Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang


Download 0.58 Mb.
bet34/37
Sana14.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1772509
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
o\'zbek tili javob

Monolog, dialog, pologog.  Monologik, dialogik va polologik nutq bir-biridan nutqiy vaziyatning asosini tashkil etuvchi tuzilish jihatidan farq qiladi. Tuzilish va nutqiy holatdagi tafovutlar nutq aktidagi ishtirokchilar o'rtasida rollarni taqsimlash bilan belgilanadi.
32.Zamonaviy ta’lim qanday bo`lishi kerak Yoshlarga zamonaviy o‘qitish texnologiyalari asosida ta’lim – tarbiya berish yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanib, u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni, bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Zamonaviy ta’lim-tarbiya berish samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:
- ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
- malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi darajasi;
- talabalar tayyorgarligi darajasiga;
- kutiladigan natijalar bahosiga;
- didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
- fanlar natijasi va tahliliga.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv dasturlari to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. YA’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Bunda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
o‘qitishni individuallashtirish;
o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;
o‘qitishni jadallashtirish; fanni samarali o‘zlashtirishga erishish
33. Terminologiya – tilshunoslikning eng kichik bo`limi, misollar asosida izohlang
Terminologiya (termin va … logiya)
1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui;
2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Masalan, fizika terminologiyasi, ijtimoiysiyosiy terminologiya, mashinasozlik terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi.
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiya si maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
34. Asos va qoʻshimchalar imlosi
Asosga qo`shilib yangi ma`no hosil qiluvchi qo`shimalar so`z yasovchi qo`shimchalar deyiladi. Mustaqil so`z turkumlari ichida ot, sifat, fe`l, ravish kabilar yasalish xususiyatiga ega. Ana shu so`z turkumlariga oid yasovchi qo`shimchalar asosga qo`shilgan vaqtda ma`lum o`zgarishlarga uchraydi. Bunday holat muayyan imlo qoidalarini ishlab chiqishni talab etadi. “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”da so`z yasovchi qo`shimchalarga oid quyidagi qoida berilgan.
33. Qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z oxiridagi unli o`zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe`llarga -v, -q, -qi qo`shimchasi qo`shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla-saylov, sina-sinov, aya-ayovsiz; so`ra-so`roq, bo`ya-bo`yoq; o`yna-o`ynoqi, sayra-sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan ko`pchilik fe`llarga -v, -q qo`shimchasi qo`shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o`qi – o`quvchi, qazi – qazuvchi, sovi - sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe`llarga -q qo`shimchasi qo`shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og`ri-og`riq, qavi-qaviq kabi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling