Oʻquvchining fish yoshi
-test topshiriq. XAVOTIRLANISH DARAJASINI ANIQLASH
Download 0.88 Mb.
|
metodikalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’kid – hukmlar
- Natijalarini qayta ishlash
- Test oldingidek hisoblanadi
- 3-test tpshiriq. Yoʼriqnoma
2-test topshiriq. XAVOTIRLANISH DARAJASINI ANIQLASH
(CH. D. SPILBERGER – YU.L. XANIN) METODIKASI Mazkur so‘rovnoma CH.D.Spilberger tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanuvchanlik (VX) hamda shaxs bilan bog‘liq xavotirlanuvchanlik (SHX) darajasini aniqlashga xizmat qiladi (so‘rovnoma YU.L.Xanin tomonidan modifikatsiya qilingani tufayli ko‘pincha «Spilberger – Xanin so‘rovnomasi» deb yuritiladi). So‘rovnoma 40 ta ta’kid – hukmdan iborat (20 ta ta’kid – hukm VX darajasini, 20 ta ta’kid – hukm SHX darajasini o‘lchashga xizmat qiladi). Yo‘riqnoma: Berilgan ta’kid – hukmlarga qanchalik qo‘shilishingizni bildiring. Buning uchun har bir ta’kid – hukm qatorida keltirilgan va tegishli javob variantining ustunida berilgan raqamlar (1,2,3,4) dan birnii o‘chirib qo‘ying.
Yo‘riqnoma. Berilgan ta’kid – hukmlar haqiqatga qanchalik yaqin ekanini bildiring. Buning uchun har bir ta’kid – hukm qatorida keltirilgan va tegishli javob variantining ustunida berilgan raqamlar (1,2,3,4) dan birini o‘chirib qo‘ying.
Natijalarini qayta ishlash Metodikaning har ikkala savolnomasi bo‘yicha javoblar quyidagi kalitlardan foydalanib qayta ishlanadi. Dastlab birinchi so‘rovnoma bo‘yicha natijalar topiladi: 1.«To‘g‘ri tartibli savollar»: 3, 4, 6, 7, 9, 12, 13, 14, 17, 18 «Teskari tartibli savollar»: 1, 2, 5, 8, 10, 11, 15, 16, 19, 20. Testning birinchi shkalasida (1 —20 savollar) xavotirlanish psixik holat sifatida aniqlanadi. Ushbu guruh savollari “to‘g‘ri tartibli savollar” qiymatlari bo‘yicha hisoblab topiladi. Savollar bo‘yicha qiymatlar yig‘indisi hisoblanadi. “Teskari tartibli savollar” bo‘yicha qiymatlar yig‘indisiga 50 qo‘shiladi. VX= T — T0 + 50, Bu erda: VX — xavotirlanish holat sifatida (vaziyatli); T — “to‘g‘ri tartibli savollar”bo‘yicha yig‘indi; T0 — “teskari tartibli savollar” bo‘yicha yig‘indi. So‘ngra ikkinchi savolnoma bo‘yicha natijalar qayta ishlanadi. Buning uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi: 2. «To‘g‘ri tartibli savollar»: 2, 3, 4, 5, 8, 9, 11, 12, 14, 15, 17, 18, 20. «Teskari tartibli savollar»: 1, 6, 7, 10, 13, 16, 19. Test oldingidek hisoblanadi: Buning uchun ikkinchi shkala ballari hisoblab topiladi (21—40 savollar bo‘yicha). Natija quyidagi formulaga ko‘ra hisoblanadi: SHX = T — T0+ 35. Natijalar tahlili “Vaziyatli xavotirlanish (VX)” natijalar 41 va undan past bo‘lsa, bu quyi xavotirlanish; 41—45 — o‘rtacha xavotirlanish; 46 va undan yuqori— shaxsda yuqori vaziyatli xavotirlanish xos ekanligidan dalolat beradi. So‘ngra xavotirlanishni shaxs xususiyati ekanligi bilan bog‘liq holat aniqlanadi. Agar test natijalari 35 dan kam bo‘lsa, yuqori emotsional barqarorlik va quyi xavotirlanish; 35—44 —o‘rtacha xavotirlanish; agar natijalar 45 va undan yuqori bo‘lsa shaxsda yuqori xavotirlanish xosligidan dalolat beradi. 3-test tpshiriq. Yoʼriqnoma:Quyida keltirilgan savollarga “Ha”, “bilmayman”,”boʼlib turadi”, va “yoʼq” javoblarini berishingiz mumkin.-“Ha” javobi uchun -2 ball; “bilmayman”, “boʼlib turadi” javoblari uchun -1 balldan “Yoʼq” javobi uchun- 0 ball beriladi Savollarga javob berish vaqtida ballarni qoʼyib oxirida umumiy ball chiqaring.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling