Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash


-bosqich Muassasa va tashkilot


Download 202.01 Kb.
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi202.01 Kb.
#1409088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
243 27.04.2021

2-bosqich

Muassasa va tashkilot

Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi muassasalarning rahbariga kelishish uchun kiritiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari faqat tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moliyalashtiriladi.

Kalendar yili boshida

3-bosqich

Muassasa va tashkilot

Umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi daromadlar va xarajatlar rejasini ko‘rib chiqib, roziligini beradi.
Boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida rahbar tomonidan ko‘rib chiqilib, rozilik beriladi.

2 kun davomida

4-bosqich

Muassasa va tashkilot

1. Kuzatuv kengashi roziligi olingandan so‘ng daromadlar va xarajatlar rejasi xalq ta’limi muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi ularning rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.

1. 1 kun davomida

2. Jamg‘arma tushumlari (maqsadli homiylik va xayriya mablag‘laridan tashqari) quyidagi tartibda yo‘naltiriladi:
respublika darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 5 foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga;
hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysinuvidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining jamg‘armalariga;
tuman (shahar) darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 2 foizi hududiy xalq ta’limi boshqarmalari jamg‘armalariga, 3 foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tushumlari ularning ixtiyorida qoldiriladi.

2. Mablag‘ tushumiga ko‘ra

3. Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritish markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (muassasa va tashkilot buxgalteri) yoki muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan yuritiladi.

3. Rejaga muvofiq

4. Muassasa rahbari tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga yozma murojaat beriladi, zarur hujjatlar taqdim etiladi va ushbu rejada belgilangan xarajatlarga mablag‘lar sarflanadi.
Boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida tasdiqlangan rejaga muvofiq ularning rahbari tomonidan sarflanadi.

4. Yil davomida


Download 202.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling