Oraliq yozma ishi


Download 73.91 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi73.91 Kb.
#1598168
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samadov Sarvar FH oraliq



Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakultetining 1-bosqich V patok 1-guruh talabasi Samadov Sarvarning Fuqarolik huquqiga kirish modulidan yozgan

Oraliq yozma ishi.

Uzoq muddatli chet el xizmat safari bilan ketayotgan, Hoshimov advokat Fozilovga turmush o‘rtog‘i Hoshimova nikohdan ajratish haqidagi da’vosiga ko‘ra sud jarayonida uning manfaatlarini himoya qilishni buyurdi va Fozilovga notarial tasdiqlangan ishonchnoma yubordi.
Kutilmaganda Fozilov jiddiy kasallikka chalinib, kasalxonaga yotqizildi, shu tufayli Hoshimovning topshirig‘ini shaxsan bajara olmasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq Fozilov ushbu topshiriqni bajarish maqsadida taqdim etish yo‘li bilan advokat Javliyevaga ishonchnoma berdi. Kasalxona bosh shifokori tibbiy bo‘limi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomaga ko‘ra, Fozilov javliyevaga o‘z vakili bo‘lgan Hoshimov nomidan ajrashish jarayonida Hoshimovning manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq barcha prosessual harakatlarni bajarishni topshiradi.
Xizmat safaridan qaytgach, Hoshimov, u va uning rafiqasi o‘rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganini unga ko‘ra, nikoh bekor qilingandan so‘ng, er-xotinning nikoh paytida sotib olgan barcha umumiy mulkning 70 foizi turmush o‘rtog‘iga o‘tganligini, ushbu kelishuvni o‘zining nomidan advokat Javliyeva tuzganligini bildi.
Bundan norozi bo‘lgan Hoshimov advokat Fozilovning advokat Javliyevaga bergan ishonchnomasini bekor qilishni talab qilib, sudga murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. 
Nazariy savol 

  1. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish va yuridik shaxsni ixtiyoriy hamda majburiy tugatish tartibini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida muhokama qiling. 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar tufayli adolatli fuqarolik jamiyat qaror topmoqda.Bitim,ishonchnoma va vakillik kabi institutlar rivojlanib fuqarolik-huquqiy munosabatlarda muhim rol o’ynamoqda.


Kazusga keladigan bo’lsak,avvalo,muammoli vaziyatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bo’yicha muammolarni aniqlab olamiz: (ISSUE)
birinchidan, chet el xizmat safari bilan ketayotgan, Hoshimov advokat Fozilovga turmush o‘rtog‘i Hoshimova nikohdan ajratish haqidagi da’vosiga ko‘ra sud jarayonida uning nomidan qatnashish uchun ishonchnoma yuborishi to’g’rimi?
ikkinchidan, Hoshimovning topshirig‘ini shaxsan bajara olmasligi ma’lum bo‘lgach, u ushbu topshiriqni bajarish maqsadida taqdim etish yo‘li bilan advokat Javliyevaga ishonchnoma bera oladimi?

Download 73.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling