Оралиқ назорат учун тестлар
сиртқи 2- таълим 2022 йил 96 -БХА/2т-22
1.Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan?
a) kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;
b) XVII–XVIII asrlar orasida;
c) XIX asrda;
d) A.Smitning «Xalqlar boyligi...» kitobi chop etilishi bilan;
2. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;
d) marksistik nazariya;
3. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
a) keynschilar;
b) monetarizm;
c) institutsionalizm;
d) liberalizm;
4. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdan;
b) siyosiy munosabatlarni o‘rganishdan;
c) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganishdan;
d) huquqiy munosabatlarni o‘rganishdan;
5. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?
a) qiymat qonuni;
b) talab qonuni;
c) taklif qonuni;
d) ehtiyojlarning yuksalish qonuni;
6. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?
a) iqtisodiy fanlar;
b) siyosiy fanlar;
c) ijtimoiy fanlar;
d) ijtimoiy-gumanitar fanlar;
7. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim asoslagan?
a) U. Petti;
b) F. Kene;
c) A. Smit;
d) K. Marks;
8. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi?
a) o‘zaro uzviy;
b) teskari;
c) uzviy va teskari;
d) aks ettirmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |