Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana17.09.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1680309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING

Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning bir 
necha turi /gimnastika, akrobatika, kurash, yengil atletika, futbol va hokazolar/ 
bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi. 
Kompleks sport maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni 
bir necha guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab/ bo’lib, 
mashg’ulotlar alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo bo’ladigan 
jihatlar, asosan, sport inshootlari, sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. 
Shu sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, hayriya 
jamg’arma uyushmalaridan foydalanish hamda pulli xizmatlar ko’rsatib /ijara, 
musobaqa, tijorat va hokazo/, moddiy muammolarni hal qiladilar. 
Kompleks sport maktablari faoliyatida ham yetuk sportchilarni tarbiyalab 
yetkazish, sharoit va zaruriyatlarga qarab yosh sportchilarni oliy sport mahorati 
maktablari, sport internat-maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlariga 
tavsiya qilish mumkin bo’ladi. 
Sobik SSSR davrida Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiqva Buxoro 
shaharlarida ixtisoslashtirilgan sport internat-maktablari tashkil qilindi. Ular 
Respublika uchun jula ko’p sportchilar tayyorlab berishda katta xizmat qilib keldi. 
O’zbekiston Mustaqil davlat bo’lgach, bu internatlar Olimpiya o’rinbosarlari 
maktabiga, keyinchalik esa bilim yurtlariga aylantirildi. Shu sababdan mahoratli 
sportchilar tayyorlash bilan birga jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta maxsus 
ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu, o’z navbatida, yurtimizda 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega 
bulmoqda. 
Trenerlar kengashi 
Sport maktablari va Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari Nizomida trenerlar 
kengashiga alohida e’tibor berilgan. Chunki yosh sportchilarni texniq taktik va 
ahloqiy jihatdan tarbiyalashda trenerlar asosiy faoliyat ko’rsatadilar. 
Sport maktablarining xususiyatlariga qarab trenerlar kengashi tuziladi. Uning 
tarkibi trenerlarning soniga qarab belgilanadi. Kengash raisi sport maktabi rahbari 
/direktor/ hisoblanadi. Direktorning o’quv-sport ishlari bo’yicha muovini, trenerlar 
yoki xizmatchi xodimlardan kengash kotibi saylanadi. 
Trenerlar kengashi kalendar yili /yoki o’quv yili/ bo’yicha ish rejasini tuzadi va 
tasdiqlaydi. Shunga ko’ra, har oyda bir marotaba /zarur bo’lganda undan ko’proq/ 


kengash yig’ilishi o’tkaziladi. Kengash tuzilgan reja asosida kun tartiblarini 
belgilaydi. Ularda asosan trenerlarning ish faoliyati, hisobotlar, ota-onalar bilan 
ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari, iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash, sinovdan 
o’tkazish va qabul qilish ma-salalari muhokama qilinadi. 
Ma’lumki, Mustaqillik yilarida rahbar va boshqa xodimlarni attestaqiyadan 
o’tkazish rasmiy odatga aylandi. Bu ishda sport maktablarining trenerlari ham 
bevosita ishtirok etadi. Sport maktablarida trenerlarni attestatsiyaga tayyorlash va 
o’tkazishda ularning nazariy bilim va amaliy faoliyatlari, davlat siyosati hamda olib 
borilayotgan islohotlarga munosabatlari inobatga olinadi. Eng muhimi, Respublika 
va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning qatnashish natijalari, bunda 
trenerning ijodiy faoliyati asosiy o’ringa qo’yiladi. Attestatsiya yakuni asosida 
trenerlarga turli toifadagi /oliy toifagacha/ unvonlar beriladi. 
Shu sababdan ham aksariyat barcha trenerlar, eng avvalo, iqtidorli yoshlarni 
tanlash, saralash va ular bilan katta maqsad yo’lida fidoyilik bilan mehnat qilishga 
harakat qiladilar. 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling