Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang
Download 0.58 Mb.
|
o\'zbek tili javob
3-Nutqning mantiqiyligi.
Mantiqiy nutq deb yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqqa aytiladi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to`g`rilik va aniqlik bilan chambarchas bog`liqdir. Grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun noto`g`ri tanlangan lug`aviy birlik ham mantiqiylikni buzadi. Mantiqiy izchillkining buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba’zan, umuman, anglashmasligiga olib kelishi mumkin. Nutqning mantiqiy buzilishi, eng avvalo, so`zlovchi va yozuvchining tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bog`liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki tafakkur hodisasi ham sanaladi. Bunda mavzu bo`yicha mavjud bilim asosida mulohaza yurgizish diqqatga sazovordir. So`zlarning o`zi ifodalanayotgan narsa-hodisalarga mos ravishda fikrning aniq ifodalanishi narsa mantiqiyligi bo`lsa, soz birikmalari, gaplar, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo`ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir. Mantiqiylik shartlari: tushunchalar mantiqiyligiga rioya qilish; uslubiy me’yorga amal qilish; leksik-semantik va sintaktik me’yorga rioya qilish. Mantiqiyligiga putur yetgan gaplarga misollar: Olti oylik davlatga sut sotish rejasi bajarildi. U bir kitobga 5 so`mdan qo`yib sotmoqda. Akulalar tirik bola tug`adi. Erkak paypoqlar narxi 30 foizga arzonlashdi. O`qituvchi nutqining mantiqiyligi. Nutqda bayon etilgan fikrning qismlari va alohida fikrning o`zaro mutanosibligi mantiqiyligi deb yuritiladi. Mantiqli nutqda gaplardan fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan fikrning qismlari hisoblanadi. Ular orasida ziddiyat bo`lmaydi. Mantiqiylik aniqlikka suyanadi. Noaniq nutq mantiqiy bo`la olmaydi. Nutqda mantiqlikka erishish uchun unda qo`llangan so`zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bo`lishi lozim. So`zlar qat’iy aniqlikda qo`llanganda ham mantiqlik buzilishi mumkin, chunki aniqlik leksik nutq bilan mantiqiylik sintaktik qurilishi bilan bog`langandir. Mantiqiylikning predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi deb ikkiga ajratish mumkin. Predmet mantiqiyligi nutqda til birliklarining o`zaro ichki munosabatlari mosligidan iborat. Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishi hamda bu tuzilishning nutqdagi til belgilari ma’no aloqalaridan iborat. Mantiqiylikni ta’minlash 2 shartga asoslanadi. Birinchisi, ekstrolingvistik shart. Bu shart to`g`ri mulohaza qilishning normalari va printsiplarini egallashni 24. “Sport – sog’lik va shuhrat” mavzusida ijodiy ish yozing Sport (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi. Sportning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik ; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi sport — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar sport i eng yaxshi sport kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi. Taraqqiyot jarayonida sport jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Sport dustona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional sport rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi. Sport turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy sport turlari va xalqaro sport turlari. Milliy sport turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosidarivojlangan. Xalqaro sportturlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. Sport bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori sport koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling