Oraliq nazorat (20 ball)
4-variant
Test (5 ball, har biri 1 balldan)
1. Aksiyaning turlari to’g’ri berilgan javobni belgilang.
A) belgili,
imtiyozli;
B) imtiyozli, oddiy;
C) oddiy, yutuqli;
D) uzoq va qisqa muddatli.
2. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga kirmaydi?
A)
pul bozori;
B) valyuta bozori;
C) xo'jalik buyumlari bozori;
D) kapital bozori.
3. Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi?
A)
Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va
boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim
deyiladi;
B) Muayyan moliyaviy qarorni qabul qilish va uni amalga oshirishiga moliyaviy tizim
deyiladi;
C) Moliyaviy vositachilar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi;
D) Moliyaviy munosabatlarning shakl va usullar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi.
4. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan
iborat bo’lgan firmalar nima deyiladi?
A) moliyaviy oqim;
B)
xalqaro firma;
C) xususiy firma;
D) moliyaviy vositachilar.
5. Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi ko’rsatkichi (NAV – net assets value) qanday
aniqlanadi?
A) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar soniga bo‘linadi;
B) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar soniga ko’paytiriladi;
C) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar qiymatiga bo‘linadi;
D) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan
barcha aksiyalar qiymatiga ko’paytiriladi.
Topshiriqlar (15 ball, har biri 5 balldan)
1. Savol. Moliyaviy vositachilar
va ularning vazifalari (5 ball).
2. Masala. Investorda 50 mln.so’m bor va shu summani ikki yil muddatga bankka
omonatga qo’ymoqchi. Birinchi bankda omonat uchun yillik foiz stavkasi 7% ni tashkil etadi,
ikkinchi bank esa birinchi yil 6%, ikkinchi yil 8% li omonatni taklif etmoqda.Bunday
vaziyatda investor ulardan qaysi birini tanlaydi?
(to’liq va to’g’ri ishlanish talab etiladi) (5
ball).
3. Jadvalni to’liq va tog’ri to’ldiring hamda javobingizga izohlang (kataklarga
tegishli “+” yoki “-” belgisini qo’ying)
(5 ball).
Turli moliyalashtirish usullarining afzalliklari va kamchiliklari
Tavsifi
Bank krediti
Kraudfanding
Kraudinvesting
Afzalliklari
Olish tezligi
Summaning cheklanishi
Uchinchi tomon qarorlaridan
mustaqilligi
PR loyiha
Kamchiliklari
Mablag’ni qaytarish zarurligi
Tayyorlanadigan hujjatlarning
miqdori
Loyihaning muayyan oʼziga
xosligi