Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar


Sport maktablarining turlari va ularningnizomlari haqida tushunchalar


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.09.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1680309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING

Sport maktablarining turlari va ularningnizomlari haqida tushunchalar 
Yuqorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda sport turlari bo’yicha turli xil 
maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularning o’z sohalari, 
ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud. 
Sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga 
soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy 
hujjatdir.
1
Ular Respublika hukumati, sport tashkilotlari hamda mutasaddi 
vazirliklar, tashkilotlarning Qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib 
boriladi. 
Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy 
tuzilishi, sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, trenerlarning vazifaaari, 
moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan. 
O’zbekistonda sport maktablari, bilim yurtlarini tuzish hamda ularni 
boshqarishning qatьiy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan. 
Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning 
nizomlarida batafsil bayon qilingan. 
Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari va olimpiya 
o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi 
tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: 
1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va 
olimpiya bilim yurtlari. 
2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smirlar sport maktablari, sport 
turlari bo’yicha Ixtisoslashtirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari. 
3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport 
jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari. 
Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda 
boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor 
tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi. 
Pedagogik /trenerlar/ kengashda tarbiyaviy ishlar, sportchi-o’quvchilarni 
tanlab olish, o’quv-sport mashrulotlarini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarlik 
musobaqa natijalari, trenerlarning faoliyatlari, ota-onalar bilan aloqadorliq 
moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi. 
Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan /fakat bir tur/ va 
kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi. 
10
O’zbеkiston Rеspublikasining 2015 yil 4 sеntеyabrda qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi O’RQ-394-sonqonuni 


Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari 
bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil 
qilingan. 
1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada ommaviy 
futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida, barcha 
viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tashkil qilish, ularning 
faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni 
taqozo qiladi. 
Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, Chirchik shaharlarida 
sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib 
keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar 
tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining 
sovrindorlari bor. 
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol, kurash, tennis, karate va 
boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi 
bolalar shug’ullanmoqda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmoqda. 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling