Тарихий ўлкашунослик ва урбанизация жараенлари


Download 119.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi119.19 Kb.
#221454
  1   2   3   4
Bog'liq
Тарихий ўлка ва урбаниз Тарих 4 курс Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni



Личный кабинет

/

Мои курсы



/

 

Тарихий ўлкашунослик ва урбанизация жараенлари (Тарих, 7 семестр)



/

 

Тема 13



/

 

Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni



Тарихий ўлкашунослик ва урбанизация жараенлари

(Тарих, 7 семестр)

Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni

Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni

13-mavzu:  Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni 2 soat

Reja:

1. Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar. Turkistonda tashkil etilgan ilk



muzeylar faoliyati.

2. O‘zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati.

3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylar va ularning

faoliyati.

4.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1998 yil 12 yanvarda qabul



qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi

Farmoni. «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonun va qarorlarning qabul qilinishi va uning

ahamiyati.  

 

                O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy, ilmiy va madaniy oqartuv



muassasaga aylanib qolgan muzeyning o`rni va ahamiyati benihoya kattadir.

Yig’ilgan, saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil

etadi va ular muzey ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi.  O`zbekiston

xalqlari tarixi muzeyi Turkistonning mashhur olimlari va ommaviy arboblari 

bevosita rahbarligi va yordamida 1876 yilda tashkil etilgan. O`zbekiston

madaniyat va san`at tarixiy muzeyi 1896 yil 21 iyunda Samarqand shahrida

ochilgan. Muzey 1911 yilgacha Samarqand 

statistika

 SSO muzeyi, 1918 yilgacha

Samarqand shahar muzeyi, 1930 yilgacha Samarqand viloyat muzeyi, so`ngra

O`zbekiston markaziy davlat muzeyi, 1930-37 yillargacha Samarqand viloyat

tarixiy o`lkashunoslik muzeyi, 1937-45 yillarda O`zbekiston xalqlari madaniyati

respublika muzeyi deb nom olgan. O`zbekiston madaniyat va san`at tarixi

respublika muzeyiga 1968 yilda A. Ikromov nomi berildi. Muzeyda o`zbek

xalqining eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo`lgan madaniyati haqida

hikoya qiluvchi nodir eksponatlar bor. O`zbekiston DSM 1898 yil aprelda O`rta

Osiyoda ilk tashkil etilgan badiiy muzey bo`lib, Toshkentda yashagan knyaz’



N.K.Romanovskiyning saroydagi 

shaxs


iy kollektsiyasi zaminida vujudga kelgan,

keyin esa xalq universiteti muzeyi, keyinroq Toshkent markaziy badiiy muzeyi

deb nomlangan. Muzey fondining katta qismini O`zbekiston tasviriy san`at

asarlari tashkil qiladi. Shuningdek, muzeyda Rossiya, Italiya, Ispaniya,

Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya. Gollandiya, Frantsiya, Angliya rassomlari

asarlari, haykaltaroshlik. grafika, amaliy san`at namunalari qatorida Sharq

san`ati (Hind, Yapon, Xitoy, V’etnam) namunalari ham bor. O`zbekistonda tabiat

muzeyi 1876 yil 12 iyulda  ochilgan. 1918 ilga qadar Toshkent muzeyi, 1921

yilgacha Turkiston xalq muzeyi, 1922 yilgacha O`rta Osiyo muzeyi, 1935 yilgacha

O`rta Osiyo tabiat muzeyi deb atalgan. 1935 yil iyundan hozirgi nomi bilan

ataladi. Zoologiya, botanika, geologiya va madaniy oqartuv bo`limlari bor.

Muzeyda 400 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. 1979 yildan muzey

o`lkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini

olib boradi.  Respublikamiz hududida 3 xil tipdagi muzeylar mavjud bo`lib,

birinchi tipdagi muzeylarga ilmiy tadqiqot, madaniy oqartuv ishlari olib

boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o`zida tadqiqot va madaniy

oqartuv hamda ta`lim tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi tipdagi

muzeylarga faqat bir yoqlama ilmiy tadqiqot olib boradigan, muzey

laboratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (O`zFA qoshidagi Bakte

rol


ogiya

va mineralogiya instituti) kiradi. Uchinchi tipdagi muzeylarga faqat o`quv

tipidagi muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o`quv jarayonini

yaxshilashdan iborat. Muzey tiplari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan

kollektsiya fondlarining harakteriga va ular faoliyatining yo`nalishiga bog’liqdir.

Shuningdek, turli fan sohalariga tegishli bo`lgan muzeylar ham bor. Bu muzeylar

orasida ko`proq ma`lum bo`lganlari yoki faqat o`sha soha mutaxassislariga

ravshan ma`lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud.1876 yil 12

iyulda A.P. Fel’menko, V.F. Oshanin, L.A. Maev kabi rus olimlari tashabbusi bilan

o`lkamizdagi eng keksa ilmiy va madaniy oqartuv muassasalaridan biri hozirgi

O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ochildi. Dastlab Turkiston o`lkasi tabiati,

zoologiyasi, yer osti boyliklari hamda O`zbekiston xalqlari etnografiyasiga oid

rus va o`zbek kolleksionerlari to`plagan kolleksiyalardan tashkil topgan. 1883

yilda muzey xalq kutubxonasi bilan birlashtirilgan. 1918 yil 1 iyuldan boshlab

muzey xalq kutubxonasiga aylantirilgan. 1970 yil muzeyga Oybek nomi berilgan.

15000 dan ortiq eksponat, muzey kutubxonasida 16000 dan ortiq asar saqlanadi.

Muzey bo`limlaridagi eksponatlar 1890 yil Turkiston qishloq xo`jaligi

ko`rgazmasida, 1900 yili Parij xalqaro ko`rgazmasida namoyish etilgan.

Muzeyning etnografiya kollektsiyasi 1906 yilda Milan xalqaro ko`rgazmasiga

yuborildi. Muzey  arxeologiya xarakterdagi 54 mingdan ortiq predmetga, 50 ming

tanga, medal 

belgi


laridan iborat bo`lgan numizmatika, etnografiya bo`yicha 12

ming eksponatdan iborat fondlarga ega. Muzey faqat O`zbekistongagina emas,

balki turli davrlarda Turkiston o`lkasi tarkibida bo`lgan Tojikiston, Qirg’iziston

tarixiga oid materiallar ham saqlanadi. Muzeyda asosan materiallarning asl




nusxalari, shuningdek, badiiy va grafik tasvirlar, diagrammalar, rasmlar

qo`yilgan eksponatlar orasida noyob narsalar ko`p. Muzey 1967 yilda XIX

asrning yodgorliklaridan biri hisoblangan binoga ko`chdi. Muzey materiallari

o`lkamizdagi qadim zamonlarda yaratilgan eng noyob yodgorliklar va keyingi

davrlarda qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish, keng mehnatkash

ommani, shu jumladan, o`quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida

tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Yodgorliklar mafkura ishining ta`sirchan

vositasidir. Bu yodgorliklar ko`z o`ngimizda, ularni istagan vaqtda borib qurish

mumkin, binobarin, har bir yodgorlikka e`tibor berilishi, u yaxshi holatda

saqlanishi lozim. Bu ishga ko`proq maktablarda o`lkashunoslik ishini olib

boruvchi rahbar, tarix, geografiya o`qituvchilari jalb qilinmog’i zarur.

Mustaqillik yillarda muzeylarga bo’lgan e`tibor va talab oshib bormoqda. Bu

albatta, muzeylarning ijtimoiy vazifalari bilan bog’liq. O’zbekiston hududida

mavjud muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalqning

ma`naviy-

axloq


iy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib

kelinayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi,

noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga

olib chiqish va targ’ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixorni,

istiqlol va Vatanga hurmat, sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng

foydalanish, muzeylarning zamon talabiga mos yuqori malakali mutaxassislar

bilan ta`minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon

muzeyshunosligi tajribalarini qo’llashga zarur shart-sharoitlar yaratishdan

iborat. Yana shu qatorda muzeylarni internet tizimi bilan bog’lash va ilmiy

jihatdan markaz bo’lishdir.Respublikamiz prezidentining "muzeylar faoliyatini

tubdan  yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida"gi 1998-yil 12-yanvardagi

farmoni muzeylar va muzey xodimlarining  hayotida katta burilish nuqtasi

bo’ldi.Mamlakatimiz hududidagi mavjud bo’lgan muzeylar tizimini yanada

takomillashtirish, ularni xalqning ma`naviy-

axloq

iy  kamolotida tutgan o’rnini



yanada oshirish maqsadida "O’zbek muzey" Respublika jamg’armasi tuzildi.

Bunga qo’shimcha yana O’zbekiston  Vazirlar mahkamasining 1998-yil 5-martdagi

"Muzeylar faoliyatini tubdan qo’llab quvvatlash masalalari  to’grisida"gi  qarori

"O’zbek  muzey"ga  O’zbekiston muzeylariga har tomonlama yordam ko’rsatish

vazifasini topshirdi. Ushbu qarorda mamlakat muzeylarini ta`mirlash zarur

texnik va zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlash hamda mablag’ bilan

ta`minlash vazifalari yuklatilgan.Tarmoq - muzeylar faoliyati yo’nalishini ishlab

chiqarish, fan, san`atning biror tarmog’iga tegishli bo’lishidir. Mustaqillik

yillarida bu muzey tarmoqlariga e`tibor beradigan bo’lsak, prezidentimiz

qaroridan so’ng yildan yilga rivojlanib, takomillashib bormoqda.Muzeylarning

to’plovchilik va noshirlik faoliyati ham rivojlanib o’smoqda. Muzeylarning

to’plovchilik faoliyatiga ilmiy etnografik, arxeologik izlanishlar natijasida 

topilgan ilmiy asarlar qo’lyozmalarni yig’ish va shular asosida muzeylardagi



topilgan ilmiy asarlar, qo lyozmalarni yig ish va shular asosida muzeylardagi

imkoniyat darajasida muzey xodimlarining maqolalari bilan chiqish. Bundan

tashqari respublika miqiyosida muzeylar faoliyatini maxsus jurnallarda yoritib

borish va nashiryotlarda, bukletlar, plakatlar chiqarish, ko’rgazmalar tashkil

etish va uslubiy kitoblarda yoritib borish va boshqa ko’plab ishlarni amalga

oshiridan iboratdir.Tarmoq, bu muzeylar faoliyatini yo’nalishi ya`ni ilmiy

tadqiqot, fond ishlari, ko’rgazmalar tashkil etishdir.Ilmiy tadqiqot ishlari o’lkani

o’rganish, san`ati, tarixi, adabiyoti to’g’risida ma`lumotlar yig’ish, ilmiy nashrlar

chiqarish, etnografik, arxeologik ilmiy tadqiqotlar olib borish.Fond  ish muzey

predmetlarini yig’ish, tadqiq qilish, ilmiy  kartochkalar, kataloglar, turli

universal-kartochkalar, doimiy ko’rgazmalar, ko’chma ko’rgazmalar tashkil

etish.Muzey vazifasiga ko’ra ilmiy tadqiqot, ma`rifat, tadqiqot  va o’quv

muzeylariga, yo’nalishi va kollektsiyalariga qarab, tarmoq, o’lkashunoslik va

me`morial muzeylarga bo’linadi. Tarmoq muzeyda ishlab chiqarish, fan,

san`atning biror tarmog’iga tegishli bo’ladi (masalan, tarix muzeylari, zoologiya

muzeylari). O’lkashunoslik muzeylari muayyan ma`muriy territoriyaning tabiati,

tarixi, xo’jaligi, san`ati, etnografiyasi va boshqa sohalarni kompleks aks ettiradi.

Memorial muzeylar muhim tarixiy voqealar, atoqli arboblarga

bag’ishlanadi.Farg’ona o’lkashunoslik muzeyning bugungi kunda tarmoqlari

viloyatimizning turli tumanlarida mavjud.




Download 119.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling