Orasidagi ayrim farqlar
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa TASNIFI
Download 104.5 Kb.
|
8-мавзу очик дарс
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa TASNIFI
Maktablar faoliyatining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish va olib borishning ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni, qo‘llana-digan metodlari va vositalari bo‘yicha yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega va ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra tasnif qilish mumkin. Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi: qo‘llanish darajasiga ko‘ra; falsafiy asosi bo‘yicha; asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha; o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha; shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha; mazmun xususiyatlari bo‘yicha; boshqaruv turi bo‘yicha; bolaga yondashuv bo‘yicha; ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha; ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha. Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini quyidagicha tasniflash mumkin: qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik; falsafiy asosi bo‘yicha: majburlash pedagogikasi (umumiy majburiy ta’lim); asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha: sotsiogen, yani asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratilgan; shu bilan bir vaqtda biogen omillarga, ya’ni shaxsning har tomonlama rivojla- nishiga ham e’tibor qaratilgan holda; o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha: assotsiativ-reflek- tor bo‘lib, suggestiya (namuna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsa- tish)ga tayangan holda; shaxsiy belgi-sifatlarga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha: axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan; mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik, umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tash- kil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi; boshqaruv turi bo‘yicha: an’anaviy-mumtoz (klassik) bo‘- lib, unga ta’limning texnika vositalari qo‘shilgan; bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar; ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha: tushuntirish- illyustratsiyalash; ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha: ommaviy. Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: hamkorlik pedagogikasi, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim, guruxli texnologiyalar va boshqalar. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling