Orfografiya (imlo). O’zbek tilining imlo qoidalari
Download 13.37 Kb.
|
Orfografiya (imlo). O’zbek tilining imlo qoidalari-fayllar.org
O'zbek orfografiyasining tamoyillariTamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o'ynamaydi. O'zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o'zaro bog'liq holda ish ko'radi. Yozuvda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.O'zbek orfografiyasining tamoyillariTamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o'ynamaydi. O'zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o'zaro bog'liq holda ish ko'radi. Yozuvda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi. Fonetik tamoyilSo'z tarkibidagi nutq tovushlarining aytilishi va eshitilishiga ko'ra yozilishi fonetik tamoyilga xos. Bunga ko'ra so'zlar adabiy talaffuzda qanday aytilsa, shunday yoziladi. Masalan, ong o'zagidan la affiksi bilan yasalgan so'z ongla emas, angla shaklida yoziladi, ya'ni o'zakdagi o o'rniga a talaffuz qilinarkan, xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchi so'zida a o'rniga o yoziladi. (tara – taroq so'zlarida ham shunday). Shuning-dek, ruscha счёт, счётка so'zlari ham eshitilishiga ko'ra cho't, cho'tka tarzida yoziladi. Fonetik tamoyil orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma'lum darajada umumiylik saqlanadi. Nutqimizda tushdi so'zi tushti, tushgan so'zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Ba'zan so'z oxirida bir undosh tushirilib aytiladiki (Samarqan, xursan, pas kabi), bu so'zlar talaffuzdan boshqacharoq yoki to'liq yoziladi. Bu holat fonetik tamoyil orfografiyaning yagona tamoyili bo'la olmasligini ko'rsatadi. Xuddi shuningdek, alifbodagi kamchiliklar tufayli unlilar qattiq va yumshoq talaffuz qilinishidan qat'iy nazar, bir xilda yoziladi: biz, tiz, qiz, qish, ko'l, ko'z, qo'y, qo'zi, qalb, ona, qur, bur, tur, o'r, ur kabi. Morfologik tamoyil Nutqdagi so'z va affikslar qanday aytilishiga ko'ra emas, balki ularning butunligiga yoki variantlaridan birini tanlab olish asosida yozish morfologik tamoyil deyiladi. Morfologik tamoyil so'z va morfemalarni adabiy tilda muqim shakllarida saqlash va yozishga ko'maklashadi, yozuvda bir xillikni ta'minlaydi. Masalan, uchta so'zi ushta, kelib turibdi so'zi kep turipti tarzida aytiladi. Ammo ular asliga muvofiq uchta, kelib turibdi deb yoziladi. Yoki -lar affiksining -la, -lor, -nar tarzida aytilishiga qaramay, uning butunligiga ko'ra -lar shaklida yoziladi. Fe'lning infinitiv shakli -moq, shuningdek, qo'shimchalarning deyarli hamma shakli morfologik tamoyil bo'yicha yoziladi: Egalik affikslari: -im, -ing, -i, kelishik afikslari: -ning, -ni, -da, -dan (jo'nalish kelishigi bundan mustasno), so'z yasovchilar ham turlicha aytilishdan qat'iy nazar, imloda o'zining bir xil morfologik shaklini saqlagan holda yoziladi. Ko'rinadiki, morfologik tamoyil o'zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bo'lib hisoblanadi. Tarixiy-an'anaviy tamoyil So'zlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan o'zlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an'anaviy tamoyil deyiladi. Boshqacha aytganda, so'zlar hozirgi holatiga ko'ra emas, balki an'ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko'ra yoziladi: Chor Rossiyasi, pudratchi, fahm, rahm kabi. Hozirgi orfografiyada tarixiy-an'anaviy tamoyil asosida yoziluvchi ba'zi shakllar quyidagilar: 1. Buyruq-istak mayli (-gin) mumtoz adabiyotimizda qo'llanib kelgan an'ana (she'riyat talabi)ga ko'ra -gil, -g'il tarzida ishlatiladi: borgil // borg'il. Download 13.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling