Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash
Download 202.01 Kb.
|
243 27.04.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rahbarlarning o‘rinbosarlari
g) 3-ilovaning 10-bandida: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun: 15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz; 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz; 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz; 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz; 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;”; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi”. d) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi 20-band qo‘shilsin: “O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmaydi.” 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 39-modda;): a) qaror muqaddimasidagi “shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasida: “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari” so‘zlari “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son) 7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Pri etom, uchrejdeniyam i organizatsiyam sistemi narodnogo obrazovaniya, finansiruyemim iz Gosudarstvennogo budjeta, razreshayetsya ispolzovaniye i priobreteniye legkovix avtomobiley i drugix vidov avtotransportnix sredstv svishe utverjdennogo predelnogo kolichestva slujebnix legkovix avtomobiley, pri uslovii ix soderjaniya (soderjaniye voditelya, obespecheniye goryuche-smazochnimi materialami, texnicheskoye obslujivaniye i procheye), za schet vnebudjetnix sredstv.”. b) 1-ilovaning 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 3-banddagi “institutlar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markazlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandning birinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7 — 10 va 27-bandlardagi “Markaziy institut” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Institut” so‘zi bilan almashtirilsin; 16, 23 va 27-bandlardagi “hududiy institut rektori” so‘zlari “hududiy markaz direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin; 27-banddagi “hududiy institutlar tomonidan Markaziy institutga” so‘zlari “hududiy markazlar tomonidan Institutga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomda: 15-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (o‘qitish muddati 11 yil: I — XI sinflar) (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda (o‘qish muddati 9 yil: I — IX sinflar);”. 30-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 230-modda): a) qaror muqaddimasidagi “va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga” so‘zlari “qonuniga” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; v) 2-ilovaning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; g) 5-ilovaning 1-bandidagi “, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari” so‘zlari “qonuni” so‘ziga almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 515-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 29-son, 698-modda) 12 bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;”. 12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining rus tilidagi matni 2-ilovasida (Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi): 1531-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
156-pozitsiyaning “Naimenovaniye doljnostey slujaщix” ustunidagi “detskogo doma” so‘zlari “domov Mehribonlik” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida nizomda: a) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11-bandning “8)” kichik bandida: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishish uchun nomzodlarni tavsiya qiladi va belgilangan tartibda ularni egallagan lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritadi;”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan tayinlaydi;” to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishligicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin: “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlash.” v) 18-bandning yettinchi xatboshisidagi “umumta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga” so‘zlari “tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 26-bandda: quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish;”; yigirma to‘rtinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar tegishlicha yigirma beshinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. o‘ttiz birinchi xatboshidagi “kuzatuv kengashlariga” so‘zlari “tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Oldingi tahrirga qarang. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son) 15. Vazirlar Mahkamasining “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyundagi 404-son qarorining 3-bandiga quyidagi mazmundagi “v” “g” va “d” kichik bandlar qo‘shilsin: “v) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi potensial investor tanlangandan so‘ng: bir oy muddatda ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan shartlar asosida investor bilan obyektni “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini; o‘n kun muddatda obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida potensial investorga “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga iltimosnoma yuborilishini; potensial investor tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini; investitsiyaviy majburiyatlar to‘liq bajarilgan deb e’tirof etilgan paytdan va penya (yuzaga kelgan taqdirda) to‘liq hajmda to‘langan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda belgilangan tartibda obyektni “tasarruf etish huquqi” belgisi kiritilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga iltimosnoma yuborilishini ta’minlasin; g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xalq ta’limi vazirligining iltimosnomasi asosida obyektni potensial investorga sotish bo‘yicha vazirlik va potensial investor o‘rtasida tuzilgan shartnoma va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida potensial investorga “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, ushbu shartnoma bo‘yicha potensial investor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida bayonnoma va potensial investor tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderining asli taqdim qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi kiritilishini ta’minlasin; d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori, istisno tariqasida, mazkur qarorning bajarilishi doirasida tatbiq etilmasligi belgilansin.” Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga 3-ILOVA Download 202.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling