Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash
Download 202.01 Kb.
|
243 27.04.2021
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarda budjetdan tashqari jamg‘ariladigan mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash; jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish; jamg‘arma mablag‘larning xarajatlari ijrosini nazorat qilish. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yildan boshlab maktablardagi barcha 1 — 11-sinf o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan bepul ta’minlanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi ta’lim vazirligi bir oy muddatda: birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibini; Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarga mansub 1 — 11-sinf o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan tekin ta’minlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2021-yil 27-aprel, 243-son Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga 1-ILOVA Download 202.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling