Orfoepik talaffuz me’yorlari qanday shakllanadi?


Download 16.11 Kb.
Sana19.07.2023
Hajmi16.11 Kb.
#1660999
Bog'liq
Orfoepik talaffuz me2


Orfoepik talaffuz me’yorlari qanday shakllanadi?
Orfoepiya so'zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o'zak va qo'shimchalardan iborat so'/ formalarini to'g'ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo'limi ham orfoepiya deyiladi.
Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi — jonli tildagi turlicha talaffuz ko'rinishlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.. Masalan, o'zbek shevalarida bir so'z turlicha talaffuz qilinadi: yo'q-jo'q, ko‘z-go‘z, ota-ata, aka-oka, anor-onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo'shimchasi shevalarda -yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shakllarida qo'llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan. To'g'ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatli.


Orfoepik me’zoning buzilishiga nimalar sabab bo’ladi?
Darhaqiqat, davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va me’yorlashuviga ta’siri sezilarli bo’lishi mumkin. Buni sobiq Ittifoq hududida yashovchi xalqlar tillariga bo’lgan munosabatdan ham anglasak bo’ladi. «Rus tili – ikkinchi ona tilimiz» degan sun’iy shior bir asrga yaqin vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan tilimizga rus yoki u orqali boshqa tillardan so’z qabul qilish va ularning me’yorlashib borishini ta’minladi. Biz hyech ikkilanmasdan, xuddi shunday bo’lishi kerakdek, absolyut, avangard, avantyura, avariya, avtobiografiya, avtonom, avtor, agitator, agressiv, agressor, aktiv, aktual, alfavit, alyans, amnistiya, anonim, arbitr, aristokrat, aristokratiya, arsenal, arxaik, ataka, attestat, auditoriya, aforizm singari so’zlarni qo’llayverdik va shunday qo’llashga ko’nikdik. Ularning tilimizda muqobillari yo’qmikan deb o’ylab ko’rmadik. To’g’risi, bunga imkon ham, umumiy oqimdan chetga chiqishning iloji ham yo’q edi. Loqaydligimiz esa bunga ko’maklashdi.
Rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o’zimiz sezmagan holda o’z so’zlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik. O’nta sigir, o’nta qo’y deyish mumkin bo’lgani holda o’n bosh qo’y, o’n bosh sigir, o’n bosh qoramol deb ishlata boshladik. Bu ruscha matnlardagi «desyat golov oves», «desyat golov korova» degan birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi oddiy sovliq, qora mol, uloq so’zlarini unuta boshladik. Ularni rus tilidan kalkalab, ona qo’y (ovsematok), ona tovuq, ona cho’chqa, ona quyon, ona biya, yirik shoxli qoramol (krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy skot) tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo’ldiki, oddiy o’zbek chorvadorlarimizning, cho’ponu molboqarlarimizning o’zlari ham gazeta yoki radiodan muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan bo’ldilar.
Download 16.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling