Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang
Download 0.58 Mb.
|
o\'zbek tili javob
27. Tilning asosiy vazifasi
Tilning asosiy vazifasi odamlar orasida fikr almashinuvini taʼminlashdir. Binobarin, mazkur farazni qabul qilish tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham jamiyatning boʼlishini taqozo qilmaydi. Vaholanki, tilning yashashi va rivojlanishi jamiyat bilan uzviy bogʼliq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda jamiyat bor. Til alohida tizim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Аloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa – munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi. Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bogʼliq. Kishilar oʼz fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir –birlariga taʼsir koʼrsatadilar. 2. Tilning hissiy taʼsir vazifasi. Tilning muayyan maʼlumotni ifoda etib, tinglovchiga taʼsir koʼrsatishi uning hissiy -taʼsiriy vazifasi hisoblanadi. Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy taʼsir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal soʼzlar, javob talab qilmaydigan soʼroq, tartibni oʼzgartirish kabilardan foydalaniladi. 3. Tilning toʼplash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy taʼsir ifodasi boʼlib qolmay, toʼplash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir. Til millatlararo aloqa – munosabat vositasi, toʼplangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi. Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon boʼladi. Mustaqil soʼzlar, qoʼshma nomlar, iboralar, atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap koʼrinishlari fikr fodalovchi birlik hisoblanadi. Tilning kishilik jamiyatidagi oʼrnini, madaniy – maʼnaviy soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini toʼgʼri taʼriflashga asoslanadi. Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon boʼladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling