O‘razova Diyoraning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu


Download 9.34 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi9.34 Kb.
#1828569
  1   2
Bog'liq
O\'razova Diyora


Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Davolash fakulteti 204 – guruh talabasi O‘razova Diyoraning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:
Globallashuv, globalistika va barqaror taaqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi

Globallashuv – bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir.
Globallashuv – bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir. Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligi hisoblanadi.
Globallashuv hodisasi va globalizatsiya
Globallashuvning kelib chiqishi haqidagi qarashlar doimo munozarali boʻlib kelgan. Tarixchilar bu jarayonni kapitalizmning rivojlanish bosqichlaridan biri deb hisoblaydilar. Iqtisodchilar bu jarayonni moliya bozorlarining transmilliylashuvidan ekanligini taʼkidlab kelishmoqda. Siyosatshunoslar demokratik tashkilotlarning keng tarqalishiga urgʻu berishadi. Madaniyatshunoslar globallashuvning namoyon boʻlishini madaniyatning gʻarbiylashuvi, jumladan, Amerika iqtisodiy ekspansiyasi bilan bogʻlashadi.
Shu bilan birga, „globallashuv“ soʻzining kelib chiqishining oʻzi shuni koʻrsatadiki, bu jarayonda yetakchi rolni maʼlum tarixiy bosqichlarda sodir boʻlgan xalqaro savdoning jadal oʻsishi egallaydi. Birinchi marta „globallashuv“ soʻzini („jiddiy xalqaro savdo“ degan maʼnoni anglatadi) 1850-yillarning oxirida Fridrix Engelsga yozgan maktublaridan birida Karl Marks ishlatgan. deb yozgan edi: „Endi jahon bozori haqiqatan ham mavjud. Kaliforniya va Yaponiyaning jahon bozoriga chiqishi bilan globallashuv amalga oshdi“
Global muammolarning turli darajalari
Globallashuv zamonaviy jamiyatga ko‘plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani o‘zida aks ettirayotirki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolg‘iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilishi mumkin xolos. Bugungi kunda globallashuv o‘z tasirini o‘tkazmagan soha qolmadi. Dastlab u mamlakatlar iqtisodiy hayotidan boshlangan bo‘lsa, so‘ngra siyosat, axloq, milliy manaviy hayot, insonlarning kundalik turmush kechirishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Internet – inson tafakkuri, aqli va bilimi qudratining mahsuli bo‘lib, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon keng qamrovli aloqa, hamkorlik ishlardagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda malumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning yoshlar manaviyatiga tasiri, xavf-xatarlarini ham etiborga olmoq darkor. Jahonning bir necha mamlakatida uyushgan terrorchi guruhlar va tashkilotlarning saytlari mavjud bo‘lib, ular orqali yoshlarning ongiga, turmush tarziga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalar targ‘ib qilinmoqda.
Globallashuv natijasida migratsiya jarayonlarining faollashayotganligi ham sezilmoqda. Bu jarayon keltirib chiqarayotgan ayrim salbiy oqibatlar jumladan, transmilliy jinoyatlar (xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, xalqaro narkobiznes, odam savdosi va boshqalar) ning ko‘payishi kuzatilmoqda. Xalqaro globallashuv insoniyat, mamlakat hayotining borgan sari yangi-yangi sohalarni egallab, uning natijasida hozirgi davrga qadar bo‘lgan xalqaro tartibot, madaniyatlar, qadriyatlar yangi mano va mazmun bilan to‘lib bormoqda. Ayniqsa, inson qadriga ham o‘z tasirini kuchli o‘tkazmoqda. Noqonuniy migratsiya oqibati sifatida mavjud bo‘layotgan “odam savdosi”dek holat dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi

Download 9.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling