‘quv motivlarini aniqlashda individual yondashuv nisbatan aniqroq hamda xususiy ahamiyat kasb etadi. Natijalarni umumlashtirish esa ob'ektiv bahoni keltirib chiqaradi.

  • O‘quv motivlarini aniqlashda individual yondashuv nisbatan aniqroq hamda xususiy ahamiyat kasb etadi. Natijalarni umumlashtirish esa ob'ektiv bahoni keltirib chiqaradi.
  • Individual shakllantiruvchi tajriba metodi. Bunda o‘qituvchi bola vazifa va topshiriqlarni bajarishi uchun o‘quvchiga qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil qiladi va unga tegishli metodik yordam ko‘rsatadi.Bu jarayonda o‘qituvchining metodik yordami mashq yoki masalani yechish paytida bevosita amalga oshiriladi va so‘ngra o‘quvchidan xuddi shunga yaqin shartdagi mashq yoki masalani mustaqil bajarilish talab etiladi. Natijada o‘quvchida o‘zi mustaqil mashq yoki masalani bajarish ko‘nikmasi mavjudligiga ishonch shakllanadi. O‘qituvchi esa bolaning aynan qaysi o‘rinda oqsayotganligini aniqlab oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi.
  • O‘quvchilar motivlarini aniqlashning individual shakllantiruvchi tajriba metodida topshiriqlar xilma-xilligi va murakkablik darajasining turliligi sharoitida amalga oshirilishi katta samara beradi. Shuningdek, individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi metod o‘quvchilar motivlarini aniqlashning eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi.

Individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi tajriba metodining samarali variantlaridan biri o‘quvchini konkret–real sharoitda tanlovni amalga oshirishga majbur qilish shakli hisoblanadi. Bunda motivlar to‘qnashuvi vaziyati yuzaga keladi va o‘quvchi ulardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sharoitni mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchi sun’iy tarzda yaratadi yoki real ta'lim sharoitida yuzaga kelgan vaziyatdan samarali va oqilona foydalanishga harakat qiladi.
Individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi tajriba metodi dialog tarzida amalga oshiriladi. Bunda ta'limning ikki sub'ekti o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi kommunikativlik shakli muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun har ikkala tomon, ayniqsa, o‘qituvchi muomala madaniyatini yuqori darajada egallagan bo‘lishi talab etiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling