Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar


Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish. Trenerlar


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.09.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1680309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING

Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish. Trenerlar, 
tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish. Sport maktablarida 
ommaviy sport tadbirlariniuyushtirish 
Barcha toifalardagi bolalar va o’smirlar sport maktablarida, asosan, sport 
mashg’ulotlarini o’tkazish va sport turlari bo’yicha maxsus musobaqalar tashkil 
qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish 
ham alohida o’ringa ega. Ayniksa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi 
sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir. Shu sababdan bu turlar bo’yicha 
musobaqalar uyushtirilganda, boshqa sport maktablari va umumta’lim maktab 
o’quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Ommaviy sport 
tadbirlarining asosiy shakllari tuman-shahar, viloyat va respublika birinchiliklari, 


spartakiadalari, o’rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday musobaqalarning 
zamirida sportchilarning tayyorgarligi, egallangan mahoratlar sinov hamda yirik 
sport musobaqalari,Xalqaro uchrashuvlar, Markaziy Osiyo, Osiyo va jahon 
chempionatlariga terma jamoa tayyorlash ko’rigi bo’lib xizmat qiladi. 
Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki, qaysi sport 
turi bilan shug’ullanishlaridan qatьiy nazar,o’z jamoalarida tashkil etilgan kross, 
futbol musobaqalari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini bajarish 
uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir. Bundan 
asosiy maqsad shuki, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini muntazam 
oshirib borishdir. Shu sababdan sport maktablarining kalendar rejalariga ommaviy 
sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o’tkazish mahsadga muvofikdir. 
Trenerlar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarnirag’batlantirish 
O’quvchi-yoshlar, ayniqsa yosh sportchilarni hartomonlama tarbiyalash ishlari 
ancha murakkab va o’z navbatida o’ta mas’uliyatli faoliyatdir. Trenerlar oddiy 
xavaskorni eng mohir va respublika musobaqalarida qatnashuvchi sportchi 
darajasiga yetkazadi. Ularning qaysi birlari xalqaro sport musobaqalari va jahon 
birinchiliklarida sovrindor bo’lishga erishadilar. Bunday sportchilarni tarbiyalab 
yetkazgan Trenerlar diqqat e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning trenerlik toifalari 
oshiriladi, moddiy rag’batlantiriladi, «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan trener» 
unvonlari hamda hukumatning orden va meddallari bilan takdirlanadilar. 
Ma’lumki, sport maktablarida uslubchi /metodist/ va boshqa xodimlar lavozimi 
mavjud. Sport internat-maktablari, olimpiya o’rinbosarlari maktablari va shu 
sohadagi bilim yurtlarida o’quvchi-sportchilarning yotoqxonalari, ta’lim-tarbiya 
joylari, oshxona va texnik xizmat joylarida tarbiyachilar, mutaxassis xodimlar ham 
faoliyat ko’rsatishadi. Ularning yaxshi mehnatlari evaziga Nizomga ko’ra moddiy 
va ma’naviy rag’batlantirish amalga oshirib boriladi. 
Sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlarida shug’ullanuvchilar 
orasida sport ko’rsatkichlari yuqori, ahloq-odob jihatidan namunali bolalar ko’p 
bo’ladi. Ularni rag’batlantirish, «Navro’z» «Mustaqillik kuni» bayramlari
«Jismoniy tarbiyachilar kuni» /kasb-bayrami/, yozgi sport mavsumi boshlanishiga, 
an’anaviy sport musobaqalari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi. Bunda 
o’quvchilar faxriy yorliqlar, diplomlar, qimmatbaho buyumlar bilan takdirlanadi. 
Respublika yoki xalqaro sport musobaqalarining g’oliblarini tantanali 
yig’ilishda belgilangan mukofotlar bilan sharaflaydilar va olqishlaydilar. 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling