Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish Sportni rivojlantirish
Download 24.62 Kb.
|
1 2
Bog'liqSport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30 iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni
Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish Reja: Sport maktablarida ommaviy sport Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish Sportni rivojlantirish Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish Barcha toifalardagi bolalar va o’smirlar sport maktablarida, asosan, sport mashg’ulotlarini o’tkazish va sport turlari bo’yicha maxsus musobaqalar tashkil qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish ham alohida o’ringa ega. Ayniksa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir. SHu sababdan bu turlar bo’yicha musobaqalar uyushtirilganda, boshqa sport maktablari va umumta’lim maktab o’quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Ommaviy sport tadbirlarining asosiy shakllari tuman-shahar, viloyat va respublika birinchiliklari, spartakiadalari, o’rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday musobaqalarning zamirida sportchilarning tayyorgarligi, egallangan mahoratlar sinov hamda yirik sport musobaqalari,Xalqaro uchrashuvlar, Markaziy Osiyo, Osiyo va jahon chempionatlariga terma jamoa tayyorlash ko’rigi bo’lib xizmat qiladi. Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki, qaysi sport turi bilan shug’ullanishlaridan qatьiy nazar,o’z jamoalarida tashkil etilgan kross, futbol musobaqalari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir. Bundan asosiy maqsad shuki, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini muntazam oshirib borishdir. SHu sababdan sport maktablarining kalendar rejalariga ommaviy sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o’tkazish mahsadga muvofikdir. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarnirag’batlantirish O’quvchi-yoshlar, ayniqsa yosh sportchilarni har tomonlama tarbiyalash ishlari ancha murakkab va o’z navbatida o’ta mas’uliyatli faoliyatdir. Murabbiylar oddiy xavaskorni eng mohir va respublika musobaqalarida qatnashuvchi sportchi darajasiga yetkazadi. Ularning qaysi birlari halqaro sport musobaqalari va jahon birinchiliklarida sovrindor bo’lishga erishadilar. Bunday sportchilarni tarbiyalab yetkazgan Murabbiylar diqqat e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning murabbiylik toifalari oshiriladi, moddiy rag’batlantiriladi, «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy» unvonlari hamda hukumatning orden va meddallari bilan takdirlanadilar. Ma’lumki, sport maktablarida uslubchi /metodist/ va boshqa xodimlar lavozimi mavjud. Sport internat-maktablari, olimpiya o’rinbosarlari maktablari va shu sohadagi bilim yurtlarida o’quvchi-sportchilarning yotoqxonalari, ta’lim-tarbiya joylari, oshxona va texnik xizmat joylarida tarbiyachilar, mutaxassis xodimlar ham faoliyat ko’rsatishadi. Ularning yaxshi mehnatlari evaziga Nizomga ko’ra moddiy va ma’naviy rag’batlantirish amalga oshirib boriladi. Sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlarida shug’ullanuvchilar orasida sport ko’rsatkichlari yuqori, ahloq-odob jihatidan namunali bolalar ko’p bo’ladi. Ularni rag’batlantirish, «Navro’z» «Mustaqillik kuni» bayramlari, «Jismoniy tarbiyachilar kuni» /kasb-bayrami/, yozgi sport mavsumi boshlanishiga, an’anaviy sport musobaqalari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar faxriy yorliqlar, diplomlar, qimmatbaho buyumlar bilan takdirlanadi. Respublikamizda umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari musobaqalar ilk bora “Olimpiya umidlari” nomi bilan 2000 yilda Toshkent shahrida, “Umid nihollari” nomi bilan ilk bora 2002 yilda - Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 244 qaroriga asosan “Umid nihollari” 2003 yilda Xorazmda o‘tkazildi. (musobaqalar 2006 yilda - Qarshi shahrida, 2009 yilda - Guliston shahrida , 2012 yilda - Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan). Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari” sport musobaqalarining respublika final bosqichi sportning 12 turi bo‘yicha 2012 yilda Navoiyda o‘tkazilgan edi. Bu yilgi “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichi dasturiga ko‘ra o‘quvchilar avvalgi musobaqalardan farqli ravishda sportning jami 17 ta, shundan 16 ta (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, suzish, stol tennisi, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyudo, boks, og‘ir atletika, badminton) olimpiya turi va shaxmat bo‘yicha bellashdilar. 1. Tadbirlarning o‘tkazilishi: “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichiga o‘quvchilarni saralab olish jarayoni musobaqa Nizomiga ko‘ra 2014 yil sentyabr-oktyabr oylarida boshlangan bo‘lib, birinchi bosqichda barcha maktablarning sinflararo bellashuvlarida jami - 4 067 161 nafar (1 793 618 nafari qizlar, 44%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. Maktablar o‘rtasida o‘quvchilarning kuzgi va qishqi ta’til kunlari vaqtida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda sportning 6 ta (basketbol, voleybol, suzish, futbol, stol tennisi, gandbol) turidan jami 746 130 nafar (300 390 nafari qizlar, 40,2%) o‘quvchilar qamrab olindi. Qishki ta’til davrida sportning 11 ta (badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyu-do, boks, og‘ir atletika, badminton va shaxmat) turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda jami 494 190 nafar (116 280 nafari qizlar, 23,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. O‘quvchilarning bahorgi ta’til vaqtida tumanlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda g‘olib deb topilgan jami 24 704 nafar (8 299 nafari qizlar, 33,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosiqichlari Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 maydagi 367-f-sonli farmoyishiga asosan Tashkiliy qo‘mita tuzilgan holda joriy yilning 26-30 may kunlari respublikaning barcha hududlarida belgilangan zamonaviy sport majmualari hamda amfiteatrlarda “Yoshlik va sport” bayrami sifatida o‘tkazildi. Tadbirlar respublikadan biriktirilgan mas’ul rahbarlar va viloyat hokimlarining tabrik so‘zi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan ochildi. Tadbirlarning badiiy qismida jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro musobaqalarning sovrindorlari, taniqli sport ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Tadbirlarni o‘tkazishda Yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlarini badiiy darajada talqin qilishga alohida e’tibor qaratildi. Hududlarga respublikadan biriktirilgan taniqli san’atkorlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, viloyat havaskorlik dastalari ishtirokchilari ijrosidagi Vatan, mustaqillik, yoshlik, shijoat, fidoiylik, sport va sog‘lom turmush tarzini tarannum etuvchi kuy - qo‘shiqlar va raqslardan iborat kontsert dasturi yoshlar e’tiboriga havola etildi. Hududlarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida jami 25 mingdan ortiq o‘quvchiyoshlar, ularning murabbiylari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faollari ishtirok etishdi. 2. Musobaqa ishtirokchilari sonining o‘sishi va raqobatning rivojlanishi: Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tgan yillar mobaynida hududlarda qurilgan 1 605 ta bolalar sporti majmualari yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga zamin yaratdi. Agar, 2003 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning 20 foizi sport bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ayni kunda bu ko‘rsatkich 55,8 foizga yetdi. Jumladan, qizlar ulushi mos ravishda 16,4 foizdan 45,7 foizga oshdi. 2012 yilda “Umid nihollari” sport musobaqasi sportning 12 ta turidan o‘tkazilgan edi, 2015 yilda esa 17 ta turdan o‘tkazildi. Sportning olimpiya turlarini rivojlantirish, mazkur musobaqaga o‘quvchilarni yanada ko‘proq qamrab olish maqsadida 2012 yilgi musobaqa dasturidan sportning 2 ta - milliy kurash va belbog‘li kurash turlari chiqarildi va 2015 yilgi musobaqa dasturiga sportning 7 ta turi - badminton, boks, og‘ir atletika, erkin kurash, yunonrum kurashi, taekvando, dzyudo kiritildi. Natijada, 2015 yilda musobaqa ishtirokchilari soni 2012 yilga nisbatan 388 876 nafaraga yoki 5,1 foizga oshdi. Jumladan, musobaqaning maktab bosqichida 2012 yilga nisbatan 2015 yilda 208 620 nafar, tuman (shahar) bosqichida 176 698 nafar, hududiy bosqichida 3 558 nafar ko‘p o‘quvchilar ishtirok etdi. Joylarda yangi sport inshootlarining bosqichma-bosqich barpo etilayotgani va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlanayotganligi tumanlarda sportning rivojlanish darajasining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Avvalgi musobaqalarning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni faqat viloyat markazlaridagi va unga yaqin joylashgan tuman, shaharlar egallagan bo‘lsa, 2015 yilda o‘tkazilgan musobaqaning hududiy bosqichida sovrinli o‘rinlarni chekka tumanlar: Chimboy, Xovos, Yangiqo‘rg‘on, Xatirchi, Chiroqchi, Koson tumanlarining yoshlari egallashdi. Shuningdek, musobaqaning hududiy bosqichida 1-o‘rinni ilk bor Chilonzor, Sirdaryo tumanlari qo‘lga kiritdi. Sportning 17 ta turi bo‘yicha musobaqaning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 792 nafar o‘quvchi-sportchilar yurtimizda ishlab chiqarilgan 196 ta televizor, 196 ta velosiped, 196 ta sport kiyimi va sumkasi, 51 ta DVD pleyr bilan taqdirlandi. Hududiy bosqichlarda 1-o‘rinni egallagan jamoalar ilk bor Prezidentimizning tashabbuslari bilan (Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Chirchiq, Farg‘ona va Urganch shaharlari hamda Chilonzor va Sirdaryo tumanlari) “Prezident sovg‘asi” sifatida 14 ta “Damas” rusumli avtomashinalar bilan mukofotlandi. 4. Musobaqa ishtirokchilarini kuzatish: Tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar tashkiliy ravishda yashash joylariga avtobuslarda yo‘l patrul xizmati kuzatuvi ostida kuzatildi va ularning ota-onalari bag‘riga yetib borishlari biriktirilgan mas’ullar tomonidan nazoratga olindi. O‘tkazilgan tadbirlar tinch va osoyishta o‘tib, favqulodda xodisalar ro‘y bermadi. Tadbirlar davomida va uning so‘ngida g‘olib o‘quvchilar, ularning ota-onalari, murabbiylar va sport faxriylari “Umid nihollari” sport musobaqalarining ahamiyati, yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, shukronalik va minnatdorlik tuyg‘ularini izhor qildilar. Tadbirlar va ularga bildirilgan fikrlar markaziy va mahalliy ammaviy axborot vositalarida keng yoritildi. 5. “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini hududlarda o‘tkazilishi: har bir tuman va maktablarda sportning qaysi turi ommaviylashganligi, uning natijadorligining muhokama qilinishiga, har bir maktab va tumanlarda sportga bo‘lgan munosabatni, ayniqsa, ta’lim muassasalari rahbarlari va tuman hokimlarini natijalarni tahlil qilishga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini chuqur o‘rganishga, tegishli sport turlarini rivojlantirishga, umuman olganda hududda bolalar sportini yanada ommalashtirish choralarini ko‘rishga turtki bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271- sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarining o‘rtasida 3 yilda bir marta «Barkamol avlod» sport musobaqalari tashkil etilgan. "Barkamol avlod” sport musobaqalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlarni jismoniy yetuk va ahloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishni amalga oshirish, milliy sport turlariga yoshlarni qiziqishi va e’tiborini kuchaytirish, o‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri mazmunli tashkil etish, jamoa bo‘lib harakat qilish, g‘alabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. 2001 yil ta’lim muassasalarida 1-bosqich musobaqalarida 400000 minga yaqin, musobaqalarning 2-bosqichida 150 minga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Barkamol avlod” sport musobaqalari 2001 yilda birinchi marta Jizzax viloyatida 30 apreldan 5 maygacha sportning 8 ta turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, futbol, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis va suzish) o‘tkazilib, unda 1890 nafar (qizlar 560 nafar, o‘smirlar 980, murabbiylar 280 nafar, hakamlar 266 nafar) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. 2003 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 420000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 180 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan. 2003 yilda Andijon viloyatida 5 iyundan 11 iyungacha sportning 14 ta turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmot, badiiy gimnastika, og‘ir atletika, boks va suzish) o‘tkazilib, unda 2786 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishgan (har bir viloyatdan 199 nafar, shundan qizlar 812 nafar). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi 244-sonli «O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini samarali ishlashini ta’minlash maqsadida musobaqalar har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan bo‘lgan. 2005 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 545000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 200 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan. Sportning 17 turi - basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, shaxmat, og‘ir atletika, boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, suzish, yengil atletika, tennis, stol tennisi, badminton va badiiy gimnastika bo‘yicha bellashuvlarda litsey va kollejning 898 o‘quvchisi ishtirok etdi. Sportchilar 193 oltin, 193 kumush va 214 bronza medali uchun bahs olib bordi. Musobaqada eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod - 2017» sport o‘yinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobili bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport barkamol avlodni tarbiyalash vostitasi sifatida davlatimiz siyosatining ustivor yo’nalishlari doirasida o’lkan islohotlar yo’lini bosib o’tdi. Ushbu sohani samarali rivojlantirishga qaratilgan qator Prezident farmonlari va Xuquqiy Qarorlari qabul qilindi va ular halqimiz, ayniqsa yoshlarimiz xayotida o’z aksini topmoqda. Aynan shu konseptual xujjatlar asosida yurtimizda ko’pdan-ko’p jahon standartlariga mos sport inshootlari barpo etildi, respublikamizning barcha xududlarida nufuzli xalqaro musoboqalarning muntazam o’tkazilishi an’anaga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport barkamol avlodni tarbiyalash vostitasi sifatida davlatimiz siyosatining ustivor yo’nalishlari doirasida o’lkan islohotlar yo’lini bosib o’tdi. Ushbu sohani samarali rivojlantirishga qaratilgan qator Prezident farmonlari va Xuquqiy Qarorlari qabul qilindi va ular halqimiz, ayniqsa yoshlarimiz xayotida o’z aksini topmoqda. Aynan shu konseptual xujjatlar asosida yurtimizda ko’pdan-ko’p jahon standartlariga mos sport inshootlari barpo etildi, respublikamizning barcha xududlarida nufuzli xalqaro musoboqalarning muntazam o’tkazilishi an’anaga aylanib bormoqda. Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun: 1. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish; aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish; ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bog‘larida sharoit yaratish va oilaviy sportni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish; ommaviy sport tadbirlari davomida o‘quvchilari g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish. 2. Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi (A.N. Aripov): yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish, shu jumladan, mazkur Dasturda belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin; mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etsin, ularga uslubiy ko‘maklashsin va musobaqalar samaradorligini baholash reyting tizimini joriy qilsin; ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari ro‘yxatini tasdiqlasin; yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini va har yili ikki mavsumda ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilishini ta’minlasin hamda barcha bosqich natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borsin; ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilsin, yo‘l xaritalari, dasturlarni tasdiqlasin hamda bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) 2022 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda 30 iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi: Download 24.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling