Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar


Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.09.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1680309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING

Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari 
Pedagogik kuzatishlar, ilgor tajribalar va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning 
natijalariga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya 
o’rinbosarlari sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya 
o’rinbosarlari bilim yurtlari va shunga o’xshash sport maktablariga yoshlarni jalb 
etish quyidagi tartibda olib boriladi: 
1. Maktab jismoniy tarbiya o’qtuvchilarining tavsiyasi. 
2. O’quvchi-yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi. 
3. Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari. 
4. Trenerlarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari. 
Sport maktablarining toifasi, darajasi va ehtiyoji asosida iqtidorli yoshlarni 
kuzatish, tanlash va sinov-tajribalarga tayyorlash hollari ko’proq trenerlar 
tomonidan olib boriladi. 
Sport turlariga qarab sinov-tanlov jarayoni umumiy jismoniy tayyorgarlik 
mazkur sport to’rining texnik qoidalari va me’yorlari asosida bolalar maxsus tibbiy 
ko’rikdan o’tkaziladi. 
Sport maktablariga kiruvchi bolalar shaxsiy hujjatlarini talab darajasida 
tayyorlab, sinov-tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgandan keyin, sport maktabi 
ma’muriyati tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 
Sport maktablarida bolalar va ularning ota-onalari ichki tartibqoidalar bilan 
tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda ahloq normalariga 
rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi. 
Sport turlari bo’yicha trenerlar yangidan qabul qilingan bolalar bilan 
mashg’ulot tashkil qilish jarayonida ularning faoliyati, imkoniyat darajasi, qiziqishi, 


munosabati va ruhiy holatlarini o’rganib oladi. Eng muhimi, ularni ortiqcha yuklama 
yoki qo’pol muomala bilan bezdirmaslik lozim. 
Olimpiya o’rinbosarlarini tayyorlovchi bilim yurtlari 
Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport internat-maktablar va olimpiya 
o’rinbosarlari sport maktablari negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli 
barcha viloyatlarning markazida tarkib topmoqda va kollej shaklila faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ular, eng avvalo, Xalq ta’limi vazirligi tizimida shakllandi va 
rivojlandi. Shu sababdan ularning o’quv rejalari va fanlar, sport turlari bo’yicha 
dasturlari Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. 
Respublikada olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ular bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan masalalarda olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari faoliyatiga har 
tomonlama yordam berish maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, 
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi va sport uyushmalari hamkorlik qilmoqda. 
Bilim yurtlarining o’quv rejasida davlat ta’lim standartlari asosida umumiy va 
o’rta maxsus ta’lim dasturlaridagi barcha siyosiy, gumanitar, tabiiy va maxsus fanlar 
o’qitiladi. Mavjud bo’lgan guruh /sinf/ va bo’limlarda olimpiya o’yinlari sport turlari 
bo’yicha ixtisoslashtirilgan nazariy hamda amaliy fanlar o’rgatiladi. O’quv 
rejalarida belgilangan barcha fanlar va sport turlarining asosiy mohiyati yetuk va 
mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan iborat. 
Avvalgi bo’limlarda qayd etilganidek rahbarlik ishlari bilim yurti direktori
uning o’quv, sport, ma’naviyat va ma’rifat, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarlari 
hamda sport turlari bo’yicha bo’lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Bilim yurtida pedagogik va trenerlar kengashi barcha faoliyatlarni muhokama 
qilib, zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda sport 
tayyorgarligi bilim yurtida eng ustuvor faoliyat hisoblanadi. Bu sohalarda Toshkent, 
Samarkand, Andijon, Chirchik va boshqa shaharlardagi bilim yurtlarining ish 
faoliyati va erishgan tajribalarini talabalar Mustaqil ravishda o’rganishga harakat 
qilishlari lozim. 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling