Rasmiy uslub
Download 92.5 Kb.
|
27-mavzu- Rasmiy-idoraviy uslub va uning qo‘llanilish sohalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namunaviy hujjatlar
- Xizmat hujjatlari
27-mavzu: Rasmiy-idoraviy uslub va uning qo‘llanilish sohalari RASMIY USLUB Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlatar boblari o`rtasidagi diplomatic munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi. Hujjatlar maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinganda ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra sodda hujjatlar– muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi. Murakkab hujjatlar– ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy xujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida bosma va qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha―yozmoq emas,balki―to‘ldirmoq so‘zi ishlatiladi. Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatidan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.). Ma’muriy-boshqaruv faoliyatidagi xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasnif qilingan: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari. Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling