OILAGA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH - Respublikamizda ta`lim tizimiga psixologik xizmat keng joriy etilayotgan soxa sifatida qarash mumkin.Ta`lim tizimiga psixologik xizmatni joriy etish ta`lim-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil etish, o`qituvchi va o`quvchi shaxsini shakllanishini nazorat etish xulq-atvoridagi og`ishlarni oldini olish, o`quvchilarning o`lashtirishi va aqliy saviyasini baxolash, iqtidorli va aqliy taraqiyotidan ortda qolayotgan o`quvchilarga psixologik yordam ko`rsatish, pedagogik jamoada psixologik muxitni shakllantirish va shu singari bir qator ishlarni yo`lga qo`yishi bilan haraktirlanadi.Shu bois bu soha eng izchil yo`nalish sifatida psixiologik tashxisni yo`lga qo`yish kerak bo`ladi.Psixologik tashxis ta`lim muassasalaridagi mutaxasisning ish faoliyatida mo`ljal olishga va psixologik xizmatning boshqa turlari bo`yicha chora tadbirlarni belgilashga yordam beradi.Buning uchun psixologik tashxisni to`g`ri tashkil eta olish kerak.Psixologik tashxis yoki psixologik testlarni joriy etish bir asrdan ko`proq tarixiy davrga ega.Chunki, ilk psixologik tashxis vositalari ham ta`lim muammolariga qaratilganligi bois (fransuz psixologlari Beni Simonning “aqliy yoshni aniqlash” shkalasi) u insonning tarixiy taraqiyotning keyingi bosqichlarida yangidan yangi tashxis vositalariga zarurat sezmoqda.Ta`limda psixologik tashxisni joriy etishning murakkab va nozik tomonlari bor. Hozirgi kunda ta`lim tizimida psixologik xizmatni yo`lga qo`yishda amaliyotchi psixologlar tayyorlashga aloxida etibor berilmoqda.Ularning mutaxasis sifatida tayyorgarlik darajasi psixologik xizmatni, xususan, psixologik tashxisni tashkil etishga yetarlicha tasir ko`rsatadi.Talim muassasalarida zexn testlar(entiliktual testlar) dan foydalanish eng nozik masalalardan biri sanaladi. Bunday testlardan foydalanish mavjud variantlarni to`g`ridan to`g`ri tadbiq etish emas, ularning qo`yilgan maqsadni baxolashga yordam berishini tekshirish lozim va so`ngra qo`llash maqsadga muvofiq.Aynan o`quvchining aqliy saloxuyatini yoki o`qituvchini shaxsiy xususiyatlarini tashxis etish zamirida katta mano bor. Ushbu ma`no o`zining xaqiqiy timsolini hosil qila olishi psixologik xizmat ko`rsatayotgan mutaxasisning salohiyatiga bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |