Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana17.09.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1680309
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING



SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING 
NIZOMLARI HAQIDA TUSHUNCHALAR 
Reja: 
1. Sport ta’lim muassasalarining Nizomi haqida tushunchalar. 
2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Trenerlar kengashi. 
Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari. 
3. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati. 
4. Sport maktablarida tadbirlarini uyushtirish. Trenerlar, tarbiyachilar, 
xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish. 
5. Sport klublari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish, ularning 
o’quv-yig’inlarini uyushtirishda Trenerlar va sport tashkilotlari rahbarlarining 
o’zaro hamkorligi. 
Sport ta’lim muassasalarining Nizomi haqida tushunchalar 
 
Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar 
hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab 
yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 
30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga 
ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari, sport-internat 
maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mehnat samaralari 
tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq SSSR jarayonida mukammalashib, o’z 
istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi 
mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’qotmadi. 
O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridagi 
tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, 
ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini 
qo’ymoqda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo 
umumta’lim maktablari, kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan 
olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Chunki 
bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan 
o’tkaziladi. 
Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy 
tayyorgarligi, ularni sport orqalirivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb 
etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning 
ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va 
ularning xalqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi 
esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, 


o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda, qolaversa, jamiyatimizning 
qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol o’ynaydi. 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling