Тарихий ўлкашунослик ва урбанизация жараенлари
O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi
Download 119.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Тарихий ўлка ва урбаниз Тарих 4 курс Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni
2 O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi. O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi –
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining yirik ilmiy – tadqiqot va madaniy – ma’rifiy muassasalaridan biri. 1876 yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan.1883 yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi.Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy – tarix bo‘limlari bo‘lgan (1903 y). 1918 yil Turkiston o‘lka xalq muzeyiga ,1922 yildan Turkiston bosh muzeyiga, 1925 yildan O‘rta Osiyo bosh muzeyiga aylantirildi 1943 yildan O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb
bosh muzeyiga aylantirildi. 1943 yildan O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969 – 1992 yillar Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992 yil 21 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203 – sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. Muzey O‘zbekiston va O‘ra Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy obidalarini saqlash va o‘rganish bo‘yicha mamlakatda yirik ilmiy – tadqiqot markazi hisoblanadi.Hozirgi kunda uning zahirasida 250 mingga yaqin tarixiy, san’at va
madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortig‘ini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortig‘ini etnografiya yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy o‘lkashunoslar o‘tmish bilan qiziquvchi havaskorlardan to‘plangan o‘lka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uy – ro‘zg‘or buyumlari va fotosuratlardan iborat kollektsiyalar ham mavjud.
Arxeologiya fondidi arxeologik yodgoliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uy – ro‘zg‘or buyumlari,mehnat qu rol lari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqa buyumlar saqlanadi. Numizmatika fondida esa eng qadimgi davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining mkhrlari jamlangan. Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat bo‘lib, xalqimizning uy – anjomlari, kiyim – kechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining xamma sohasiga oid ish qu rol
lari va mahsulotlaridan namunalar – har bir etnografik hududning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.Shulardan 10 mingdan ortig‘i o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid bo‘lsa, 6 minggi O‘zbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir. Muzeyning yangi ekspozitsiyasi O‘zbekistonni jahon t sivilizatsiya si taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini, shu bilan birga O‘zbekiston hududidagi tarixiy – madaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlaridan boshlab,hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyotini o‘zida aks ettirgan. Yunon – Baqtriya, Kushon, Ko‘hna Xorazm,Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga sazovor.Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa qabila belgi
lari yoki tamg‘alar zarb qilingan.Muzey ekspozitsiyasida O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan tohiriylar, somoniylar,qoraxoniylar, temuriylar,Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklariga mansub tangalar namoyish etilgan. Muzey arxiv va kutubxonaga ega.Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, alьbom, buklet va turli ko‘rsatkichlar hamda maktab o‘quvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiy – metodik qo‘llanmalar nashr etib kelmoqda.Ular orasida keyingi yillarda nashr etilgan “Temuriylar sulolasining tangalari” (1996 y); “Katalog metallicheskix i g y g g y g keramicheskix izdeliy Uzbekistana XIII – XIX vv” (2000); “O‘zbek milliy kiyimlari” (2002); “Farg‘ona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari” (2003); “Toshkentning yangi shahar qismi tarixi” (2004) kabi nashrlar bor. Muzeyda 4 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodi ishlaydi.2003 yil aprelda muzey qoshida ilmiy – metodik kengash tashkil qilingan. Muzey 1964 yildan 1887 y. qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida faoliyat yurgizgan. 1992 yil apreldan sobiq Lenin binosiga ko‘chib o‘tdi. Mazkur bino (1970, me’mori E. Rozanov, V. Shestopalov va b.) Toshkent shahrining markazida Sharof Rashidov shohko‘chasida joylashgan.Bino murabba tarhli, 20 ta zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2 ming kv.m), ma’ruzalar (500 kv.m) hamda konferentsiya (170 kv.m) zallari, ustaxonalar, fond, ish xonalaridan iborat.An’anaviy panjara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi to‘siqlar oddiy geometrik shakldagi binoga jozibadorlik baxsh etgan; keng yo‘lka (pandus) bino oldi maydoniga olib borib, 2-qavat vestibyuli bilan bog‘lanadi. Bino 1999 – 2003 yillarda qayta ta’mirlandi (me’mor R. Iskandarov va b.), ichki tuzilishi o‘zgartirildi,yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan jihozlandi. Ustaxonalar,fond hamda xodimlarning ish xonalari 1 – qavatda joylashgan.Bino interьeri milliy an’analar da (ganchkorlik – M. Usmonov va b.;yog‘och o‘ymakorligi – Q. Haydarov va b. ) ziynatlangan, ta’mirlash davrida mahobatli devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov, A. Aliqulov) bilan bezatilgan. Download 119.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling