Тарихий ўлкашунослик ва урбанизация жараенлари
"Hamza Hakimzoda Niyoziy muzeyi" - Shoximardon qishlog’ida 1957 yilda ochilgan. 2
Download 119.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Тарихий ўлка ва урбаниз Тарих 4 курс Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni
1."Hamza Hakimzoda Niyoziy muzeyi" - Shoximardon qishlog’ida 1957 yilda
ochilgan. 2."Usmon Yusupovning memorial muzeyi" Kaptarxona qishlog’ida 1974 yilda ochilgan. 3."Yo’ldosh Oxunboboev memorial muzeyi" Marg’ilon shahrida 1964 yilda ochilgan. 4.Yaypan shahridagi "O’zbekiston tumani tarixi muzeyi " 1984 yil ochilgan. 5."Adabiyot va san`at muzeyi" Marg’ilon shahrida 1989 yilda ochilgan. 6.Uchko’prik tumanidagi "Ziyovutdin Xaziniy uy muzeyi " 1997 yilda ochilgan. 7.Oltiariq tumani "Tarix muzeyi" 2000 yilda ochilgan. Biz bu tarmoqlar faoliyatiga nazar tashlasak, Prezidentimiz farmoni, Vazirlar Mahkamasini qarori va viloyat hokimiyatining qarori bu tarmoqlar yaxshilanib, takommillashib, rivojlanib borishiga turtki bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.Madaniyat va xalq ta`limini vazirliklari tarkibida muzeylar bo’lishi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi madaniyat uchoqlari hisoblanadi. Bularga shon-shuhrat muzeylari, o’lka tarixi, mehnat faxriylari asori atiqalari, Buyuk siymolar tarixi, o’lka tarixidan hikoya qiluvchi asori atiqalardan iborat.Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar korxonalar qurilish tashkilotlari qishloq jamoa boshqaruv muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq jamoa boshqaruv xo’jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta`limi tizimida 1200 dan ortiq muzeylar mavjud bo’lib, ularni eng yiriklari poytaxtda joylashgan.Shu bilan birga o’nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san`at arboblarining uy muzeylari mavjuddir. Bu muzeylar xalqimizni uzoq tarixdan hikoya qiluvchi, muzeydan sado beruvchi ma`naviyat maskanlari bo’lib, milliy mafkura va tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g’urur va iftixorni yuksaltirishda ulug’ qadamlar bo’lib qolmoqda.Har bir millatni shakllanish tarixi, u bilan bog’liq siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi muzeylar umumxalq muzeylari hisoblanadi. Xorazmdagi Ichan qal`a, Buxoro arki umumxalq muzeylariga misol bo’ladi.1996 yilining 18 oktyabr' kuni mamlakatimiz poytaxti qadimiy Toshkentning qoq markazida Tong saharda qur`on tilovati olis-olislarga taraldi. Ulug’ bobokalonimiz buyuk davlat arbobi va engilmas sarkarda Amir Temur yodi xotirasiga atab sharq milliy me`morchiligining noyob va mo’jizaviy namunasi bunyod etilib, Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali ochilishi mamlakatimiz tarixini o’rganishga bo’lgan e`tiborni kuchaytirdi.Muzeyning ochilish marosimida Prezidentn so’zlagan nutqida shunday deyiladi. "Mamlakatimiz istiqlolga erishgach "Amir Temur shaxs
i yana vatan va millat timsoliga aylanganini istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida buyuk zot ruhi birga hamrohu-hamnafas bo’lib borayotganini ta`kidladi va o’z fikrini davom ettirib, "Buyuk
shaxs larni tarix yaratadi", deydilar. Bunga qo’shimcha qilib sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko’zgusidan o’tkazib, buyuk buyuk shaxs
larni millat qayg’usidan o’tkazib, xalq dardi yaratadi",-dedi.Temuriylar tarixi davlat muzeyi me`moriy jihatdan juda mukammal muxtasham inshootdir. Bu avvalo bobokalonimizning mavjud shavkatiga, dunyoviy obro’- e`tiboriga va daholigiga munosib bo’lsa, ikkinchi tomondan, temuriylar bugungi avlodining bunyodkorlik qudratidan, nozik didi, beqiyos iste`dodi va xayolotining cheksizligidan dalolat beradi. Yana uning ahamiyati Temur va temuriylar davlatini yanada yaxshiroq o’rganish, uni xayotga tadbiq etish va milliy tariximizni xaqqoniy tarixini yoritishda ahamiyati juda kattadir. Bugungi kunda bu muzey ilmiy markazga aylangan.Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi qarori "O’zbek muzey" jamg’armasiga, O’zbekiston muzeylar jamoatchilik kengashining Xalqaro muzeylar Kengashi IKOMga a`zo bo’lganligini hisobga olib, O’zbekiston muzeylariga har tomonlama yordam berish vazifasini topshirdi. O’zbek muzeylari dunyoning ko’plab ko’zga ko’ringan mamlakatlari bilan ya`ni Angliya, Amerika, Italiya, Frantsiya, Germaniya muzeylari bilan hamkorlikda faoliyat olib borib, yo’l ko’rsatkichlar, bukletlar va kataloglar nashr qilinib hamda ko’rgazmalar tashkil etilmoqda. Bizning Farg’ona O’lkashunoslik muzeyi ko’plab mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqda, jumladan Yaponiya etnografiya muzey bilan hamkorlikda Farg’onaning qadimgi tarixi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Muzey xodimlari ilmiy
markazda o’qish uchun Yaponiyaga taklif etilmoqda. Bundan tashqari Rossiya davlat ermitaji, Sankt-Petrburgdagi Rossiya Davlat etnografiya muzeyi, Respublikamizda esa O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya Instituti, O’zbekiston Xalqlari tarixi muzeylari bilan doimiy aloqalar olib boriladi. Muzeylarni tarix ko‘zgusiga qiyoslashadi.Ular nafaqat o‘tmishni muayyan darajada aks ettiruvchi oyina, balki o‘zidagi mavjud ma’lumot – materiallar asosida mamlakatimizda kechayotgan bugungi o‘zgarish jarayonlari haqidagi tasavvurlarimizni yaqqolroq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladigan tabarruk dargohlardir. Muzeylarni qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak,muzeylar (yunoncha musion – muzalarga bag‘ishlangan joy, muzeylarning dastlabki vatani Qadimgi Yunoniston bo‘lib, bu erdagi Gelikon tog‘i atrofida muzalarga bag‘ishlab har besh yilda bir marta bayramlar o‘tkazilib, unda shoirlar,rassomlar va haykaltaroshlarning o‘zaro musobaqalari bo‘lib turgan.”O‘ljaeva Sh, Muzeyshunoslik, T,”Universitet”,2002 yil”) – tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy – ma’rifiy muassasalar hisoblanadi.Muzeylarda, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at
asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar), raqamli ma’lumotlar, diagramma, jadvallar,foto tasvir, fono yozuv va xronik kinofilьm kabi narsalar saqlanadi. Muzeylar – moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini, shuningdek tabiat va insoniyat jamiyat i taraqqiyoti haqidagi bilimlarning ilk manbalari hisoblanadigan tabiiy – tarixiy kollektsiyalarni to‘plash, saqlash, o‘rganish, ko‘rgazma qilish va ommaga etkazish bilan shug‘ullanadi. Biz muzeyga madaniy – tarixiy, tabiiy – ilmiy qadriyatlarni yig‘uvchi va ular haqidagi ma’lumotlarni muzey ashyolari vositasida targ‘ib qiluvchi ijtimoiy institut deb xam qaraymiz. Muzeylarni boshqa institutlardan farqlantirib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari bor.Masalan,arxiv kabi ma’lum davrga tegishli xujjatlar bilan shug‘ullanish,kutubxonalar kabi ma’lum informatsiyalarni etkazib berish bu institut zimmasiga kirmaydi. Uning zimmasiga saqlash, tadqiqotchilik, o‘quv – tarbiyaviy masalalar kirishi bilan birga qisqa vaqt ichida uzluksiz tarixni yoritib bera olishdek mas’uliyatli vazifa yuklangan. Shuningdek madaniy hordiq chiqarish muassasasi sifatida ham boshqa institutlardan farqlanib turadi. Demak,muzey ijtimoiy talab – ehtiyojni qondirishga, tarixiy xotirani hujjat daliliy ma’lumotlar asosida jonlantirishga, kishilarga estetik zavq bag‘ishlashga xizmat qiladi. Muzeylar o‘z faoliyatining xususiyatiga ko‘ra ilmiy – tadqiqot va ilmiy – ma’rifiy muassasalar hamdir. Ilmiy – tadqiqot muassasasi sifatida muzeylar
y y q q y madaniyat va tabiiy – tarix yodgorliklarini, shuningdek, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar bo‘yicha boshqa ilk manbalarni to‘playdi, o‘rganadi va saqlaydi. Ilmiy – ma’rifiy muassasalar sifatida esa muzeylar o‘zlarining tadqiqot ishlari natijalarini ko‘rgazma va nashr qilish singari ilmiy – ma’rifiy faoliyatlarida namoyish qiladilar. Endi muzey predmeti tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bu masalaga olimlar XVII asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishgan. I.D. Mayorning urinishlari bunga misol bo‘la oladi.U muzeyda saqlanadigan predmetlarga real, to‘la, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan. XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, muzeylarda saqlanayotgan predmetlarga ko‘proq turli fanlarning manbalari sifatida san’at
asarlari, tabiat parchalari sifatida qarala boshlandi. Bularning barchasini umumlashtiruvchi “kollektsion predmet” degan tushuncha paydo bo‘ladi. Hozirgi paytda muzey predmeti deganda asl nushadagi hujjat ahamiyatga ega bo‘lgan va muzey sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi yoki tabiatga aloqador narsalarning namunalari tushuniladi.Demak, muzey predmeti – bu real voqelikdan ajratib olingan, muzey ahamiyatiga ega bo‘lgan, muzey to‘plamiga kiritilgan va uzoq vaqt saqlanishi mumkin bo‘lgan narsalardir. U ijtimoiy yoki tabiiy – ilmiy axborotlarni tashuvchi bilimlar va ruhiy kechinmalarning asl manbai, madaniy – tarixiy boylik – milliy mulkning bir bo‘lagi hisoblanadi. Ba’zi predmetlar moddiy ishlab chiqarish asnosida paydo bo‘ladi.Bular ashyoviy manbalar hisoblanib,bizning tilda moddiy madaniyat yodgorligi deyiladi. Ashyoviy manba ishonchli, daliliy bo‘lib, ikkinchi tomondan informatsion imkoniyati cheklangan.ashyoviy manba - mavhum tushunchalarni ifodalamaydi.Hatto muzey ashyolaridan tangani olsak ham uni ahamiyati aniq. Boshqa manbalar – yozma, tasviriy, fonoyozuvlar orqali keng tushunchaga ega bo‘lamiz.Tasvirda sezgi orqali tushuniladigan rang konfiguratsiyalar mavjud. Bular semiotikada tasviriy manba deyiladi. Ulardagi ashyosi formasi, rangi aniq ko‘rinadi.Semiotika buni ikonik manbalar deydi. Ularga tasviriy san’at asarlari (rasm,grafika,badiiy plakat, haykaltaroshlik) kiradi.Sxematik tasvirga ega bo‘lgan chizmalar, rejalar, kartalar,aniq razmer, geometrik forma to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bera oladigan turga kirib sxematik tasvir deyiladi. Yozma manbalar aniq – ko‘rinishlar orqali emas – belgi – so‘z ramzi bo‘lib xizmat qiladi.Yozma manbalar keng ma’lumot bera oladi. Ularga xronikalar, yilnomalar, qonunchilik hujjatlari, senatistik – dalillar, ilmiy ishlar, noyob kitoblar va boshqalar kiradi. Yozma manbalarni uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq.
1.qonuniy, siyosiy, statistik, olimlar tadqiqotlari va boshqalar. 2 Estetik zavq beruvchi badiiy adabiyot 2.Estetik zavq beruvchi badiiy adabiyot. 3.Publitsistik, memuar,xronika yilnomalari. Fonoyozuv va mikrofilьmlar ham katta ahamiyatga ega. Bu manbalarning eng qadimgisi moddiy manbalar bo‘lib,keyinchalik tasviriy va belgi – ramz natijasida yozuv kelib chiqqan. Ashyoviy, tasviriy, yozma manba har muzeyda bo‘la oladi, fonoyozuv va mikrofilьmlar kam uchraydi. Muzey predmetining qanchalik qimmatga ega ekanligini aniqlashda ularning asl nusxasiga, faktning ilmiy va ijtimoiy ahamiyatiga, ishonchliligiga, hajmiga, isbot
liligiga ,bajarish san’at
iga, estetik xususiyatiga, saqlanish darajasiga e’tibor beriladi.Predmetning qanday materialdan qilinganligi emas, bajarilish san’at
iga qaraladi. Tipli predmetlar – ko‘plab chiqariladigan sanoat ashyosidan olinadi. Yirik muzey predmetlari – kamyob chiqariladi. Muzey predmetlari – ekspozitsiyaning asosiy yadrosi hisoblanadi.Ekspozitsion materiallar bir necha turda bo‘ladi. Muzey predmetlari – madaniy tarixiy yodgorliklarni, barcha tipdagi tarixiy manbalarni, o‘z ichiga olib eksponat rol ini
bajaradi.Bunga fotohujjatlar ham kiradi. Bir yoki bir necha belgi
siningo‘xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir – biriga yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kollektsiyalari deyiladi. Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni kompleks hujjatlashtiradi. Ular moddiy, tasviriy, yozma va fonoyozuv,kinofilьm materiallari tarzida namoyon bo‘ladi. Muzey fondlarini tadqiq etish va ilmiy tarbiyaviy ishlarda ulardan to‘g‘ri foydalanish orqali kishilarda o‘tmish,bugun va kelajak o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik haqidagi tushunchalar ortadi.Muzeydagi materiallar ko‘pincha ekspozitsiya tarzida joylashtiriladi. U ham bo‘lsa, ma’lum bir sohaga tegishli turkum materiallar (eksponatlar) majmuasidan iborat. Tarixiy ekspozitsiyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari shundan iboratki, avvalo kishilarga Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, tarixiy bilimlarni keng targ‘ib qilish, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish, ma’naviy, siyosiy, estetik tarbiyani kuchaytirishdir. Har bir davlatda tarixiy ekspozitsiyalar o‘z tarixi nuqtai nazaridan turlicha bo‘ladi. Muzey ekspozitsiyasining o‘ziga xos xususiyati bor. Birinchidan, unda umumiy voqealar emas, predmetlar asosida ma’lum voqelik yoritiladi, bu esa insonga estetik zavq bag‘ishlaydi. Ikkinchidan,muzey ekspozitsiyasi asosida ilmiy kontseptsiya yotadi.Bu kontseptsiya ekspozitsiyaning g‘oyaviy mazmunini belgi
laydi, muzey yig‘imidagi predmetlarni Tanlash printsiplarini ularni guruhlashni kompozitsiyasini tadqiq qilishni
Tanlash printsiplarini, ularni guruhlashni, kompozitsiyasini, tadqiq qilishni, badiiy echimini topishni o‘rgatadi. Ekspozitsiya kishilarga dam olishda, madaniy hordiq chiqarishda katta rol
ь o‘ynamog‘i lozim. Ekspozitsiyani tuzishda muzey predmeti ekspozitsiya elementiga, ya’ni muzey eksponatiga aylanadi. Muzey ekspozitsiyasi – muzey kommunikatsiyasining asosiy shakli bo‘lib hisoblanadi.Vaqtincha ekspozitsiya – muzey ko‘rgazmasi ham bo‘lishi mumkin.Ko‘rgazmalar – ma’lum siyosiy voqealarga,yubileylarga atab tashkil etiladi.Hozirgi davr to‘g‘risida ma’lumot beradi. Muzey turlari.Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo‘lib,birinchi turdagi muzeylarga ilmiy – tadqiqot va madaniy – ma’rifiy ishlarni olib boradigan muzeylar kirad.Ular bir vaqtning o‘zida ilmiy – tadqiqot va madaniy – ma’rifiy hamda ta’lim – tarbiyaviy ishlarni olib boradi.Ular muzeylarning asosiy qismini tashkil qilib, ba’zan xalq muzeyi yoki ommaviy muzeylar deb ham ataladi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlari olib boradigan muzey labaratoriyalariga ega bo‘lgan maxsus muzeylar (masalan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriyalogik va mineralogiya muzey) kiradi. Uchinchi turdagi muzeylarga faqat o‘quv turidagi muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko‘p jihatdan unda saqlanayotgan kollektsiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yo‘nalishiga bog‘liqdir.Shuningdek, turli fan sohalariga bo‘lingan muzeylar ham bor.Bu muzeylar orasida ko‘proq ma’lum bo‘lganlari yoki faqat o‘sha soha mutaxassisligigagina ravshan bo‘lgan ma’lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud.Masalan,Toshkentdagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini, Tasviriy san’at
muzeyini, Alisher navoiy nomli adabiyot muzeyini, Turkiston Harbiy Okrugi muzeyini, Tabiatshunoslik muzeyini ko‘pchilik omma yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy – tarixiy, memorial, regional, san’at shunoslik, texnik muzeylarini ko‘proq o‘sha soha mutaxassislari biladilar.Bulardan tashqari yana murakkab va kompleks sohali muzeylar ham mavjud.Ular esa memorial, o‘lkashunoslik muzeylari sifatida qayd etiladi.
Download 119.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling