Oraliq nazorat varianti


BOSQICHLARI VA JARAYONLARI


Download 144.04 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi144.04 Kb.
#1247024
1   2   3   4
Bog'liq
asomova feruza investitsiya

BOSQICHLARI VA JARAYONLARI


Kapital qurilish, asosan, bir necha bosqichlardan iborat:

  • iqtisodiy va texnik qurilish tartiblarini o'rganish;

  • muhandislik tadqiqot;

  • Loyihaning yaratish;

  • qurilish tartib tashkil etish;

  • sayt tayyorlash va vaqtinchalik tuzilmalar uskunalar;

  • Asosiy qurilish;

  • imtiyoz faoliyat uchun.

2. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro
kapitalni jalb qilish masalalari
Uchqun Yunusovich O'roqov Murod Baxtiyorovich Moyliyev Muhammadjon Maxmud o'g'li Muzaffarov Toshkent moliya institut
Annotatsiya: Ushbu maqolada investitsiya jozibadorligining mohiyati, uni xorijiy investitsuyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, unga ta'sir etuvchi omillar, investitsiya jozibadorligini aniqlash uslubiyoti yoritilgan.
Kalit so'zlar: xalqaro kapital, investitsiya, investitsion muhit, investitsiya jozibadorligi, BERI indeksi, ICOR ko'rsatkichi.
Issues of attracting international capital by increasing the country's investment attractiveness
Uchkun Yunusovich Urokov Murod Bakhtiyorovich Moyliyev Muhammadjon Mahmud oglu Muzaffarov Tashkent Financial Institute
Abstract: This article describes the essence of investment attractiveness, its importance in attracting foreign investment, the factors influencing it, the methodology for determining investment attractiveness.
Keywords: international capital, investment, investment climate, investment attractiveness, BERI index, ICOR index.
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investorga ta'sir ko'rsatuvchi omillar to'g'risida aniq tushunchalarga ega bo'lishi, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo bo'ladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yo'lga qo'yish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsion muhit obyekt kategoriyasi bo'lib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud bo'lgan shart-sharoitlar majmuasini aks
ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat organlarining ta'siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan qishloq xo'jaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub o'zgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay bo'lgan investitsion muhitni yaratib berish kerak. Investitsion muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yo'nalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari to'g'risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday munosabatda bo'lishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Har qaysi investor ma'lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval o'sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida ko'rib o'tilgan omillar o'rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi.
Mamlakatlarning investitsion jozibadorligi bir qancha omillarga, ya'ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy-huquqiy va jugrofiy omillarga bog'liqdir. Ushbu omillardan kelib chiqib, investorlar mamlakatga investitsiyalarni kiritish yoki kiritmaslik to'g'risida qaror qabul qilishadi. Jahon banki tomonidan har yili e'lon qilinadigan "Doing Business" hisobotida turli mamlakatlarning 6700 dan ortiq ekspertlari tomonidan 189 ta mamlakatning biznesni yuritish bo'yicha (jami 10 indikatori) reytingi e'lon qilib boriladi. Jahon banki tomonidan e'lon qilib boriladigan reytingda biznesni ochish va uni yuritish bo'yichadavlat tomonida yaratilgan ma'muriy taomillar o'rin olgan bo'lib, unda ham mamlakatning iqtisodiy potensialiga tegishli bo'lgan asosiy omillar (bozor hajmi, ishchi kuchining narxi va b.), shuningdek, potensial investor duch kelishi mumkin bo'lgan xavflar inobatga olinmagan (1-jadval).
1-jadval
Investorlar uchun investitsion muhit va mamlakatlarning jozibadorligini namoyon
etadigan reytinglar1
Reyting Reytingni tuzuvchi tashkilotlar Baholanadigan parametrlar Axborotlar manbai
Biznesni yuritish Jahon banki Biznesni yuritish uchun huquqiy muhit Statistik va huquqiy axborotlar, ekspertlardan so'rovnomalar
1 http://www.doingbussiness.org , http://weforum.org, http://ifp.statesindex.org_ internet saytlari orqali magistrantlar tomonidan tayyorlangan
Global raqobatbardoshlik indeksi Butunjahon iqtisodiy forum Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy parametrlari Statistik axborotlar va kompaniya rahbarlaridan so'rovnomalar
Davlatlarning faoliyatsizlik indeksi Tinchlik uchun jamg'armasi Mamlakatda istiqomat qilayotgan insonlar va faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun mavjud xavflar Axborotlarni to'plash va tahlil qilishning ichki tizimi
Mazkur reytingda aks etgan barcha ko'rsatkichlarni ham mukammal deb bo'lmaydi, albatta. Ularda quyidagi muhim omillar: makroiqtisodiy siyosat, infratuzilmalarning sifati, ishchi kuchining malakasi, valyuta kurslarining tebranib turishi, investorlarning fikri, korrupsiyaning xavfi va uning darajasi bilan bog'liq omillar aks etmasdan qolgan.
Butunjahon iqtisodiy forum tomonidan e'lon qilinadigan raqobatbardoshlik indeksida mamlakat va unda mavjud bo'lgan institutlarning o'rta muddatli davrda barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlash imkoniyatlari bo'yicha ma'lumotlar e'lon qilinib boriladi. Juda katta hajmdagi statistik ma'lumotlar banki va kompaniyalar boshqaruvchilaridan o'tkaziladigan so'rovnomalar asosida jami 113 nomdagi o'zgaruvchilar bo'yicha Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index) hisoblab chiqariladi. Umumiy foydalanish mumkin bo'lganstatistik ma'lumotlar jami ma'lumotlarning 1/3 qismini tashkil etadi, qolgani esa, turli xildagi anketa so'rovnomalari asosida to'planadi.2
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Ya'ni investitsiya muhiti qanchalik qulay bo'lsa, investorning tadbirkorlik tavakkali shunchalik past darajada bo'ladi va bu investorlarning kirib kelishini ko'paytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay bo'lsa, tavakkal darajasi yuqori bo'ladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari o'sishiga olib keladi.3
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Ya'ni investitsiya muhiti qanchalik qulay bo'lsa, investorning tadbirkorlik tavakkali shunchalik past darajada bo'ladi va bu investorlarning kirib kelishini ko'paytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay bo'lsa, tavakkal darajasi yuqori bo'ladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari o'sishiga olib keladi.4
2 Schwab K. World Economic Forum: The Global Competitiveness Report. Geneva: World Economic Forum, 2013.
3 Mamatov B.S., Xo'jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh., Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: «Iqtisod-moliya», 2014. - 410- b.
4 Sultonov Sh., Chinqulov Q., G'ofurova U., Safarova N. Biznes moliyasi. O'quv qo'llanma. - T.: «Iqtisod-moliya», 2019. - 112- bet.
Kuchli biznes va investitsiya muhitini qo'llab-quvvatlaydigan siyosiy muhitni yaratishning zaruriy omillari quyidagilar:
- xavfsizlik;
- xorijiy investorlar huquqlarining himoyasi va kafolati;
- qonunchilikning barqarorligi;
- shaffoflik;
- korruptsiyadan holi bo'lishlik;
- hukumatning yaxshi boshqaruvi.5
Mazkur tadqiqotlarda davlat/hududning investitsion jozibadorligini aniqlashning usul va vositalari keltirilgan bo'lib, foydalanilgan formulalar investitsiyalar jozibadorligini integral baholashga xizmat qiladi (2-jadval).
2-jadval
Investitsion jozibadorlik aks etadigan ko'rsatkichlar tizimi6
Guruh Ko'rsatkich
Iqtisodiy jozibadorlik Makroqitisodiy barqarorlik (mb) Mehnat bozorining samaradorligi (mbs) Infratuzilmalarning sifati (is) Instutlarning sifat darajasi (isd) Ichki bozorning imkoniyati/hajmi (ibh) Texnologiyalarning rivojlanish darajasi (trd) Innovatsion salohiyat (is)
Huquqiy jozibadorlik Huquqiy nuqtai nazardan biznes qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar
Investitsiyalash jarayonida risklar Demografik bosimning darajasi (dbd) Olib borilayotgan siyosatdan va hayotdan norozi bo'lgan aholining qatlami (nb) Davlat tuzilmalarida avj olgan korrupsiya korrupsiya holati (dtk) Inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lish darajasi (ihebp) Yuqori boshqaruv guruhlarining ta'sir ko'rsatish darajasi (ybog) Davlat xavfsizlik organlarining ta'sir ko'rsatish darajasi (dxot) Boshqa davlat/hududlarning ta'sir ko'rsatish darajasi (bt)
Butunjahon iqtisodiy forumi iqtisodiy jozibadorlikni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
IJ = mb + mbs + is + isd + ibh + trd + is (1.1.)
IJ-"Iqtisodiy jozibadorlik" bo'yicha davlatga berilgan ball.
Huquqiy jozibadorlikni aniqlashda "biznesni yuritish" reytingidan foydalaniladi.
Bu yerda, HJ-huquqiy jozibadorlik; DB-"Doing bussiness"da davlatning reytingi.
Risk=1/dbd + nb + dtk + ihepb +ybog + dxot + bt (1.2.)
Bu yerda, risk - investitsiyalash jarayonida riskning mavjudlik darajasi: ko'rsatkich qiymati qanchalik katta bo'lsa, kapital qo'yilmalarni joylashtirishda risk darajasi shunchalik kichik bo'ladi.
5Best-Practice Guide for a Positive Business and Investment Climate.Organization for Security and Co-operation in Europe (OSCE). 2018.
6 Schwab K. World Economic Forum: The Global Competitiveness Report. Geneva: World Economic Forum, 2013.
Zamonaviy investitsiya muhitining o'zgarishiga bir qancha omillar ya'ni globallashuv, xavfsizlik, moliyaviy muhandislik, axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi inqilob sabab bo'lmoqda. Jahonda yuz berayotgan global o'zgarishlar, terrorizm va odam savdosi balolaridan mamlakatda yaratilgan xavfsizlik choralari, yetuk kadrlarga bo'lgan talabning yanada oshishi hamda 20 asr mo'jizasi bo'lgan axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi shiddatli inqilob investitsiya muhitini yanada zamonaviy va jozibador qiladi.
Xorijiy investorlar indeks ma'lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng foydalanadilar. Mamlakatning indeksi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin investor mamlakatning investitsiya muhiti va uning jozibadorligini baholashda boshqa omillarni ham inobatga oladi.
Investitsion muhitdagi siyosiy riskni aniqlashdagi samarali baholash usullaridan biri, o'zining keng qamrovliligi, aniqligi va soddaligi bilan mashhur bo'lgan "BERI" indeksidan jahon xorijiy investorlari keng foydalanadilar.
1.4 - jadvalda har bir qo'yilgan baho ekspertlar bahosiga ko'paytirilib, oxirida barcha ko'rsatkichlar qo'shiladi va quyidagicha baholanadi:
Ko'rsatkichlar "0" dan "4" gacha: 0 - nomaqbul shartlar, 1- salbiy shartlar, 2-o'rtacha shartlar, 3 - yaxshi shartlar, 4 - ideal shartlar.
- BERI > 80 - qulay investitsion muhit, iqtisodiyot rivojlangan;
- 7079 - yetarli darajada qulay emas va yetarli darajada rivojlanmagan;
- 5569 - investitsion salohiyatga ega bo'lgan rivojlanayotgan iqtisodiyot;
- 4054 - yuqori darajadagi risk, rivojlanmagan iqtisodiyot;
- BERI< 40 - juda yuqori darajadagi risk va investitsiya faqat istisno tarzida kiritilishi mumkin.
3 -jadval
BERI indeksi va uning mezonlari7
№ Mezonlar Ta'rifi Salmog'i, %
1. Siyosiy barqarorlik Kutilmagan hukumat to'ntarishlari imkoniyatlari va ularning tadbirkorlik faolligiga ta'sirini baholaydi 12
2. Xorijiy investitsiyalar va foydaga munosabat Xususiy tadbirkorlarga tegishli ijtimoiy ehtiyojlarga bo'lgan harajatlar hajmi 6
3. Milliylashtirish Beg'araz ekspropriatsiya imkoniyatlaridan to mahalliy hokimiyatlarga imtiyozlar berishgacha 6
4. Devalvatsiya Devalvatsiya ta'siri, hamda korxona faoliyatiga devalvatsiyaning ta'sirini yumshatuvchi choralarning hayotiyligi 6
5. To'lov balansi Hisoblar balansi va umumiy balansga, hamda xorijiy investorlarning daromadlariga ta'sir etuvchi omillar 6
7 Imomov H.H. "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish"// O'quv qo'llanma // Toshkent-2011y. 118-119 b.
6. Rasmiyatchilik masalalari Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, bojxona rasmiyatchiliklarini amalga oshirilishi, valyuta o'tkazishlari va boshqa shunday operatsiyalar 4
7. Iqtisodiy o'sish sur'atlari Yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish sur'atlarining o'sishi 3%, 3-6%, 6-10% va 10%dan yuqori chegaralarda 10
8. Valyutaning konvertirlangani Milliy valyutaning xorijiy valyutaga almashtirish imkoniyati, hamda milliy valyutaning (korxonalarga zarur bo'lgan darajada) valyutalar bozoridagi o'rni 10
9. Shartnomani amalga oshirish imkoniyati Shartnomaga amal qilish imkoniyati, hamda til va urf-odatlardagi farq natijasida qiyinchiliklarning yuzaga kelishi 6
10. Ish haqi va mehnat unumdorligiga harajatlar Ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi, ishga qabul qilish tartibi 8
11. Ekspertlar va marke-ting xizmatlaridan foydalanish imkoniyati Korxonalarga yuridik, buxgalteriya, marketing bo'yicha maslahatlar berish, texnologiya va qurilish ishlarini amalga oshirish sohalarida maslahatlar kutish imkoniyati 2
12. Aloqa va transportni tashkil etish Faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va ularning filiallari orasidagi transport yo'llari va aloqa tizimini (mamlakat ichidagini ham) tashkil etish va foydalanish imkoniyati. Transport infratuzilmasini baholash 4
13. Mahalliy boshqaruv va hamkorlik Boshqaruvning turli masalalarini yechishda o'z kapitali bilan qatnashish va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin bo'lgan mahalliy hamkorlarning soni va imkoniyatlari 4
14. Qisqa muddatli kredit Xorijiy hamkorlarga qisqa muddatli kreditlar berish va ulardan foydalanish imkoniyati 8
15. Uzoq muddatli kredit va shaxsiy kapital Hamkorlar tomonidan nizom kapitaliga o'z ulushlarini qo'shish shartlari va milliy valyutada uzoq muddatli kredit berish shartlari 8
Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro' qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo'yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.
Hozirda bu xizmat ko'rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko'rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda.Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega bo'lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta'siri ham hisobga olinadi.
Bir vaqtning o'zida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo'yicha investitsiyalar taqsimotining to'g'ri yo'nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo'yilgan mablag'larning kelgusi yilda YalMning o'sishiga ta'sirini aniqlashga imkon beradi va YalMda investitsiyalar salmog'ining keyingi yildagi YalMning qo'shimcha o'sish sur'atiga nisbatini ifodalaydi. ICOR
3. Investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga keskin va ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar bilan to‘ldirishni ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda hamda ular ishga tushirilgandan so‘ng investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, Investitsiya dasturining amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
investitsiya loyihalari ro‘yxatini xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish;
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish va tasdiqlash;
Investitsiya dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish, investitsiya dasturining axborot ta’minoti, investitsiyadan keyingi monitoringini amalga oshirish tartibi.
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 1-yanvardan boshlab Investitsiya dasturini “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali monitoring qilish tartibiga to‘liq o‘tsin.
Bunda axborot tizimida investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan so‘ng monitoring qilishni nazarda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilsin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Statistika agentligi va Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanishga erishish maqsadida har chorakda investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va eksport hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishliligi bo‘yicha o‘z tizimlarini uch oy muddatda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni integratsiya qilishni ta’minlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yildan boshlab kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorga ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablaridan kelib chiqib, tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri zimmasiga yuklansin.

Download 144.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling