O’quvchlarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilish shakl metod va vositalari
Download 57.95 Kb.
|
O’quvchlarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilish sha
O’quvchlarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilish shakl metod va vositalari Reja:
Asosiy qism. Pedagogikaning asosiy tushunchalari…………………………………2-5 Bolani shaxs sifatida kamol topishida pedagogikaning o’rni………… 5-9 II. O’quvchlarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilish shakl metod va vositalari ………………………………………………………………….9-18 O’quvchilarni bilim,malakava ko’nikmalarini tekshirish va baxolash..9-14 b)Bilimlarni tekshirish va baholashning turlari va formulalari………..14-18 Xulosa ……………………………………………………………………… 18 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………. 19-20 Kirish
Sh.M.Mirziyoyev Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ta ’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatda sodir bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar yangi jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil yetaklovchi, harakatlantiruvchi ichki kuchga aylanmoqda. T a’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o‘zgartirish mumkin emas. XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonunida ta ’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana boshlandi. Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogika ning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi. Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi. Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini Pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pedagogik ishlar qonuniyati Pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham Pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli Pedagogika oila pedagogikasi, maktabgacha taʼlim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar taʼlimi pedagogikasi, oliy taʼlim pedagogikasi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlimi pedagogikasi kabi qismlarga boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yosh pedagogikasi deb ataladi. Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham Pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi. Ilmiy bilishda umumiy metodologiya va xususiy metodoiogik asos mavjud. Umumiy metodologiya falsafaning dialektik qonunlari, ilmiy bilish haqidagi ta’limotlar, jamiyat taraqqiyotning hozirgi davridagi konsepsiyalar, milly g'oya, mafkura. Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy metodoiogik tamoyillariga quyidagilar kiradi: Muvofiqlik tamoyili - ilmiy bilishning mazkur sohasida bilimlaming yangi tamoyillar, g‘oyalar konsepsiyalar asosida tizimga solish. To’ldiruvchanlik tamoyili - tadqiqotning ko‘pgina obyektlari mikrodunyoning zarraga o‘xshash eng oddiy obyektlaridan tortib inson va jamiyat singari murakkab obyektlarigacha. Qarama-qarshi nazariyalarni birlashtirish asosida to‘la tavsiflanishi. Verifikatsiya tamoyili - mohiyat e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash. Falsafikatsiya tamoyili - mazkur tamoyilga binoan faqat inkor etish orqali tekshirib ko'rish imkoniyati bo‘lgan bilim ilmiy bilim boMishi mumkin. Reduksiya tamoyili - ma'lum yaxlitlik tizim murakkabligini uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari unsurlari orqali bilishdir. Yaxlitlik tamoyili - tadqiq qilinayotgan obyektlaming alohida yaxlit xossalarini boshqa ob’ekitlar bilan o'zaro aloqada bo‘lish. Kontirreduksiya tamoyili - elementar zarralardan tortib to ijtimoiy tabiiy tizimlargacha barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan tabiiy tilga amal qilish. Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillari. Demokratik jamiyat qurish konsepsiyasi har bir ijtimoiy fanning o ‘z qonunlaridan, predmetidan kelib chiqadigan xususiy, metodologiyani rivojianishiga imkoniyat yaratdi. Avvalo, ilmiy pedagogik tadqiqotda 99 shaxsiy yondashuv, faoliyatli yondashuv, polisu’bektli yondashuv, madaniy yondashuv, antropologik yondashuv, texnologik yondashuv kabi qonsepsiyalar yaratildi. Albatta bu konseptual yondashuvlar davr taqozosi bilan takomillashib boradi. Professor A.Choriyev qonuniyatii yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonini modemizatsiya qilishning metodologik asosi ekanligini asosiagan. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonining o ‘ziga xos qonuniyatiari asrlar bo‘yi tajribalarda sinalgan, qaror topgan. Har bir fanning o ‘ziga xos qonuniyati bo‘lganidek, pedagogik jaaryonning qonuniyatiari ilmiy tadqiqotning yorqin yo‘llanmasi bo'iadi. Metodologiya metodlar, usullar, majmui sifatida qarashlar, “yondashuvlar”, konsepsiyalar uchun ham fanning umumiy qonuniyatiari nazariy (boshlang‘ich) asosi bo‘ladi. Har bir qonuniyatni amaliyotida o ‘ziga xos metod, usullari qoManishi tabiiy hoi. Pedagogik qonuniyatlar o‘tgan asming 80-yillarida umumlashtirila boshlandi. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jaryoniga faqat falsafiy yondashuv mavjud. Muayan qonuniyatlarga asoslanilmagani uchun fanning predmetsizlikda kamsitishga urinishlar ham bo‘ldi. Har bir voqeligining o ‘ziga xos qonuniyati mavjud bo’ladi. Shuning uchun ilmiy tadqiqotda qonuniyatii yondashuv obyektniing, muammoning muayyan mohiyatini aniqlash, ixtironing nazariy ahamiyatini, tadqiqot samaradorligini oshiradi. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellectual va rna 'naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sih1tida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o'zi nima? Rivoilanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklarning o'rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'imaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlartizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir eti:'>hi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivoiIanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs tarhiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar. XVI Asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va lining vakillari D.D'yul, A. Kombe ham shaxs rivoilanishini biologik nuqtayi nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining iismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'Jiq deb kO'rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufc1yli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoifga,. moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy Inuhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lip kamolga yetishida nasi (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omiJIarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi mumkkab voqetik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi. Jamiyat taraggiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta 'sir etadi va shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'iumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi. I kkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin. To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Shaxs rivojlanishida faoliyatning o'rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoJiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo'ladi. Faoliyat o'zi nima? FaoIiyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko'rinishi. lnsonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to'g'ri tashkil etish lozim. Lekin ko'p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo'ladi. O'smir va o'spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o'yin, o'qish va mehnat kiradi. Ular yo'nalishiga ko'ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko'ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi mulogotdir. Faoliyat faol va passiv bo'lishi mum kin. O'smir faoliyati muhit va tarbiya ta'sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o'z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o'zini shaxs sifatida ko'rsata olishi unda o'z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko'zga tashlanadi. Ta'lim jarayonidagi faollik o'quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o'z qobiliyatini namoyon etishga yo'llaydi. Bilishga bo'igan faollik o'quvchining intellektual rivojlanishini ta'minlaydi. Faollik ko'rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko'ra, o'quvchining turli yosh davrIarida faoliyati turlicha bo'ladi. Ta'lim muassasasida, hamma vaqt bir xii talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o'zgarib turishi kerak. Insonning ijtimoiy fnolligi, gobiIiyati barcha muvaqqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o'z mehnati, g'ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O'qituvchi qanchalik yaxshi o'qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o'zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha rna 'naviy-axlogiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o'z faoliyatini to'g'ri yo'iga qo'ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faoIlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakIlantirish - uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoIiyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Rivojlanishning yosh va o'ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo'igan anatomik, fiziologik Uismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi. Bolalaming tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaqqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo"ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o'tganlar. Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xii yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual - o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o'quvchilari bilan IO-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'imaydi. Shuning uchun bolaningjismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi: I. Go'daklik davri - chaqaloqlik (loy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo'igan davr. 2 Bog'chagacha bo'igan yosh davri - I yoshdan 3 yoshgacha. 3 Maktabgacha bo'igan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4 Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar ( bolalar )-7 yoshdan 11,12 yoshgacha. 5 O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) - 14-15 yosh. 6 Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar) - 16-18 yosh. Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o'tish davri bo'lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning tashqi ko'rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o'sishi tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o'sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini qanoatbntiruvchi qiziqarli uchrashuv. sayr va tomosha. ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o'quvchilariga emotsionallik xos. ularning fikrlashi obrazli bo'ladi. his- tuyg'ulari mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12-15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'l-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, SpOlt va jamoat ishbri katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi. intizomi bo'shashadi. Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi: 1. Intellekt ual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi. 2 O'z-o'zini angbsh, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan solisht ira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o'smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqbngan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas. Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o'smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi. Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga bo'igan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol», «bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'i1 bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa -o'ta ko'nikuvchan, kamtar vajiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligini tan olish zarur. Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o'spirinlaming ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtayi nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o'rtasida munozaralar o'tkazish yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o'spirinning barcha intilishlari ma'ium maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Ularda o'quv faniarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojianish davri sanaladi. Ular o'z fikriarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ulaming hali g'o'r fikrlari va dunyoqarashlarini to'g'ri YO'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o'zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo'ladi. O'zini kattalardek his etish, o'ziga xosligini namoyon etish, boshqalaming diqqatini o'ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolami o'z qarashlari nuqtayi nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o'z qiziqishlari bilan o'lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilaming beg'araz, to'g'ri yo'nalish berishlari o'ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqeyi,jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta'lim muassasasida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta'siri katta ahamiyatga ega. Chunki o'spirin- yoshlar mustaqil hayot ostonasida bo'lib, ulaming bu hayotga to'g'ri qadam qo'yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo'tishining muhim shartidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta'limjarayonida bolalargajamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar. Iitimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ish lab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalami qabuI qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'Iadi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga -oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turti g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi. Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar. Malakali, unumli mehnat o’quvchilarning ta’lim tarbiya olish jarayonida shakllangan bilim, malaka va ko’nikmalariga asoslangandir. O’quv-tarbiyaviy jarayon –bu boshqariladigan va rostlanadigan jarayon bo’lib, o’qituvchi, ustoz o’quvchilardagi bilim, malaka va ko’nikmalarini son va sifat jihatdan haqqoniy baholash va o’quv -tarbiyaviy jarayonga olishgan natijalargan qarab o’zgartishlar kiritib borish bilan birgan o’zining faoliyatiga ham tavsif beradi.O’quvchilarning bilim, malaka, ko’nikma va qobiliyatlariga baho berish qarab chiqishdan oldin yana bir bor bilim, malaka, ko’nikma va qobiliyatlar ta’sirini qarab chiqaylik. Bilim –nazariy va amaliy faoliyat natijasida o’rgangan, esda saqlab qolingan, qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir. Bilimmlar o’z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur va yuzaki, moslanuvchan va shablonli, mustahkam va mustahkam bo’lmagan turlariga bo’linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosil bo’ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. Chunki, nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) yetarli darajadagi xususiyatlarni texnika va texologiyalardan hodisasini (yavleniy) va ularning obyektiv munosabatini bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, hodisasini va boshqalarning to’g’ridan to’g’ri amaliy faoliyatga kiritilganligini bildiradi. Malaka –bu o’quvchining avtomatik ravishda yo’naltirilgan holda birorta ishni baholash qobiliyatidir. Ko’nikmalar: aqliy (xotira va fikrlash), sensorli (qabul qilish ko’nikmasi), dvigatelli harakati (psixomotorli) va volevoyli. Ko’nikma-yangi sharoitda insonning (mutaxasisning) ishni sifatli, kerakli hajmda va ajratilgan –belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir. Ko’nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi bo’lib, bu ko’nikma o’qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi. Kasbiy qobiliyat –kasbiy faoliyat sharoitida ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo’lgan shaxsning shaxsiy –psixologik sifati belgisidir. Qobiliyat tug’ma bo’lmasdan uning ko’zga tashlanishi yoki ajralib turishi muhitga, o’rganishga, tarbiyaga bog’liqdir. qobiliyatning tug’ma ko’rinishi uning qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo’lgani uchun bular rivojlantirilsa, to’g’ri yo’lga solishsa qobiliyat yuqori cho’qqiga chiqadi. Bilim, malaka va ko’nikma, qobiliyat o’zaro bog’liq bo’lib, ularni alohida- alohida baholash juda murakkab. O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash ustozning, o’qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham o’qituvchi o’quv sharoitida har bir o’quvchini diqqat bilan kuzatib,o’rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur. Umumta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy o’quv yurtlardagi texnikaviy, texnologik fanlar bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash usulalri va shakli asosan bir xildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya’ni amaliyotni, kasbiy yo’naltirilganlik, malaka va ko’nikmalarga bo’lgan talabning ko’prog’i va boshqalar bilan bog’liqdir. Mashinasozlik fanlarini o’rganishda bilim, malaka va ko’nikmalarni baholashning quyidagi turlari mavjud: Joriy –og’zaki so’rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, o’qituvchining kuzatib borishi, dasturli nazorat. Davriy–har bitta mavzuning o’tgandan keyin tekshirib borish. Yakuniy –nazorat ishlari, zachetlar, imtihon va bitiruv ishlari. O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilishda uchta asosiy funksiya (vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, o’rgatuvchi va tarbiyalovchi. Tekshiruvi –nazorat qiluvchi –o’quvchilarning guruh o’quvchilarining o’zlashtirganlik darajasini belgilab borish (ya’ni bilimi, malakasi va ko’nikmasi). O’rgatuvchi –har bir o’quvchining bilimi, malakasi va ko’nikmasining tekshirish natijasida boshqa o’quvchilar o’zlarining bilim, malaka va ko’nikmalarini taqqoslaydi va o’ziga xulosalar chiqaradi. Shu bilan birga o’qituvchi umumiy kamchiliklarga ham to’xtalib o’tishi natijasida boshqa o’quvchilarga saboq bo’ladi. Tarbiyalovchi funksiyasi – tizimli nazorat o’quvchilarda o’ziga o’zi baho berishni, imkoniyatlarini tarbiyalaydi va o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlashga undaydi. O’quvchilarning bilimi, malakasi va ko’nikmalarini nazorat qilishning eng ko’p tarqalgan shakli og’zaki so’rash (shaxsiy, gruppali) dir. Buning keng tarqalganligining sababi uni tashkil qilishning osonligi. Lekin buning ham o’ziga xos qiyinchilik tomonlari bor, ya’ni kamni qachon chaqirish kerak? Qanday savol berish kerak? Savolning xajmi qanday bo’lishi kerak? Qancha vaqt kerak? Nimani so’rash kerak? Qachon o’quvchilar bilan nima qilish kerak? va x.k. Nazorat qilish qanday bo’lmasin, ularga qo’yiladigan umumiy talab: o’quvchilarga aniq savollar bilan murojat qilish va bu nazoratga ko’proq o’quvchilarni jalb etishdir. O’quvchilarning kasbiy mahorat yurituvchi obyektlari bo’lib quyidagi ishlab chiqarish bilim, malaka va ko’nikmalari hisoblanadi. -o’quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish sifati; -ishlab chiqarish mohiti unumdorligi –vaqt va mahorat; -ishni bajarishda ishlab chiqarish negizlarining usullarini qo’llay olish; -hozirgi zamon texnika va texnologiyasini qo’llay olish, ish bajarish; -mustaqil ish bajara olish; -amaliy ishlarni bajarish nazariy bilimlarni qo’llay olish; -mehnat madaniyati, ish joyi tartibi; -ish bajarish vaqtida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Mehnat va kasb ta’limi bo’yicha o’zlashtirishni baholash mezonlari mezonlari. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga o’qituvchi, usta besh balli sistema bo’yicha baho qo’yadi. Baho qo’yishning besh balli sistemasini amalida tadbiq etishda so’zlar bilan ifodalanadigan «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko’proq aniqligi, puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi. Ko’pinsa usta va o’qituvchilar o’quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi (kechikib kelishi, mashg’ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib o’tirishi va hokazolar) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo’l qo’yadilar. Bu o’rinda usta va o’qituvchi tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning boshqa vositala ridan foydalanilishi lozim. Quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan. O’quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni izchil, mantiqan bog’langan holda xatosiz bayon etish, xisob - kitob va grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy -texnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to’g’ri tadbiq etish, mehnat usullarini to’g’ri bajarish (mehnat va hunar ta’limi dasturining talablari doirasida), texnikaviy talablar doirasida sifat ko’rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish «5» baho bilan baholanadi.«4» baho butun o’quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni og’zaki va yozma ravishda to’g’ri bayon etishi, hisob -kitob va grafika ishlarini to’g’ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan o’quv -mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni belgilangan vaqt normasiga muvofiq o’z vaqtida bajarilganligi uchun qo’yiladi. «3» baho programmadagi asosiy materialni bundan keyingi o’quv-mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan xajmda bilishi va tushunishi, o’quv materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o’qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda bir oz kamchiliklar bo’lgan holda belgilangan vaqt normasini 75% bajargani uchun qo’yiladi. «2» balli baho programma materialining ko’p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo’pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini yetarli darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yo’l qo’yib tatbiq etish, mehnat operasiyalarini ko’p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlay olmaslik uchun qo’yiladi. Butun programma materialini bilmaslik va tushunmaslik, o’tilgan materialni bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik, mehnat usullarini qo’llana olmaslik, brakka yo’l qo’yish uchun «1» baho qo’yiladi. Baholashni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan usta, o’qituvchilar qo’ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu hol o’quvchilarga o’z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. Baholashni muntazam izohlab borish ularning ta’limiy rolini oshiradi. Mehnat va kasb ta’limida reyting usuli baholashning eng zamonaviy usuli. Uzluksiz ta’lim tizimini barcha bosqichlarida mosligi bilan aniqlanadi. Fanlar va ixtisosli klar bo’yicha ta’lim standartlarida o’quvchilar o’zlashtirish, bilimi, ko’nikma va malakalariga ega bo’lishi uchun zarur bo’lgan eng minimal talablari belgilangan. O’zbekiston va boshqa xorijiy davlatlar o’quv muassasalarining tajribasi o’qitish sifatini va o’quv jarayonining xilma-xil boshqa ko’rsatkichlarini baholashda va unga obyektiv yondashishda baholashning reyting tizimi eng zamonaviy usul ekanligini ko’rsatmoqda. Chunki, xozirgi kunda ko’p o’qituvichlar o’quvchilarning o’quv fanlari bo’yicha o’zlashtirish darajasini belgilash ya’ni aniqlashda ma’lum darajada xatliklarga yo’l qo’yib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlarning qabul qilinishi ta’lim borasida olib borilayotgan tub islohatlarni amalgan oshirishda huquqiy asos yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasini 1998 yil 13 maydagi «O’zbekiston Respublikasida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora tadbirlar to’g’risida»gi 204 sonli qarorining 7-bandiga asosan akademik liseylar va kasb -hunar kollejlari o’quvchilarni bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarining nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risidagi nizomini ishlab chiqish, hamda joylarda joriy qilish, kasb-hunar kolleji va akademik liseylarda ta’lim-tarbiya oluvchi o’quvchilaring bilimini haqqoniy baholash, bilim va kasbiy ko’nikmalar olishga jonkuyarlik xissini o’yg’otish o’quvchilarda o’qishga intilishga, o’zaro bellashish muhitini shakllantirish zarurligi ko’rsatilgan va bu Nizom ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Xuddi shu Nizom Umumiy o’rta maktab o’quvchilarining bilimini baholash uchun ham joriy etildi. Bugun sizlarnging e’tiboringizga havola etilayotgan mavzu o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarida bilimlar sifatini nazorat qilish reyting tizimi haqidaginizom asosida amalga oishrilayotgan tajribalarga asoslangan. Reyting tizimining maqsad va vazifalariReyting tizimio’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari hamda, mehnat ta’limi davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi bo’lib, Kadrlar tayyorlash milliy dastur talablaridan kelib chiqqan holda o’quvchilarning bilimini haqqoniy baholash, ulardan fanlarni o’zlashtirish bo’yicha qiziqishlarni oshirish va ularning bilim, ko’nikma va malakalarini egallashga bo’lgan ehtiyojlarni rivojlantirish o’qitish jarayonida reyting tizimini qo’llashning asosiy maqsadini tashkil qiladi.Reyting tizimi quyidagi vazifalarni hal qilish uchun kiritiladi:-davlat ta’lim standartlari talablariga mos holda barcha o’quv fanlari o’quv dasturlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni o’quvchilar tolmonidan o’zlashtirish darajasini obyektiv baholash;-o’quvchilarda bilim olishga bo’lgan ijobiy intilish ehtiyojini shakllantirish, ularda o’zaro bellashuvga qiziqish uyg’otish; -o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish; -o’quvchilarni doimiy baholash va baholarni taqqoslab borish; -o’quv muassasalari o’qituvchilari ishlab chiqarish ta’lim ustalari pedagoik faoliyatini to’g’ri baholash; -o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini oldindan rejalashtirish, o’quv jarayoniga zaruriy o’zgarishlar kiritish; -Respublikaning turli xududlaridagi o’quv muassasalari natijalarini tahlil qilish,taqqoslash va chora tadbirlar ishlab chiqish; -O’quvchilarning mehnat va tarbiyaviy intizomini yaxshilash, ularning fanlar bo’yicha uzluksiz tayyorgarligini amalgan oshirish.Reyting tizimini nazorat turlari Reyting tizimida o’quv rejasiga kiritilgan har bir o’quv fani bo’yicha o’quvchilarning bilim sifatini baholash uchun quyidagi nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy nazorat (JN); Oraliq nazorat (ON); Yakuniy nazorat (YaN). Joriy nazorat (JN) –og’zaki so’rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni siz o’zamaliyotingizda qo’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi. Joriy nazorat (JN) da o’tkaziladigan so’rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlarbilan belgilashni tavsiya etiladi:Test so’rovlar(T), og’zaki so’rov(O), laboratoriya ishi(L), masala yechish(M), uy vazifasi(U), kurs loyihasi (KL), yozmaish (Yo), kartochka so’rovi (KS), texnikaviy diktant (TD), amaliy ish (A), va xokazo. Joriy nazorat o’quv dasturini bir yoki bir nechta mavzularini o’rgangandan so’ng o’tkaziladi. Oraliq nazorat (ON)-o’quv fanining alohida maqsadga qaratilgan katta va tugallangan hajmidan keyin o’tkaziladi. Bu o’quv dasturini bir yoki bir nechtabo’limi bo’lishi mumkin. ON semestr davomida 2-4 marta o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yakuniy nazoratga (YaN) –yakuniy nazorat (YaN)semestr davomida o’tilgan barcha bob va mavzularga taalluqli asosiy savollarni qamrab olishi kerak. Bu nazoratsemestr yakunida test asosidao’tkaziladi. ONva YaN o’tkazishning obyektivligini ta’minlovchi nazoratni asosiy shakli-test sinovlari o’tkazishdir. Test sinovlarini o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berishzarur, ya’ni o’quvmaterialini o’zlashtirish natijalarini obyektiv baholashuchun sharoitlar yaratish; ko’p variantli test savollarini ishlab chiqish; bir -biridan ko’chira olmasligini ta’minlash; har bir o’quvchini individual test savo llari bilan ta’minlash.ON sonini, mazmunini va o’tkazish vaqtini o’qituvchi taqvim mvzular rejaga mos holda belgilaydi. ON o’tkazilish haqida o’quvchilar bir hafta oldin ogohlantiriladi.ON va YaN doirasida bittasi yoki bir nechtasi bo’yicha tanlab olinib tashkqi nazorat o’tkazilishi mumkin. Nazorat qilish ta’limiy muassasa rahbarlari tomonidan o’tkaziladi. Tashqi nazoratning maqsadi ta’lim standartida ko’rsatilganga mos darajada o’quvchilar o’zlashtirishining ko’rsatkichlarini aniqlash hamda bir xildagi fanlar bo’yicha (kasblar) bu ko’rsatkichlarni taqqoslash.O’quvchilarning qiziqishini uyg’otish uchun o’tkazilgan nazorat natijasini dars mobaynida bevosita o’quvchilar ishtirokida ko’rib chiqish va tahlil qilish yaxshi natija beradi. Xulosa
Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi. Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy masʼuliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning taʼlim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba toʻplaydi va uni oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi. Shunday ekan, darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eʼtiborsizlik tufayli unda yoʻl qoʻyilgan birgina xato ulgʻayib kelayotgan oʻquvchi hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Yurtimizda taʼlim tizimi, xususan, darsliklarga Prezident darajasida diqqat-eʼtibor qaratilayotgani zamirida katta maqsad va maʼno mujassam. Foydalanilgan adabiyotlar: Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. — Toshkent, 0 ‘qituvchi, 1992. 1. Alisher Navoiy. Asarlar. 0 ‘n besh tomlik. 0 ‘n uchinchi jild. — Т., G ‘.G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san ’at nashriyoti, 1966. 2. Kaykovus, Unsurulmaoliy. Qobusnoma. — Т., 0 ‘qituvchi, 1986. 3. Barkamol avlod orzusi /Tuzuvchilar: Qurbonov Sh, Ahliddinov R, Saidov V. — Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1999. 4. 0 ‘zbekiston Respublikasining «T a’lim to ‘g ‘risida»gi Qonuni. 5. Pedagogika / 0 ‘quv q o ‘llanma. A. Munavvarov tahriri ostida. — Toshkent, 0 ‘qituvchi, 1996.6. Oliy ta ’lim: Me ’yoriy hujjatlar to ‘plami. — Toshkent: Sharq nashriyotmatbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001. — 18—52-betlar. 13. Ochilov M, Ochilova M. 0 ‘qituvchi odobi. — Toshkent, 0 ‘qituvchi, 1998. 14. Barkamol avlod — 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 15. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. — Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993. 16. Munavvarov A.Q. Pedagogika. — Toshkent, 0 ‘qituvchi, 1993. 17. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. — T, 0 ‘qituvchi, 1997. 18. G'oziyev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). — T, 0 ‘qituvchi, 1994. 19. ПодласыйИ.П. Педагогика. Новыйкурс. И 2 кн. Кн. 1. — Москва, Владос, 1999. 20. Almetov N. Pedagogika: savollar va javoblar, 0 ‘quv q o ‘llanma. — Almata, 2001. 21. Mavlonova R va boshq. Pedagogika. — Toshkent, 0 ‘qituvchi, 2001. 22. Бабанский 10. К. Методыобучениявсовременной www.ziyouz.com kutubxonasi общеобразовательнойшколе. — Москва, Просвещение, 1985. — 205 с. 23. Лернер И.Я. Дидактические основы методов обучения. — Москва, Педагогика, 1981. — 186 с. 24. Окань В. Введение в общую дидактику. — Москва, Высшая школа, 1990. — 382 с. 25. Педагогика Учеб. 'пособие для студентов педагогических вузов и педагогичских колледжей. Под ред. П.И.Пидкасистого. — Москва, Педагогическое общество России, 200. — 640 с. 26. Рыжков В.Н. Дидактика. — Москва, Ю НИТИ-ДАНА, 2004. - 318 с. 27. Сайидахмедов П.С. Методы обучения ш кольников механизированному труду в хлопководстве. — Ташкент, Укитувчи, 1991, - 112 28. N.S. Sayidahmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Toshkent, Moliya, 2003. - 172 b. 29. O ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta ’limi vazirligining « 0 ‘quvchilarning ta ’lim tayyorgarligi darajasini baholashda ko ‘phalli reyting tizimiga bosqichma-bosqich o ‘tish haqida»gi 121-sonli buyrug'i. Ta Tim taraqqiyoti, 2002, № 4. 30. «Umumiy o'rta ta ’lim muassasa (maktab)larida o ‘quvchilarning bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to ‘g ‘risida»gi muvaqqat Nizom. Download 57.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling