Rasmiy uslub


Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari


Download 92.5 Kb.
bet14/15
Sana20.09.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1683182
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
27-mavzu- Rasmiy-idoraviy uslub va uning qo‘llanilish sohalari

Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi(Tavsiyanoma).

  1. Matn.

  1. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi.

  1. Imzo

  1. Sana.



Namuna

Davlat mukofotiga nomzod
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Tarmoq markazi direktori Aripov Yunus Yusufovichga
T A V S I YA N O M A
Mukofotlanmagan.
Mehnat staji 22 yil. Mazkur vazifada 2013- yildan ishlamoqda.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yengil atletika sport turi bo‘yicha Milliy toifadagi sport hakam.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasining 2013- yil 27- iyundagi QT 000079 - sonli qaroriga binoan, Yu.Aripovga Boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash fakulteti “Davlat boshqaruvi“ yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun diplom berilgan.
2000- yilda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tashkil etilgan dastlabki, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan o‘quvchi-yoshlarning 1-Respublika ommaviy sport musobaqalari, 2003- yilda Andijon shahrida o‘tkazilgan “Barkamol avlod”, 2004- yilda Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Universiada”, 2005- yilda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Barkamol avlod”, 2006- yilda Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqalarida tashkiliy shtab tarkibida ma’sul kotib, hakamlar hay’ati tarkibida esa bosh hakam o‘rinbosari vazifalarini bajargan.
Yu.Aripov bir qator ilmiy-uslubiy maqolalar “Yengil atletika sport turini o‘rgatish uslubiyati” (Olimpiya zahiralari kollejlari uchun) o‘quv dasturi, “Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiyati asoslari” (o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari uchun) o‘quv qo‘llanma, “Yengil atletika” (bolalar o‘smirlar sport maktablari va maxsus olimpiya zahiralar sport maktablari uchun) o‘quv uslubiy qo‘llanma, “Chaqiriqqacha yoshlarni jismoniy tayyorgarligi” (chaqiriqqacha yoshlar uchun) o‘quv uslubiy qo‘llanma, “Pedagogik mahorat” (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining kasbiy ta’lim mutaxassasligida ta’lim olayotgan bakalavriat, malaka oshirish tinglovchilari, o‘qituvchi-murabbiylar, sportchi-yo‘riqchilar va jismoniy tarbiya va sport mutaxassislariga uchun mo‘ljallangan) o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni, oliy attestasiya komissiyaisi ro‘yxatidan o‘tgan jurnallarda 7 dan ortiq ilmiy maqolalarni chop etgan hamda ko‘pgina respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
Yu.Aripov doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish, siyosiy va ilmiy dunyoqarashini kamol toptirish ustida ishlaydi. Mas’uliyatli, xushmuomalali va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.
Tashabbuskor, ezgu maqsadlar sari intiluvchan, to‘g‘ri so‘z, mehnatsevar, ma’naviy yetuk pedagog sifatida jamoada hurmatga sazovor.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling