- Oila jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy tayanchi hisoblanadi. Inson oilada dunyoga keladi, undagi urf-odat, an’analarni, umuminsoniy qadriyatlarni oʻzlashtiradi va dunyoqarashi shakllanadi. Nikoh va oila munosabatlari ijtimoiy masala sifatida hamma davrlarda olimlar diqqat markazida boʻlib kelgan. Oila turli oʻziga xos qator xarakteristikalar (tarkibning geterogenligi, insonni oilaga kiritilganligining totalligi, polifunksionallik va hokazo)ni egallovchi kichik guruhning alohida turi sifatida bola shaxsini shakllantiradigan birlamchi ijtimoiy tizim sifatida ijtimoiy tajriba, ijtimoiy xulq-atvor koʻnikmalariga ega boʻladigan ilk ijtimoiy institut hisoblanadi [6]. Oila nafaqat individ xulq-atvorini shakllantiradi va belgilaydi, balki hayot davomida sezilarli darajada saqlanib qoladigan xulqatvorning emotsional rejasini va tuzilishini toʻplaydi, shu bilan birga har bir aniq davrda xulq-atvorga oʻzgaruvchan ta’sir koʻrsatadi [7]. S.I.Golod oilaning 3 ta tarixiy tipini ajratib koʻrsatadi: patriarxal (an’anaviy), detotsentrik (zamonaviy), er-xotinlik (zamonaviydan keyingi) [14]. Oilaning patriarxal tipi 2 ta asosiy tamoyilga asoslanadi: qat’iy jins – yosh subordinatsiyasi hamda oila hayotiy faoliyati tsiklining barcha bosqichlarida shaxsiy tanlash xususiyatining yoʻqligi.
- Psixologik moslashuv xulq-atvor strategiyalari, ularning kengayishi va sifatining oʻzgarishida namoyon boʻladigan muhim oʻrin almashinishidan iborat; individ faoliyatining ustun boʻlgan konteksti yoki atrof-muhit bilan oʻzaro ta’sir qilishdan qisman yoki toʻliq voz kechishda namoyon boʻladigan xulq-atvor strategiyalarining torayishi doirasida namoyon boʻladi. Ijtimoiy moslashuv mavjud ijtimoiy strategiyalarni samarali qoʻllash va sifatiy yangiliklarni ishlab chiqishda, individ yashash faoliyatining umumiy oshishi bilan ifodalanadigan kasbiy va individual faoliyat sohalarini kengaytirishda oʻz aksini topadi. Moslashuvning psixologik jabhasi sotsiumdagi normalar va qadriyatlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ularga asosan oʻzaro ta’sir, shuningdek, insonning atrofdagi odamlar bilan muomalasi va aktiv faoliyati kiritiladi. Oilaga moslashuv yuqoridagi komponentlarni oʻz ichiga olgan holda oilaviy hayot bilan tanishuv, asta-sekin unga kirish jarayoni sifatida boshlanadi. L.B.Shneyder fikricha, bu davr nihoyatda qiyin kechadi, shunki u nafaqat muomala va faoliyatning qayta qurilishini, balki yosh er-xotinlar shaxsining oʻzgarishini, ulardagi ehtiyojmotivatsion sohaning qayta qurilishini, oʻzini oʻzi anglashning yangi darajasini shakllantirishni, ijtimoiy muhit bilan yangi aloqalar oʻrnatishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |