Оралиқ назорат саволлари


Download 20.84 Kb.
bet2/2
Sana25.04.2023
Hajmi20.84 Kb.
#1397843
1   2
Bog'liq
Oraliq

2 Неш мувозанати

Нэш бўйича мувозанат – ўйинчиларнинг ҳеч бири ўз ҳаракатлари режасини ўзгартирган ҳолда ўз ютуғини бир томонлама ошира олмайдиган вазият


Фараз қилайлик, А фирма Б фирманинг муайян маҳсулотни ишлаб чиқариш учун монополиясини бузишга уринади. А фирма бозорга чиқиш-чиқмасликни, Б фирма эса, борди-ю А фирма бозорга киришни ҳал этса, ишлаб чиқариш ҳажмини пасайтириш масаласини ҳал қилади. Б фирмада ишлаб чиқариш ҳажми ўзгармай қолган тақдирда, иккала фирма ҳам ютқазади. Агар Б фирма ишлаб чиқариш ҳажмини пасайтиришга қарор қилса, у ўз фойдасини А фирма билан «баҳам кўради».

Б фирманинг ишлаб чиқариш ҳажмини аввалги даражада сақлаб туриш тўғрисидаги қарорига А фирманинг энг яхши жавоби - бозорга кирмаслик, ишлаб чиқариш ҳажмини пасайтириш қарорига эса, - бозорга кириш.  А фирманинг бозорга кириш тўғрисидаги қарорига Б фирманинг энг яхши жавоби - ишлаб чиқариш ҳажмини пасайтириш, бозорга кирмаслик қарори қабул қилинганда эса – иккала стратегия ҳам бир хил натижа беради. Шунинг учун, Нэш бўйича иккита (N1, N2) мувозанат (4; 4) ва (0; 10) нуқталарида турибди: А фирма бозорга киради, Б фирма эса ишлаб чиқариш ҳажмини пасайтиради; ёки А фирма бозорга чиқмайди, Б фирма эса ишлаб чиқариш ҳажмини пасайтирмайди. Бунга ишонч ҳосил қилиш осон, чунки ушбу нуқталарда иштирокчилардан ҳеч бири ўз стратегиясини ўзгартиришдан манфаатдор эмас.


3. Mahbus dilemmasi
Mahbus dilemmasi nima? U insonlar qay tariqa hamkorlikni tanlashi yoki uni rad etishi jarayonining namunasini yaratish va tadqiq etishda tadqiqotchilar foydalanadigan o’yindir.
Aytaylik jinoiy to’daning ikki a’zosi: mahbus A va mahbus B hibsga olindi. Har bir mahbus ikkinchi mahbus bilan aloqaga kirishishga hech qanday sharoit mavjud bo’lmagan kameralarda saqlanmoqda. Ulardan hech biri ikkinchisining qanday tanlov qabul qilishini bilmaydi. Bu holatning bir necha ehtimolli oqibatlari mavjud:

Mahbus A sukut saqlashi kerakmi yoki mahbus Bning jinoyatiga iqror bo’lib unga xiyonat qilishi kerakmi? Bu mahbus dilemmasining klassik versiyasi sanaladi.
Ushbu dilemmaning xilma-xil variantlari, jumladan har bir sinaluvchilarning qarorlariga muvofiq bir yoki bir necha imkoniyatlarni qo’lga kiritishga yoki bir necha o’yinlarni ketma-ket o’ynashga mo’ljallangan versiyalari yaratilgan. Mahbus dilemmasi tuzilmasi 1950-yilda matematiklar tomonidan tasvirlab berilgan va o’shandan buyon kundalik turmush vaziyatlari uchun namuna sifatida ishlatilib kelinmoqda hamda psixologiya, iqtisodiyot va siyosiy nazariya kabi sohalarda qo’llaniladi.

Mahbus dilemmasidan qay maqsadda foydalaniladi?


Mahbus dilemmasi va tadqiqotchilar tomonidan ishlatiladigan shunga o’xshash boshqa o’yinlar turli vaziyatlarda odamlar hamkorlik yoki uning aksi borasida qanday qarorga kelishlari mumkinligini vaziyatlar asosida ko’rsatib beradi. Psixologlar mahbus dilemmasidan (va shunga o’xshash o’yinlardan) o’zgaruvchilarni, jumladan xotiraning qanday qilib moslashuvchan qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etishi yoki intuitiv fikrlash hamkorlikni yaxshilashi mumkinligini tadqiq etishda foydalanishadi.
Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling