Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash
-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Download 202.01 Kb.
|
243 27.04.2021
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
4. Jamg‘arma mablag‘lari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moliyalashtiriladi. Bunda xalq ta’limi muassasasi va tashkiloti rahbarini moddiy rag‘batlantirish va xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobga olinishi lozim. Jamg‘armaga yo‘naltirilgan muassasa va tashkilotlarning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi: tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bino va inshootlarni, ilmiy laboratoriyalarni texnik shartlar asosida joriy ta’mirlash va jihozlash, xalqaro ilmiy axborot bazalari va kutubxona resurslariga ulanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; xodimlarni yetakchi milliy va jahonda eng yuqori mingtalik reytingga kiruvchi yoki yo‘nalishlar bo‘yicha jahonda eng yuqori yuztalik reytingga kiruvchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalariga qayta tayyorlov, malaka oshirish va amaliyotga yuborish orqali kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlarning xorijiy ilmiy anjumanlarda ma’ruza bilan ishtirok etishi va qatnashishi, xalqaro tan olingan ma’lumotlar bazasidagi yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini nashr qilish. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar rejasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat xalq ta’limi muassasasi rahbarining asosli yozma murojaati asosida umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi roziligi bilan amalga kiritiladi. Mazkur bandning oltinchi xatboshisida belgilangan muassasalardan boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar rejasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ularning rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Xalq ta’limi muassasalari va tashkilotlari rahbarlari jamg‘arma mablag‘larini erkin yo‘naltirish huquqiga ega. 5. Jamg‘armaga oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablag‘lar bo‘yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summadan o‘n foizgacha bo‘lgan miqdori mazkur muassasa va tashkilot rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi. Bunda muassasa va tashkilot rahbarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘ni hisoblashda ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari hisobga olinmaydi. 6. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jamg‘armaga ko‘rsatilgan homiylik xayriyalari, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yo‘naltirilishi kelishilmagan bo‘lsa, muassasa va tashkilot rahbari va buxgalteri tomonidan xarajatlar rejasiga o‘zgartirish tayyorlanib, umumta’lim muassasasi uchun Kuzatuv kengashi roziligi bilan, boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari uchun rahbar tomonidan xalq ta’limi muassasasi va tashkiloti xarajatlariga sarflanadi. Download 202.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling