O’quvchining ismi va familiyasi 1-qism chol va bo’RI
Download 44,53 Kb.
|
OʻTOʻS 3 6-nazorat-ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEST TOPSHIRIQLARI 1. Bo’ri cho’ponlardan qo’rqqani uchun o’rmondan qochib chiqdi. A) toʻgʻri B) notoʻgʻri 2. Bo’ri charchagani uchun qopga kirdi.
- 4. Tulki nima uchun bo’rining gaplariga ishonmadi
- 2-qism 6. Berilgan so’zlarga kerakli qo’shimchalarni qo’ying. -lash, -siz, -don, - li, -kor.
- 7. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri 3-qism
- 8. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri
6-nazorat ishi. 3-sinf. OʻTOʻS O’quvchining ismi va familiyasi_________________________________________1-qism CHOL VA BO’RI Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bo‘ri bor ekan. Bo‘ri qo‘ylarga hujum qilaverib, cho‘ponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi bo‘ri izidan tushib o‘rmonga kiripti. Bo‘ri qo‘rqib o‘rmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti. Quvaveripti, quvaveripti, bo‘rining tinkasi quribdi. Bo‘ri oxiri qochadigan joy topolmay qolipti. Shu vaqt to‘satdan qop ko‘targan bir chol uchrab qolipti. — Assalomu alaykum, chol bobo, — depti bo‘ri. — Menga rahmingiz kelsin, ovchining qo‘lidan qutqaring. U meni otib tashlaydi. Yosh jonimga rahm qiling. Uning ko‘z yoshini ko‘rib, cholning rahmi kelipti. — Kel, qopga kir, — debdi chol. Bo‘ri qopga kiribdi. Chol qopni orqalab ketaveribdi. Chol oldidan ovchi chiqibdi. — Bobo, shu yerdan bo‘ri o‘tmadimi? Ko‘rmadingizmi? — deb so‘rabdi ovchi. — Yo‘q, ko‘rmadim, — debdi chol. Ovchi oshiqib chopganicha nari ketibdi. — Qopdan chiq, qutulding, debdi chol bo‘riga. Bo‘ri qopdan chiqibdi. — Endi ortingga qayt, o‘rmonga ketaver, — debdi chol. — Nimaga, debdi bo‘ri. — Men ochman, seni yeyman. — Voy noinsof. Men seni o‘limdan qutqazib qolib, yaxshilik qilsam-u, sen meni yeysanmi? — Ha, ishim yomonlik, — debdi bo‘ri. Ular janjallashib turgan ekanlar, birdan tulki kelib qolibdi. — Ha, nima gap? — deb so‘rabdi tulki. — Yaxshilikka bo‘ridan yomonlik qaytayapti, — deb ko‘z yoshi qilibdi chol. Bo‘ri voqeani aytib beribdi. Tulki debdi: — Gapingga ishonmayman, bo‘ri. Nahotki bo‘ri shu kichkina qopga sig‘sa… — Ha, sig‘aman, — debdi bo‘ri. — Bo‘lmasa qopga kirib ko‘r-chi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rib ishonay. Keyin cholni yesang, mayli, haqqing bor,- debdi u. Bo‘ri darrov qopga kiribdi. — Qopning og‘zini bogiang, bobo, — debdi tulki. Chol darrov qopning og‘zini bog‘labdi. Bo‘ri endi ming yalinsa ham, chol uni qopdan chiqarmabdi. TEST TOPSHIRIQLARI 1. Bo’ri cho’ponlardan qo’rqqani uchun o’rmondan qochib chiqdi. A) toʻgʻri B) notoʻgʻri 2. Bo’ri charchagani uchun qopga kirdi. A) toʻgʻri B) notoʻgʻri 3. Bo’ri nima uchun cholni yemoqchi bo’ldi? A) Yolg’on gapirib unu qutqarib qolgani uchun B) zolim va yovuz bo’lgani uchun D) qorni ochligi uchun E) yegani boshqa narsa yoqligi uchun 4. Tulki nima uchun bo’rining gaplariga ishonmadi? A) Yo’g’onchiligi uchun B) qop kichkinaligi uchun D) cholni qutqarib qolish uchun E) bo’rini yoqtirmagani uchun 5.Tulki nima uchun cholga qopning og’zini bog’lashni buyurdi? Mahkamlash uchun B) bo’rini ahmoqligi uchun D) bo’ri chiqib ketmasligi uchun E) bo’ri yolg’on gapirmaganligi uchun 2-qism 6. Berilgan so’zlarga kerakli qo’shimchalarni qo’ying. -lash, -siz, -don, - li, -kor.
7. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri? 3-qism A) Kamalakning bir xil ranggi osmonda tovlandi. B) Bu yil yig’im-terimdan mahsulot ko’p chiqardik. D) Bulutlar ortidan sekingina quyosh mo’raladi. E) Qorning ko’p yog’ishidan osmonning qopqog’i ochilib qolgan bo’lsa kerak deb o’yladim. 8. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri? A) Qo’ng’ir ayiqlar Antarktidada yashaydi. B) Shimoliy muz okeani yer yuzidagi eng katta okean. D) Oy Yerning tabiiy yo’ldoshi E) Quyosh yerga eng yaqin yulduz. 9. Nuqtalar oʻrniga “x” yoki “h” harflaridan birini qoʻying. 4-qism
Download 44,53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling