Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang
Download 0.58 Mb.
|
o\'zbek tili javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologik tamoyil.
Fonetik tamoyil. Bu orfografiyaga xos asosiy mavqe egallovchi prinsiplardan bo`lib, unga ko`ra so`zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda yoziladi.So`zshakllarning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik o`zgarishlar hisobga olinadi. Chunonchi, yurak-yuragi, yurakka, son-sana, sanoq, sanog`i, qishkoq-qishlogim, qishloqqa kabi. Demak, fonetik prinsipda so`zning aytilishi bilan yozilishi bir-biriga mos keladi. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi [-ga], sifatdosh shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha [-gan], chegara ma`nosini ifodalovchi murakkab affiks [-gacha], payt va maqsad ravishdoshi shaklini yasovchi [-gach], [-guncha], [-gani], ozaytirma sifatni hosil qiluvchi [-gina] kabi affikslar o`zak-negizi k, q undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda, muayyan so`zshakllari fonetik tamoyil asosida yoziladi. Masalan, terakka, buloqqa, ekkan, boqqan, eshikkacha, quloqqacha, ayriliqqacha, zerikkach, chiqqan, tikkuncha, taqquncha, yoqqani, chekkani, kichikkina, iliqqina va h.k.
Fonetik prinsipga asoslangan imlo qoidalari boshqa tillarda ham uchraydi. Jumladan, turkiy tillar oiilasiga kiruvchi uyg`ur tili imlo qoidalari uchun bu tamoyil etakchi o`rinda turadi: maktevi (maktabi ), epkaldi (olib keldi ) kabi. Rus tilidagi [без-], [воз-], [из-], [раз-] prefikslari jarangsiz undoshlar bilan boshlanubchi o`zak-negizlarga qo`shilganda, ko`pincha, fonetik o`zgarishga uchraydi va bu imloda ham o`z aksini topadi: без+ срочный = бессрочный, без+печный=беспечный, без+толковый=бестолковый, без+платно= бесплатно; воз+принять=воспринять, из+писать=исписать, раз+цвести = расцвести. Shuni eslatib o`tish lozimki, na o`zbek tili uchun, na rus tili uchun fonetik prinsip asosiy orfografik tamoyil vazifasini o`tamaydi. Uyg`ur tili, belarus tili orfografiyalarida bu tamoyilga ko`proq amal qilinadi. Morfologik tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zshakllar qanday talaffuz etilishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi. Demak, morfologik prinsip asosida yozilgan so`zlar jonli so`zlashuvdagi talaffuzga muvofiq kelmaydi. O`zbek tilining orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga asoslangandir. Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to`qson, qochdi, rost, po`stdumba, Samarqand, muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti, ishta, maxtamoq, to`xsan, qoshti, ros, po`sdumma, Samarqan, muomila, gazet tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi. Qo`shma va juft so`zlar, ko`m-ko`k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt, bir mahal kabi ravishda ham morfologik prinsip asosida yoziladi. Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o`ynaydi. Masalan, rus tilidagi часовой, города, подписка, вокзал, дорога, товар, команда, окно, вода, совпадать singari so`zlar jonli so`zlashuvda часавой, гарада, патписка, вакзал, дарога, тавар, каманда, акно, вада, сафпадат tarzida aytiladi. Yuqoridagi kabi asliga ko`ra yoziladi. A.N.Gvozdevning «Основы русской орфографии». (M., 1963, стр. 54) kitobida qayd etilgan ma’lumotga ko`ra, rus tili imlo qoidalarining 71,4 foizi morfologik tamoyilga asoslangan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling