Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash


-bob. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish


Download 202.01 Kb.
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi202.01 Kb.
#1409088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
243 27.04.2021

4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish
7. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (muassasa va tashkilot buxgalteri) yoki muassasa va tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalteri tomonidan yuritiladi. Bunda muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter shtatini saqlash bo‘yicha barcha xarajatlar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
8. Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi.
Umumta’lim muassasasi Kuzatuv kengashining roziligi olingandan so‘ng daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida belgilangan muassasalardan boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi ularning rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
9. Jamg‘arma tushumlari (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) quyidagi tartibda yo‘naltiriladi:
respublika darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining besh foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga;
hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysinuvidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining besh foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining jamg‘armalariga;
tuman (shahar) darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining ikki foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari jamg‘armalariga, uch foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalariga.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tushumlari ularning ixtiyorida qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Jamg‘arma mablag‘lari tashkilotlarning “4001” mablag‘lar manbasi bo‘yicha tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisobvarag‘ida shakllantirilib, barcha xarajatlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

Download 202.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling