Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang


Barqaror birikmalar haqida tushuncha,misollar asosida ifodalang


Download 0.58 Mb.
bet36/37
Sana14.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1772509
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
o\'zbek tili javob

Barqaror birikmalar haqida tushuncha,misollar asosida ifodalang.
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quydagilar:
Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik, Nutqqa tayyor holda olib kirishlik, ma’no butunligi, tuzulishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o’rinli foydalanish nutq go’zalligini taminlaydi.
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko’ra umumiyliknu tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko’ra barqaror birikmalar quydagi guruhlarga bo'linadi
1.Tasviriy ifodalar
2.Iboralar
3.Maqol va matallar
4.Hikmatli so’zlar
Ma`nosi bir so`zga teng keladigan so`zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi.
Masalan:
Тarvuzi qo`ltig`idan tushdi--bo`shashdi
Terisiga sig`may ketdi-- behad sevindi
Iboraning ham so’z kabi shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari mavjud.
Shakldosh iboralar-shaklan bir xil Iboralarning turli ma’nolarni ifodalab kelishi:
Uyni bolalar boshiga ko'tardi.
Dilnoza oyisini boshiga ko’tardi.
Ma`nodosh iboralar- turli shakllarga ega bo`lgan iboralarning bir mazmun-mohiyatni ifodalashi.
Masalan:
toqati toq bo`lmoq- sabr kosasi to`lmoq,
terisiga sig`madi-boshi osmonga yetdi.
Qarama- qarshi ma’noli ibora- bunda iboralar qarama-qarshi ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
Masalan:
ko`kka ko`tarmoq- yerga urmoq, og`zi qulog`ida – qovog`idan qor yog’moq.
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so`roqqa javob bo`ladi va bitta gap bo`lagi vazifasida keladi.
Ular nutqni ta`sirchan, jozibali qiladi.
38. Qo’shib va ajratib yozish.
QO‘SHIB YOZISH Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang va h.k. -r, -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto‘lqin, etektrarra kabi. Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, ToshDPU.
AJRATIB YOZISH Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi. Har, kech, bir, u, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o‘sha joyda, hamma vaqt kabi. Ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon. Eslatma: bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, tang, jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi. Qo‘shma sonlar ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokaz Yildan yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.
39. Rasmiy uslubning qanday ko‘rinishlari mavjud
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlatar boblari o`rtasidagi diplomatic munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi.
Hujjatlar maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinganda ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra sodda hujjatlar– muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi. Murakkab hujjatlar– ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiynamunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy xujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling