O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlari natijalarini tekshirish va tashxis qilishning maqsad va vazifalari. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`quv bilim mоtivlarini shakllantirish


Download 1.03 Mb.
bet1/3
Sana20.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1215743
  1   2   3
Bog'liq
baholash

O`QUVCHILARNING O`ZLASHTIRGAN BILIMLARI NATIJALARINI TEKSHIRISH VA TASHXIS QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA O`QUV BILIM MОTIVLARINI SHAKLLANTIRISH

  • O‘qituvchi o‘quvchilarda mustahkam ta'lim motivlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning o‘zini rivojlantirish motivatsiyalari o‘sishi dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilib borish hamda o‘zlashtirishda nuqsoni mavjud ayrim o‘quvchilar faoliyatiga tegishli tuzatishlarni kiritib borishi talab qilinadi.
  • Buning uchun esa o‘quvchilarning motivatsiyalari va ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ularni (so‘rov o‘tkazib borish) tashxislash hamda tashxis natijalari monitoringini yuritish talab etiladi.
  • Albatta, shaxsning umumiy rivojlanishi dinamikasini o‘rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar faqatgina shaxs motivlarini aniqlash maqsadidagina olib borilmaydi, bu xususida ishimizning boshqa o‘rinlarida alohida to‘xtalib o‘tamiz, hozir esa o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi motivatsion faoliyati xarakterini aniqlash xususida to‘xtalib o‘tamiz. Buning uchun o‘qituvchining aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quvchi faoliyatini muntazam kuzatishi eng muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘quvchilar motivlarini o‘rganishning uzoq muddatga mo‘ljallangan shaklida bolalarda tez-tez takrorlanib turadigan qiziqishlarni o‘rganish va aniqlash:

  • O‘quvchilar motivlarini o‘rganishning uzoq muddatga mo‘ljallangan shaklida bolalarda tez-tez takrorlanib turadigan qiziqishlarni o‘rganish va aniqlash:
  • O‘quvchida o‘quv-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqish mavjudmi?
  • Agar bo‘lsa aynan nimalarga nisbatan ko‘proq qiziqadi?
  • O‘quvchidan alohida olingan bir fanga nisbatan qiziqish bormi?
  • Mazkur predmetda uni quyidagilardan aynan nima qiziqtiradi?
  • O‘quv fani mazmuni;
  • Yangi bilimlarni egallash metodlari;
  • Misol va masalalar yechish metodlari;
  • Tashqi natijalar-baho, obro‘ va boshqalar.
  • Kuzatishdan tashqari turli shakl va mazmundagi
  • anketa so‘rovlari, insholar tanlovi, suhbatlarni
  • amalga oshirish ham mumkin.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling